Olkashunoslik


Turkiy o ‘zbek tilidagi tarixiy manbalar



Download 6,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/139
Sana29.05.2022
Hajmi6,29 Mb.
#616230
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik.Ochildiyev F.B.

Turkiy o ‘zbek tilidagi tarixiy manbalar.
Yusuf Xos Hojib Bo- 
lasog‘uniyning «Qutadg'u bilig» («Saodatga yo'llovchi bilim») nomli 
asari 1069-1079-villarda yozilgan. Bu asar doston xarakteridagi badiiy 
asar bo'lsa ham, unda davlatni boshqarishga oid qimmatli fikrlar bayon 
qilingan va Qoraxoniylar davri madaniyatini o ‘rganishda muhim man- 
badir. Undagi «Idora odobi», «Qudratli davlat qonunlari». «Podshohlar- 
ga maslahatlar» kabi boblar katta tarixiy ahamiyatga ega.
«Temur tuzuklari», «Tuzukoti Temuny». «Malfuzoti Temuriy» yoki 
«Voqeoti Temuriy» nomlari bilan atalgan asar Amir Temuming yetti 
yoshligidan boshlab hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. «Temur tuzukla­
ri» muhim tarixiy manba bo iib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi 
va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o‘zbek 
tilida bitilgan. Uning bir qoiyozm asi Yaman mamlakati oliy hukmdori 
Ja’far podshoh kutubxonasida saqlangan.
«Tavorixi guzida, Nusratnoma» («Saylanina solnomalar, G'alabalar 
kitobi») nomli tarixiy asar XVI asrda yaratilgan yozma obidadir. Ushbu 
asar muallifming nomi ishonarli va qat’iy aniqlanmagan. «Tavorixi guzi­
d a Nusratnoma» asari muqaddimasida muallif o ‘zini «Ojiz», «G'arib», 
«Hokisor» deb ataydi. U Munke qoon nomiga yozilgan «Tavorixi ja- 
honkushoy», G ‘ozonxonning qizi nomiga bitilgan «Tavorixi guzida» 
va Mirzo Ulug‘bek nomidan yozilgan «Muntahab ut-tavorixi shohiy» 
nomli kitoblardan saylab tartib qilish haqida buyruq olganligi, unda 
Shayboniyxon tarixini ham qo'shib bir asar yaratganligi va unga «Ta­
vorixi guzida, Nusratnoma» deb nom qo'yganligmi ochiq aytadi, Ush­
bu asar 1502-1505-yillar orasida yozilgan bo'lib, ikki mustaqil qism- 
dan - «Tavorixi guzida» va «Nusratnoma»dan iborat. Birinchi qismda 
0 ‘g ‘uzxon va qadimgi turklar, Chmgizxon hamda uning M o‘g'uliston, 
Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Eronda hukmronlik qilgan avlo- 
di tarixi, ikkinchi qismda esa Shayboniyxon tavalludidan (1451-y.) to 
uning Movarounnahmi istilo qilishigacha (1500-1505-y.) Dashti Qip­
choq hamda Movarounnahming ijtimoiy-siyosiy alivoli bayon qilingan. 
«Tavorixi guzida, Nusratnoma»ning ikkinchi qismi zo‘r ilmiy ahami­
yatga ega. Unda Shayboniylar qo'shinmmg tuzilishi,, uning etnik tar- 
kibi, shuningdek, ко chmanchilaming Q orakoi, Hisor, Chag omyon. 
0 ‘ratepa hamda Xo‘jand viloyatlarida qilgan talon-tarojlari haqida mu­
him va qimmatli m a’lumotlar bor. Asaming yana bir qimmatli tomoni
161


shundaki, unda sodir bo igan voqealaming vaqti aniq ko'rsatilgan. В un- 
dan tashqari, Shayboniyxon qo‘shinlari tarafidan Farg ona viloyatining 
bosib olinishi faqat «Tavorixi guzida, Nusratnoma» asarida to ‘g ‘ri va 
to iiq yoritilgan. «Shayboniynoma» tarixiy dostonining muallifi Mu­
hammad Solih (taxm. 1455-1535-y.) b oiib, turkiyzabon bilkut qabi- 
lasidan chiqqan. Shohrux va Mirzo Ulug bek davnda zo‘r nuftizga ega 
boigan amir Shohmalikning nabirasi. Otasi amir Nur Saidbek ham 
yirik amirlardan bo iib , avval Mirzo ljlug‘bek, so‘ngra Sulton Abu S a id
Mirzo xizmatida boigan, 1464 - 1467-yillan Xorazmda hokim b o igan 
va 1467-yili Sulton Abu Saidning farmoni bilan qatl etilgan. Muham­
mad Solihning yoshligi Hirotda kechgan va o sha yerda o’qib nash’u 
namo topgan, so‘ngra Sulton Husayn, 1494-yildan Samarqandda katta 
nufuzga ega b oigan Temuriy amirlardan Darvish Muhammad tarxon va 
xoja Ubaydulla Ahroming o ‘g ‘li Muhammad Yahyo. 1500-1504-yillari 
Buxoro va Choijo‘ydagi noib b o iib , shundan keyin to vafotiga qadar, 
Shayboniylardan Muhammad Sulton (vaf. 1505-y.) va Ubaydullaxon- 
ning kotibi b o iib xizmat qilgan. Muhammad Solihning yaratgan tari­
xiy dostoni «Shayboniynoma»da Muhammad Shaybomyxonnmg hayoti 
va olib boigan urushlari haqida she’riy uslubda hikoya qilinadi. Asar 
qahramonning tug'ilganidan boshlab to 1505-yilgaeha Dashti Qipchoq, 
Movarounnahr va Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixidan bahs yuritadi. 
Dostonda qo'shinlaming yovuzliklari, mehnatkash xalqning o g ir ah- 
voli, Q orakoi, Qarshi va Huzorda Shayboniylarga qarshi ko‘tarilgan 
q o z g ‘olonlar haqida ham qimmatli m aium otlar uchraydi. Asar geo­
grafik va etnografik m a’lumotlarga ham boydir. «Shajarayi tarokima» 
va «Shajarayi turk va m o'g'ul» asarlarini yaratgan Abulg‘oziy Baho- 
dirxon ham Xiva xoni (1643-1663-y) va tarixchi olim sifatida mash- 
hurdir. U 1603-yil 23-avgustda Urganchda tugilgan va 1619-yilgacha 
ana shu shaharda istiqomat qilgan. So‘ngra inilari Habash va Elbars 
bilan toj-u taxt uchun b o igan kurashda m agiubiyatga uchrab, Buxoro­
ga qochib bordi va Imomqulixon (1611-1642-y.) saroyida panoh topdi. 
Akasi Isfandiyor 1623-yili xon boigach, yana Xorazmga qaytib bordi 
va Urganchga hokim etib tavinlandi Lekin 1627-yili Isfandiyorxonning 
o‘zi bilan boigan kurashda magiubiyatga uchradi. Bu safar Abulg'ozi- 
xon Turkistonga qochib bordi va qozoq xonlaridan Ishimxon (1598—
1628-y.) huzurida panoh topdi. Oradan bir yil chamasi vaqt o tgach.
162


1628-yili vana bir qozoq xoni - Tursunxon uni Toshkentga olib keldi 
va Abulg‘ozixon Toshkentda 1630-vilning oxirigacha istiqomat qildi.
Oradan ko p vaqt o'tmay, Abulg‘ozixon Xiva turkmanl arming takli- 
fi bilan yana Xorazmga qaytib bordi, lekin oradan olti oy o ‘tar-o‘tmas, 
Isfandiyorxon uni Niso va Darunga bosqinchilik yurishi uyushtirganlik- 
da ayblab hibsga oldi va Eronga, shoh Safi’ I (1629- 1642-y.) huzuriga 
omonat tariqasida berib yubordi. Abulg'ozixon o'shanda Isfahondagi 
Taborak qal asiga qamab qo'yildi va shu tarzda Eronda 10 yil atrofida 
kun kechirdi. 1639-yili Abulg‘oziy qamoqdan qochdi va ko‘p mashaq- 
qatlar chekib, 1642-yili ona yurtiga qaytib keldi. 1643-yili, Isfandiyor­
xon vafotidan bir yil o'tgach, Orol o ’zbeklari uni xon qilib ko‘tardilar. 
G ‘sha yili Abulg‘ozixon Xivadagi raqiblari ustidan ham g ‘alaba qozon- 
di va Xiva taxtiga o'tirdi. Abulg‘ozixon keng m aium otli boiishi bi­
lan bir qatorda, feodal hukmdor ham edi. U o ‘z faoliyati bilan ana shu 
doiralar manfaatlarini himoya qildi. Abulg‘ozixon 1663-yili toj-u taxt- 
ni o ‘g i i Anusha (1663-1687-y.)ga qoldirib, umrining oxirini butunlay 
ilmiy ishga bagishlaydi. U 1664-yili vafot etgan. «Shajarayi tarokima» 
turkman xalqi va Turkmanistonning o rta asrlardagi tarixini o'rganishda 
bosh manba b o iib xizmat qiladi. «Shajarayi turk va m o‘g'ul» 1664- 
yili yozilgan, lekin Abulg'ozixonning o g ir dardga chalinib qolishi va 
tez orada vafot etishi sababli tamomlanmay qolgan. Asar IX bobining 
davomi, va ni 1644-1663-yillar voqealari Anushaxonning topshirigi 
bilan Mahmud ibn mulla Muhammad Urganjiy degan olim tomonidan 
yozilgan. Asarning I—IV boblari ham o ‘sha Mahmud ibn Muhammad 
Urganjiyning qalamiga mansubdir. «Shajarayi turk va m o‘g ‘ul»«asari 
qisqacha muqaddima va 9 bobdan iborat. Muqaddimada asosan asar­
ning yozilishi sabablari haqida gap boradi. I bobda Odam Atodan to 
M o'g‘ulxongacha, II bobda M o‘g ‘ulxondan Chingizxongacha, III bob­
da Chingizxonning tugilishidan to vafotigacha, IV bobda 0 ‘gaday 
qoon va uning Mo g'ulistonda hukmronlik qilgan avlodi, V bobda 
Chig‘atoyxon va uning Movarounnahrda podshohlik qilgan vorislari,
VI bobda Elxoniylar, va'ni Eronda hukmronlik qilgan Chingiz avlodi,
VII bobda Jo'jixon va uning Dashti Qipchoqda podshohlik qilgan av­
lodi, VIII bobda Shayboniyxon va uning Movarounnahr, Qozogiston
Sibir va Qrimda hukmronlik qilgan farzandlari va, nihoyat, IX bobda 
Shayboniyxonning 1511-yildan Xorazmda podshohlik qilgan avlodi
163


bilan bog‘liq voqealar bayon etilgan. Asaming I—
VIII boblari umum- 
lashtiruvchi xarakterga ega bo‘lib, Rashiduddinning «Jome ut-tavorix», 
Sharofiddin Ali Yazdivning «Zafamoma» va shuningdek, yana o n 
sakkizta tarixiy asarlar asosida yaratilgandir. Kitobning IX bobi vangi 
hisoblanadi va unda Xorazmning 1512 1663-yillar orasidagi ijtimoiy- 
siyosiy tarixi keng va atroflicha bayon etiladi. Bundan tashqari, asarda 
Abulg‘oziy Bahodirxon zamonida obod bo£lgan Xorazmdagi Urganch, 
Vazir, Tirsak, Yangi shahar, Buldumsoz, Bag dod, Kat, Dumn, Qum- 
kent, Mizdaxqon, Dorug‘an ota, Boqirg‘on, Xos minora, Ism Mahmud 
Ota, Chilik kabi shaharlar, Amudaryo va daryo o‘zanining o ‘zgarishi, 
xivalik turkmanlaming og'ir ahvoli, XVI-XVI1 asrlarda Xiva xonligi 
bilan Buxoro o ‘rtasidagi siyosiy munosabatlar haqida ham qimmatli 
m a’lumotlar uchraydi. «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» 
(1910-1918-}'.) asarlan muallifi serqirra iste dod sohibi Muhammad 
Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858-1923-y.)dir. Bayoniyning nasl- 
nasabi Xiva xonligini ko‘p yillar idora qilgan Q o'ng‘irotlar sulolasiga 
borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (I804-1806-y.) 
ga nabira boladi. Muhammad Yusuf 

Download 6,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish