OLOVBARDOSH MAHSULOTLAR TAYYORLASH
Olovbardosh mahsulotlar tayyorlash usuliga ko'ra, shliker yoki eritmadan
quyilgan, plastik formovka qilingan, yarimquruq presslangan, plastikmas
kukunsimon massadan jipslashtirilgan.Tog' jinsi va quyma bloklardan arralab
yasalgan turlarga, termik ishlov berilishi jihatdan: kuydirilmagan (shamot g'isht)
va eritib quyilgan (kvarsli blok) mahsulotlarga, sindirib ko'rganda yuzasining
tuzilishiga qarab, mayda tolali va yirik tolali tuzilishdagi buyumlarga ajratiladi.
Quyish jarayonida mayda zarralarning bir-biriga yopishish darajasiga qarab,
mahsulot (g'isht) ning tanasi toshqotgan yoki g'ovakli bo'lishi mumkin. Tanasi
toshqotgan g'isht mustahkam, sindirilgan yuzasi yaltiroq chig'anoqsimon bo'ladi,
ochiq va tutashgan g'ovakli bo'lmaydi. Tanasi g'ovakli g'isht yaltiramaydi, yuzasi
xira, bo'zrang va birmuncha g'ovak bo'ladi.Olovbardosh va yuzali g'ishtlarning
olinishda asosan, tarkibida aluminiy oksidi ko'p bo'lgan va kimyoviy formulasi
gidroalumosilikatga to'g'ri kelgan oq kaolin tuprog'i hamda tog' jinslarining barcha
turi qo'llaniladi.Masalan, shamot g'isht nomli o'tga chidamli materialning
olinishida ishlatiladigan tuproqning haroratga chidamliligi 1580°C, undagi
aluminiy (III)-oksidining miqdori esa 28% dan kam bo'lmasligi kerak. Olovbardosh
materiallar asosan, yuqori harorat ta ’sirida erimasligi bilan ifodalanadi. Bundan
tashqari, o'tga chidamli ashyolar yuqori haroratda kuch ta ’siriga chidamli bo'lishi
bilan birga deformatsiyalanmasligi ham kerak.
Shakli va o'lchamiga ko'ra
≪
to'g'ri
≫
va
≪
qiyiq
≫
normal g'ishtlar hamda oddiy murakkab,
o'ta murakkab va yirik blok-shakldor buyumlarga,haroratga chidamliligi jihatidan to'rt
guruhga bo'linadi:
1. Qiyin eruvchan (erish harorati 1380— 1580°C).
2. O'tga chidamli (erish harorati 1580—1770°C).
3. Yuqori haroratga chidamli (erish harorati 1770—2000°C).
4. Juda yuksak haroratga chidamli (2000°C dan yuqori bo'lgan).Yuksak haroratga bardosh
bera oladigan mahsulotlar va materiallarning turi juda ko'p. Shunday material olinadigan
xomashyoning xili yanada ko'prokdir. Sanoat qurilishida ishlatiladigan olovbardosh
materiallar xomashyoning fizik va kimyoviy tabiatiga, kimyoviy-mineralogik tarkibiga
hamda tayyorlash texnologiyasiga qarab asosan, sakkiz guruhga ajratiladi:
1) kremnezyomli;
2) alumosilikatli;
3) magneziatli;
4) xromitli;
5) sirkoniyli;
6) uglerodli;
7) oksidli;
8) kislorodsiz moddadan iborat materialdir.
Har guruh kompozitsiya tashkil etuvchi asosiy materialning o'zaro nisbaliga qarab
tiplarga ajratiladi.
1-guruhga dinasli va kvarsli tiplar,
2-guruhga shamotli, yuqori glinozyomli va yarim nordon tiplar,
3-guruhga magnczitli, forsteritli va shpinelli tiplar,
4-guruhga xromitli, xrommagnezitli va magnezitli tiplar,
5-guruhga sirkoniyli va sirkonli tiplar,
6-guruhga koksli va grafitli tiplar,
7-guruhga oksidli,
8-guruhga karborundli va boshqa tiplar kiradi.
Mahsulotlar tayyorlash usuli, shakli va o'lchami, ko'rinishi, yuksak harorat hamda
kislota ta’miriga chidamliligi va boshqa xususiyatlariga qarab guruh va turlarga
ajratiladi.
Tuproqlarning pishish darajasi miqdoriy jihatdan haroratga oid pishish oralig'i hamda
pishib chiqish holati oralig'ini tavsiflaydi. Haroratga oid pishish oralig'i deb, o ‘ta pishib
ketish alomatlari kuzatilishi harorati (erib suyuqlanish yoki ko'pchish) bilan
kuydirilayotgan tuproqning jadal ravishda zichlashuvi boshlangan pishish boshlanishi
harorati orasidagi farqqa aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |