- Olmazor tumani
- 133-IDUM tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Nasirova nilufarning Tasviriy san’at fanidan “Tabiat fonida natyurmort ishlash” mavzusida 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi
- “Tasdiqlayman”
- 133-IDUM direktori:
- _______N.Sh.Zukurova
Maqsad: Ta’limiy:O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini fantaziyalarini o'stirish Tarbiyaviy :Badiiy-estetik didni , emotsiyonal-estetik sezgirlikni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning rasm chizish malakalarini rivojlantirish. -
- Kompetensiya
- TK4:Farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga amal qilish.
- Tasviriy san’at asarlarini tushuna olish.
- FK1:Naturaning shakli, hajmi, tuzilishini kuzata olish;
- FK3:amaliy ishda tasvirlay oladi.
- Dars turi: Yangi bilim beruvchi
- Dars uslubi: Tushuntirish,guruhlarda ishlash
- Dars jihozi: Slayd.ko’rgazma rasmlar, tarqatmalar. Manzaraslar aks ettirilgan rassomlar asarlarining reproduksiyalari, parallel sinf o'quvchilari ishlaridan namunalar.
- Darsning borishi:
- I.Tashkiliy qism:
- 1.Salomlashish
- 2.Davomatni aniqlash.
- 3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
- II.Yangi mavzu bayoni.
- III. Amaliy mashg’ulot.
- IV. Uyga vazifa.
- Amaliy mashg’ulot vaqtida uyga berilgan vazifani tekshiriladi
- Natyurmort (frans. nature morte — jonsiz tabiat) — tasviriy sanʼat janri. Insonning atrofini oʻrab turgan real maishiy muxitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi; shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham Natyurmort deb ataladi. Asosan, dastgoxli rassomlik (rangtasvir va grafika)da, qisman haykaltaroshlik (asosan, relyef)da ishlanadi. N.da "jonsiz buyumlar" (Mas, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-aslahalar va b.)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari (stoldagi baliq, vazadagi gul va b.) ham tasvirlanadi. Asosiy mavzuni toʻldirish uchun baʼzan N.ga odamlar, hayvonlar, kushlarni ham kiritish mumkin.
- Natyurmort Qad. Misrda devorga ishlangan freskalarda, ellinizm davri mozaikalarida, Xitoyda ("qush va gullar", 7-a.dan) kompozitsiya boʻlagi sifatida maʼlum boʻlgan; Yevropada 16-a. oxiri — 17-a. boshlaridan mustaqil ahamiyatga ega boʻldi, keng tarqala boshladi, eng taraqqiy etgan davri 17-a.ga toʻgʻri keladi, 18-a.dan " Natyurmort " atamasi qoʻllanila boshladi.Golland rassomi Karavadjo va uning izdoshlari (karavajizm) Natyurmortning keng tarqalishida muhim rol oʻynadi: gul va mevalar, dengiz inʼomi — baliq, qisqichbaqalar sevimli mavzuga aylandi.
- O’zbekiston natyurmorchi rassomlari
- 1952 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Sankt Peterburg shahridagi I.YE.Repin nomli oliygohda san`at sirlarini o`rgandi. Ijodiy parvozlar sari yo`l olar ekan, Akmal Ikromjonovning asarlari ko`rgazma zallarida tez – tez namoyish etila boshladi. Bu ko`rgazmalarga qo`yilgan kartinalar uning ijodidagi takrorlanmas va mazmundor kompozitsiyalr bilan boyitilayotganini ko`rish mumkin edi. O`z davrining achchiq qismatlarini bir necha kompozitsiyalarda mahorat bilan ko`rsata olgan. Ayniqsa, “Orol mening dardim” (1988), “Hisor fojiasi” (1989), “Chaqmoq” (1989) kabi asarlarida davrimizning murakkab muammolarini aks ettiribgina qolmasdan, tabiatga, insoniyatga mehrshavqat, adolatparvarlik zarurligini ta`kidlaydi. Akmal Ikromjonov bir qator asarlarida avangardchilarga xos an`anani davom ettirib o`z fikrlari bilan bu yo`nalishni boyitishga harakat qiladi. Masalan: `Nigoh” nomli polotnosi bu o`rinda diqqatga sazovordir. Unda Salvador Dali qiyofasi orqali hayotning nozik, shuningdek muammolarga boy sirlarini o`ziga xos tarzda ochib berishga erisha olgan. Bu bilan birga u Salvador Daliga bo`lgan juda katta hurmatini ham aks ettiradi.
- Quyidagi rasmlarning qog'ozga joylashtirilishini kuzating. Nima uchun ular «To'g'ri» yoki «Noto'g'ri» joylashtirilganini izohlang.
- D I Q Q A T !
- Rasmga e’tibor qiling
- Rahim Ahmedov
- (1924-2008)
- Rahim Ahmedov — O'zbekiston xalq rassomi, tasviriy san'atning portret, manzara va natyurmort janrlarida salmoqli asarlar yaratgan. Uning “Oqtosh”, “Opa-singillar” kabi asarlari mashhur.
- Gullayotgan
- shaftoli shoxlari.
- G`.Abdurahmonov “Kuz ne’matlari”
- Natyurmort ishlash bosqichlari.
- O'quvchilar “Tabiat fonida natyurmort" mavzusida rasm ishlashga kirishadilar. O'qituvchi bolalar ishlarini kuzatib yuradi.Ularga ish yuzasidan maslahatlar va amaliy yordam beradi.
- Darsga yakun yasash va uyga vazifa berish:
- O'quvchilaming dars davomida ishlagan rasmlaridan namunalar ajratib olinadi va ular tahlil qilinadi.Bu ishlar baholanadi va darsga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |