Oliy va o’rta maxsus


Kamoliddin Behzodning ijod yo‘li olim va san’atshunoslar tadqiqotlarida



Download 62,75 Kb.
bet3/6
Sana25.03.2022
Hajmi62,75 Kb.
#508660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raimova Oygul Eminjon qizi.

1.2. Kamoliddin Behzodning ijod yo‘li olim va san’atshunoslar tadqiqotlarida
SHarq tasviriy san’atining yirik namoyondasi, mo‘yqalamining sehri bilan nafosat olamiga nur baxshida etgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning nomi jahon tasviriy san’ati tarixida alohida o‘rin egallaydi. Afsuski, bizgacha Behzodning hayoti, ijodiy faoliyati haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan, buning har-xil sabablari bor. Avvalo musavvir yashagan zamon hiyla murakkab bo‘lib, bu davrning tarixchi va boshqa allomalari tasviriy san’at haqida batafsil adabiyotlar yozib qoldirishmagan. Qolaversa, diniy e’tiqod biz yuqorida ko‘rganimizdek rassomchilik taraqqiyotiga to‘la-to‘kis yo‘l ochib bermagan. Xullas, Behzod yashagan davrda ham tasviriy san’at ma’lum bir ilm va san’at vakillari, shoh saroylari atrofidagina e’tiborga tushgan, xolos. Xalq orasida esa tasviriy san’at asarlarining yoyilishiga etarli imkoniyat bo‘lmagan. SHunday qilib, musavvir ijodi, hayoti qalamga olingan manbalar juda oz, hatto uning tug‘ilgan yili haqida ham munozaralar mavjud.
Keyingi davrda bir qancha xorijiy tarixchilar olimlardan tashqari, O‘zbekistonlik san’atshunoslar ham Behzod haqida tadqiqotlar yaratishdi. Bulardan, ayniqsa Hamid Sulaymonov, Galina Pugachenkova, Naim Norqulov, Ilyos Nizomiddinov, Orif Usmonov, Fozila Sulaymonova, Ne’mat Abdullaev, Abdumajid Madraimov, Zuhra Rahimova va boshqa olimlarning izlanishlarini eslab o‘tish joiz.
Tadqiqotchilarning taxminlariga qaraganda, Kamoliddin Behzod 1455 yili Hirotda kosib-hunarmand oilasida dunyoga kelgan va juda erta etim qolgan. Biroq, uning yoshligi qanday kechgani to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emasmiz. Hatto, O.Usmonovning ta’kidlashicha, Behzod rassomning asl ismimi, tahallusimi yoki uning ismi Kamoliddinmi- bular hozircha bizga qorong‘u.
SHunday qilib, SHarqning mumtoz musavviri Kamoliddin Behzodning buyuk san’atkor bo‘lib etishishida dastlab ana shu “Nigoriston” tasviriy san’at akademiyasining ta’siri hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tish joiz, bu maktabi bilan shuhrat qozongan o‘z davrining mashhur ustasi musavvir Mirak naqqoshning ijodxonasida Kamoliddin Behzod ta’lim olganligi ma’lum. Kamoliddin Behzod yashagan davrdagi Hirot badiiy muhiti, jumladan tasviriy san’atning o‘ziga xos shakllanishi musavvirning ijodiy ravnaqiga hissa qo‘shganini yuqoridagi dalilar isbotlaydi. Bu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlash kerakki, ayniqsa, buyuk bobomiz Alisher Navoiyning rahnamoligi tufayli Kamoliddin Behzod ijodiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Haqiqatdan ham Behzod madaniyat va san’atning rahnamosi Alisher Navoiy dahosidan etarlicha bahramand bo‘la olganligi ko‘pgina adabiyotlarda ta’kidlangan. O‘z davridayoq Alisher Navoiy portretini yaratish borasida Kamoliddin Behzod samarali ijod qiladi. SHuningdek, Navoiyning hayotiga bag‘ishlangan va Navoiy portreti tasvirlangan asarlari tufayli Hirot madaniyat olamida taniladi. Asta-sekin Behzod Hirotda katta hurmatga sazovor bo‘la boshlaydi. U 1487 yili Xuroson hukmdori Husayn Boyqaroning Hirotdagi kutubxonasiga rahbar etib tayinlanadi.
Buyuk rassom sharq allomalari SHarafiddin Ali YAzdiy, Abdurahmon Jomiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy kabi mutafakkirlarning asarlarini tasvir orqali yanada jonlantirdi, targ‘ib etdi. Tadqiqotchilar Naim Norqulov, Ilyos Nizomiddinovning “Miniatyura tarixidan lavhalar” nomli kitobida shunday qiziqarli fikr va ma’lumotlarga duch kelamiz. SHved san’atshunos olimi F.Martin ustod Kamoliddin Behzodning Sulton Husayn Mirzo chorbog‘idagi ijodxonasini quyidagicha tasvirlaydi: “SHarq quyoshi Behzod uchun qurilgan hujrani nurga g‘arq etdi. Bu erda naqqosh pastakkina qiya kursi ustida engashib ishlardi. Kursining tortma xonachalarida shoh asarlar yaratish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa muhayyo. Bunday asarlarni Ovro‘pa san’at koshonalari XI asr Italiya va Niderlandiya musavvirlarining nodir asarlarini qanday tarzda qidirgan bo‘lsalar, shunchalik ishtiyoq bilan qo‘lga kiritishga intilishlari shubhasiz. To‘g‘ri, Behzod Ovro‘palik musavvirlarnikidek keng va qulay ustaxonaga ega bo‘lmagan. Uning ish joyi oddiygina bir hujra bo‘lib, oq marmar devorlari mohir sharq xattotlari tomonidan Qur’on xalimalari bilan muayyan etilgan. Hujrada bo‘yra to‘shalgan. Burchakda gilam ustida bir nechta yostiq. Bu mehmon yoki muxlislar uchun qo‘yilgan edi. Hujra orqasi, bog‘, sokin suvli hovuz, undan nariroq- gulzor va daraxtzor.
Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan XVasrning 80-yillariga mansub Alisher Navoiy bilan Sulton Husaynning madrasadagi qiyofalari aks ettirilgan miniatyuralar “muraqqa”, ya’ni tasviriy san’at albomlaridagi miniatyuralar o‘zining keng qamrovligi, rang-barang tabiat sirlarini aks ettirgani bilan e’tiborga molik. Bu asarlar ayni paytda Sankt-Peterburg shahridagi Saltikov-SHedrin nomidagi kutubxonada saqlanadi. Umuman, rassom portret san’ati borasida bebaho yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
YAna shuni qo‘shimcha qilish mumkinki portretlarning mukammalligi ularning garmonik tugal ishlanganligidadir. Husayn Boyqaro portretini tahlili bu borada isbotli misol bo‘la oladi. Mutanosibliklar portretning deyarli barcha bo‘laklarida o‘ziga xosdir. Kiprik, qosh, qo‘l barmoqlari bir-biriga monand kiyimdagi naqshin bezaklar bilan uyg‘unlashib ketgan. Mana shunday diqqatga sazovor portretlardan yana biri 1507 yilda yaratilgan. Muhammad SHaybonixon suratidir. Bu asarda tizzalariga ikki qo‘lini tayab chordona qurib o‘tirgan mag‘rur holatda SHayboniyxonning salobatli obrazi gavdalanadi. O‘ng qo‘lida o‘q-yoy otganda taqadigan xalqa ushlab turgan bo‘lib, bu esa uning mahoratli jangchi ekanligidan dalolat beradi. Oldidagi siyohdon va shunga o‘xshash buyumlar bilim egasi, ma’rifatparvar kishi ekanligini ko‘rsatadi. Asar AQSHdagi kolleksionerlar qo‘lida bo‘lib, bu portret rangin bo‘yoqlar bilan boydir.
Musavvir ijodidagi san’atkorlarning siri zamonaviylikning haqiqiy aks ettira olganida hamdir. Bunga Kamoliddin Behzod hayotiylik va tabiiylikni samimiy hamda uyg‘un ko‘rsata olishi bilan erishgan.
Rassomning portretlaridan tashqari ko‘plab obraz va manzaralarni o‘z ichiga olgan asarlarining mushohadasi shunday fikrlarga kelishimizga asos bo‘la oladi. 1495 yili Hirotda Nizomiyning “Xamsa” si qayta ko‘chirilgan hamda bunga Kamoliddin Behzod tomonidan bir qancha miniatyura rasmlar ishlangan. Hozirgi paytda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu qo‘lyozma va undagi mo‘‘jaz tasvirlar san’atimiz tarixida alohida ahamiyatga ega. Uning shu turkum asarlaridan biri masjid qurilishi kompozitsiyasi diqqatga sazovordir. Bundan tashqari, “Xamsa” ga ishlangan “Iskandar va etti donishmand” nomli mashhur asari o‘ziga xos bir badiiy qiymatga ega. Asarda donolik, zukkolik inson tafakkuriga xos falsafiy qarashlar bilan birga, me’morchilikdagi amaliy bezak san’ati, sharqona muhitga xos go‘zal va nafis turmush manzarasi jozibali tasvirlangan. Tabiat quchog‘ida sharq allomalarining an’anaviy davrada suhbati aks ettirilgan. Bu suratdagi har bir obrazda kamtarona takalluf, zukkolik kabi nozik insoniy xususiyatlar yaqqol sezilib turibdi. Ayniqsa, suhbatdoshlarning bir-biriga o‘ta hurmat bilan muloqotda ekanrliklari tomoshabinda hayrat uyg‘otishi tabiiy.


Download 62,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish