13. 0 ‘yinni o‘quvchilarga tushuntirib berish
O'yinni o‘tkazishda katta muvaffaqiyatga erishishdagi omillar-
dan biri uni tushuntirilishiga bog‘liqdir. 0 ‘yinni tushuntirib yoki
hikoya qilib berishdan oldin, o‘qituvchining o ‘zi o‘yin to ‘g‘risida
to‘liq tasawurga ega bo‘lishi kerak.
0 ‘yinni tushuntirish aniq va qisqa bo‘lishi kerak. Bolalar o‘yin-
ni boshlash oldidan hayajonlanish holatida turadilar, shu sababli
о‘yin uzoq vaqt tushuntiriladigan bo‘lsa, ularning
0
‘yinni idrok
qilishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Kichik sinflarda o‘yinlami
hikoya tarzida, ifodali, qiziqarli shaklda tushuntirish mumkin.
Hikoya qilib berish mantiqiy to‘g‘ri ketma-ketlikda bo'lishi
uchun o ‘yinni tushuntirish bo‘yicha reja tuzish shart. 0 ‘yinning
asosiy mazmunini aytib berish uchun quyidagicha reja tuzish tav
siya qilinadi: 1) o ‘yinning nomi; 2) qatnashuvchilarning roli va
ularning turishjoylari; 3) o‘yinningborishi; 4) o‘yinning maqsadi;
5) o ‘yin qoidalari. 0 ‘yinning bunday hikoya qilish rejasi o ‘yin
mazmunini to ‘liq ochib berish imkoniyatini beradi. 0 ‘qituvchi
o‘yinning borishi to‘g‘risida hikoya qilib borarkan, uning oxirida
bolalaming esida yana ham yorqinroq qolishligi uchun o‘yinning
asosiy qoidalari to ‘g‘risida ham aytib berishi zarur.
0 ‘yinjo‘shqinlik bilan hikoya qilinishi shart. 0 ‘yinni haddan
tashqari baland ovoz bilan tushuntirish mumkin emas. Yaxshisi
59
o‘yinni sekin, ravon ovozda, ayrim vaqtda iloji boricha ovozni
baland ko‘tarish yoki ovozni pasaytirish bilan olib borish kerak,
chunki bunda bolalaming diqqati o‘yin mazmunining u yoki bu
holatiga qaratiladi.
0 ‘yinni gapirib berish jarayonida, albatta, bolalaming so'z
boyligi hisobga olinishi kerak, ularga notanish bo'lgan, murakkab
so‘zlar, atamalarni ishlatish kemk с mas. Agarda ular uchun yangi
tushuncha, yangi so‘zlar berilayotgan bo'lsa, ularning ma’nosini
albatta tushuntirish zarur.
0 ‘quvchilar o'yinni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun so‘zlab
berishni ko‘rsatish bilan birga olib borish tavsiya qilinadi. Ko‘rsatish
to ‘liq ravishda bo‘lmasligi ham mumkin: o'yinning faqat ayrim
holatyoki momentlari, ayrim harakatlari imo-ishora bilan tushun-
tiriladi. 0 ‘ynningusullariva murakkab holatlurini xuddi o'ziday
to ‘liqko‘rsatish kerak. Ko‘rsatishga o'yin ishtirokchilarining o‘z-
larini jalb qilish foydali bo‘ladi.
0 ‘yinning mazmunini bayon qilinayotganda, albatta bolalar-
ning kayfiyatlarini hisobga olish shart. Agarda o'qituvchi, o‘yinni
gapirib berayotganda bolalaming diqqati pasayganligini sezib qolsa,
unda u tushuntirishni qisqartiradi yoki qiziqarli va jonliroq gapirib
berishga harakat qiladi. Agarda gapirib bo'lgandan keyin ayrim
o‘yin qatnashchilaridan savollar tushadigan bo'lsa, bunday vaqtda
barcha o ‘yin ishtirokchilarining diqqatini o'ziga tortgan holda
baland ovoz bilan javob berishi lozim. Bolalar o'yinni birinchi
marta o£ynayotganlarida o‘yinning mazmunini to'liq gapirib berish
kerak, agar o£yin takrorlanilayotgan bo'lsa, unda faqatgina o‘yin-
ning asosiy mazmuni eslatiladi va qo'shimcha qoida hamda usullari
tushuntiriladi. 0 ‘yin mazmunini o'yin ishtirokchilarining xoti-
ralarida tiklash uchun yaxshisi bu jarayonga bolalaming o'zlari
jalb qilinadi.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |