Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati.
1876-yilda
O 'rta Osiyoda birinchi muzey tashkil etildi. Lekin davlat tomonidan
bino berilmaganligi uchun, N.Mayev o ‘zining ipakchilik maktabidan
muzey uchun ikki xona ajratdi. Ko‘p o'tmay, muzey Statistika boiim i
ixtiyoriga o ‘tkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratila-
digan boidi. Bundan tashqari, ba’zi shaxslaming moddiy yordamlari
ham kelib tushgan. N.Mayevning yozishicha, muzey faoliyati uchun
yiliga 1600 so in lik mablag‘ talab etilgan.
1877-yiining yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish
texnologiyasi, qishloq xo'jaligi, tabiat tarixi va aixeologiya bo'yicha
1500 dan ortiq ashyolaiga, 800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega boidi.
1876-1880-yillar muzey faoliyatining muhim bosqichi b oid i. Shu
yillarda numizmatika, etnografiya boiim lari boy kolleksiyalar bilan
toidirildi.
Turkiston general-gubematori M.G. Chemyayev (1882-1884) far-
moniga binoan 1883-yili muzey xalq kutubxonasiga qo‘shib yuborildi.
Asosiy mablag" kutubxonaga ajratiladi. General-gubematorlik mahka-
masi ixtiyoriga o ‘tgan muzeyga yangi tayinlangan ralibarlaming aksa
riyati yetarli malakaga ega boim asligi, muzey ishining nozik jihatlarini
178
tushunmasligi unga m om etilgan osori atiqalaming yo‘qolib ketishiga
olib keladi.
Turkiston muzeylarini boyitish, o lkadagi yodgorliklami saqlash-
da havaskorlaming xizmati katta edi. Rus olimlari Turkiston o'lkasim
oiganishda, 0 ‘rta Osiyo xalqlari hayoti bilan tanishish davomida ma-
halli\ ziyolilar, turli xalq vakillari bilan bevosita muloqotda bo‘ldilar.
N. Veselovskiy, V. Bartold, E. Kal, A. Samoylovichlar o ‘z ilmiy tadqiqot-
larida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan havaskorlar tomonidan
berilgan m a’lumotlarga ko‘proq tayandilar. Ulaming ilmiy axborotlari,
xabar va maktublarida mahalliy oikashunoslar faoliyati keng tasvirlan-
gan.
Turkistonda N. Veselovskiy rahbarligida o ‘tkazilgan ilmiy tadqi-
qotlarda qatnashgan toshkentlik savdogar Akrom Asqarov yirik kollek-
sionerga aylandi. 1887-yili Rus imperatori arxeologiya jamiyati a’zosi
Akram Asqarovni «Arxeologiyada erishilgan yutuqlari uchun» kichik
kumush medali bilan taqdirlaydi Uni Parijdagi ilmiy arxeologiya
jamiyatiga ham a ’zolikka saylaydi. A.Asqarov arab, rus tillarini puxta
bilgan o ‘z zamonasining yetuk ziyolisi boigan.
A Asqarov o ‘z vasiyatnomasida to‘plagan kolleksiyalarini hu-
kumatga topshirilishini iltimos qilgan. Ammo uning oiim idan keyin
to ‘plagan osori atiqalari alohida-alohida sotilib, turli odamlar q o iig a
o‘tib ketadi. A.Asqarov kolleksiyasining katta qismi -
14
mingta tan-
ga va 200 ta buyum Turkiston general-gubematori A.Vrevskiy farmo-
yishi bilan Peterburgga, Imperator arxeologiya komissiyasi ixtiyoriga
jo ‘natiladi.
Mahalliy havaskor Mirza Abdulla N.I. Veselovskiy bilan ham aloqa-
da boigan. Veselovskiy uning kolleksiyasini ko‘rib chiqib, undan 1202
buyum, shu jumladan 11 ta tilla, 77 ta kumush tanga, 951 dona chaqa,
18 muhr, odamlar, hayvonlar va boshqa narsalar tasviri tushirilgan 6 ta
tosh sotib olgan.
Asosiy muzeylar qatorida Toshkentda 1914-yili S.Zaverinning Tur
kiston savdo mollari muzeyi ish boshladi. Lekin bu muzey ba’zi bir
sabablarga ko‘ra tez orada yopiladi. Muzey faoliyatining ijobiy tomon-
larini ham alohida ta’kidlash mumkin. Muzeyda saqlangan eksponatlar
nafaqat olimlarga, balki keng jamoatchilik ommasiga o ik an i har to-
monlama o‘rganishga imkoniyat yaratdi. Muzeydagi eksponatlar tar-
179
tibsiz tarzda va rejasiz yig‘ilgan boisa-da, fanning ma lum bir sohasi
b o ‘yicha foydalanish mumkin bo'lgan har xil kolleksiyalar co plangan
edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |