Olov bardosh qurilish materiallari


OLOVBARDOSH MATERIALLARNING ISHLATILISH



Download 343,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana15.04.2022
Hajmi343,94 Kb.
#554069
1   2   3
Bog'liq
SHERMATOV ELYORBEK 202-SHQX Olov bardosh qurilish materiallari

OLOVBARDOSH MATERIALLARNING ISHLATILISH 
SOHASI
Olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishda granulometrik tarkibni ham hisobga olish
zarur. Shunday qilinganda zich va mustahkam olovbardosh buyumi olinadi.Keramika va
olovbardosh materiallar ishlab chiqarishda avvalo xom mahsulot quritiladi. Hozirgi
paytda mahsulotlarni quritish jarayoni z a monaviy, q o ‘l kuchi va qo'l mehnatidan xoli
bo'lgan kamera, k o n veyer yoki tunnel quritgichlarda 360—390°C issiqlik yordamida
olib boriladi. Quritish vaqti ham texnika taraqqiyoti zaminida borgan sari qisqarmoqda.
Olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishning tipik sxemasi xomashyo (o'tga chidamli
tuproq, kaolin, magnezit, kvarsit va boshqa) larga oldindan ishlov berish, pishgan
yarimfabrikat olish uchun ularni (kvarsitlardan tashqari) kuydirish, maydalash, 
bog'lovchi komponent (shamotli olovbardosh buyumda tuproqlar, dinasli olovbardosh
buyumda ohakli suv va boshqa) larni qo'shish, ularni aralashtirish, og'irligi 3—25 kg li 
buyumlar olish uchun shakllash (presslar yordamida yoki boshqa usullarda), qoliplardan
chiqarilgan buyumlarni tunnel yoki boshqa pechlar yordamida 1300—1750°C li 
haroratda kuydirish. Kuydirilmasdan ishlab chiqariladigan olovbardosh buyumlar ham 
mavjud. Ular ko'pincha yirik blokli ko'rinishda bo'ladi. Yana eritib olinadigan
olovbardosh buyumlar ham bor. Shakllantirilmaydigan olovbardosh materiallar ishlab
chiqarilishida jarayon ularni maydalash va komponentlami aralashtirish bilan tugaydi.


Olovbardoshli g'ishtlar asosan, qora metallurgiya sanoatida cho'yan va po'lat
eritiladigan domna, marten, kislorodli konvertor va elektr pechlaming ichki
devorlariga ishlatiladi. Shuningdek, po'lat quyish qurilmalaming cho'mich, stakan, 
probka va vtulkalari kabi qismlari ham shunday materiallardan yasaladi. Sanoatdagi
pechlarning yoki qo'ralarning poydevori va devorlariga ham shamot, mullit-korund, 
korund kabi materiallar ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda metall eritish kombinatlari
prokat sexlarning ulkan isituvchi pechlarida korund va mullit kabi materiallami
qo'llash katta iqtisodiy samara bermoqda.Dinas g'ishtlar issiqlik ta’sirida 15% 
kengayadi. Shunga ko'ra ular hamma vaqt yuqori harorat ta’sirida bo'ladigan
inshootlarning gumbaziga, havo isitgichlarning issiqlik tarqatuvchi qismlariga
ishlatiladi. Pechlarning tez yemiriladigan qismlari, po'lat quyish stakanlari magnezitli
g'ishtlardan teriladi. Rangli metallurgiya sanoatida o'tga chidamli materiallar qora
metal-Iurgiyadagiga nisbatan kamroq ishlatiladi. Jumladan, mis eritiladigan konvertor
pech devori magnezitli g'ishtdan teriladi va shlaklar ta ’siriga chidamliligini oshirish
maqsadida yuzaga yupqa qatlam magnetitli material qoplanadi. Yoqilg'ida ishlaydigan
qo'ralar, shu jumladan, aluminiy eritiladigan pechlar, shuningdek, platina, titan, 
palladiy, ruteniy kabi metallar eritiladigan tigellar uchun sirkonli g'ishtlardan
foydalaniladi.Yuqorida aytib o'tilgan mahsulotlaming o 'ndan bir qismi sanoat
qurilishlarida ishlatiladi. Masalan, g'isht pishiriladigan pechlar, ya’ni davriy va uzluksiz
ishlaydigan xumdonlar asosan, shamot va dinas g'ishtlardan quriladi.


Binolarning ichki va tashqi bezaklarini tayyorlash vaqtida ishlatiladigan qoliplar, 
tombop cherepitsalar, keramik koshinlar, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan quvurlar, 
sanitar-texnik buyumlari, qolaversa, o'tga chidamli materiallaming o'zlari ana shunday
pechlarda pishiriladi. Gips qaynatiladigan qozon, portlandsement tayyorlanadigan
aylanma pech, ohaktosh kuydiriladigan shaxta, shisha pishiriladigan vannalarning
yuqori harorat ta ’siriga uchraydigan qismlari shamotli materiallardan yasaladi. 
Energetika va transport mashinasozligi korxonalarida, traktorsozlik va qishloq
xo‘jaligi mashinasozligi zavodlarida, oziq-ovqat, kimyo sanoatlari korxonalarida, 
temir yo‘l va boshqa sohalarda ham o'tga chidamli materiallar tobora ko'proq
qo'llanilmoqda. Ulardan siklon, radiator, quvur, issiqlik izolatsiyasi va vakuumga
turg'un detallar tayyorlashda foydalanilmoqda. Masalan, sirkoniyli oksid reaktiv
dvigatellarda korroziya va eroziyadan saqlovchi qatlam sifatida qo'llanilmoqda. Atom 
reaktori qurishda ham ular ishlatila boshlandi.Berilliy oksididan yasalgan konstruktiv
elementlar yadro energetikasida reaktorlarning sekinlatgichlari va qaytargichlari
vazifasini bajarmoqda.Magniy oksidi haroratining keskin o'zgarishiga bardosh beradi. 
Shuning uchun reaktiv dvigatellarning ayrim detallari, raketalarning konussimon 
tumshuq qismi shunday metallardan tayyorlanadi. Elektronika sohasida ham bunday m 
a teria lla rd an keng fo y d a la nilmoqda. Mamlakatimizda qora metall prokati va 
sement ishlab chiqarish kelgusida ko'paytiriladi. Shuningdek, shisha, keramika
buyumlari, rangli metallurgiya mahsulotlari hissasi ham ortadi. Bu esa o'tga chidamli
materiallarni yildan-yilga ko'proq ishlab chiqarishni taqozo etadi.

Download 343,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish