“Tasviriy san’at” kafedrasi
mudiri ________ B.Qurbonova
«_____»__________ 2020 yil
«TASVIRIY SAN’AT TARIXI»
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Kamoliddin Behzod Ijodi”
Bajardi:
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi
Bakalavr yo’nalishi 2-kurs talabasi
Raimova Oygul Eminjon qizi
Ilmiy rahbar: I.Merganov
Farg’ona- 2020
Mundarija
KIRISH
I BOB O‘RTA OSIYO XALQLARI TARIXI, ULARNING ESTETIK VA G‘OYAVIY QARASHLARI.
O‘zbekiston hududida yashagan xalqlarning o‘tmishi hamda bizga qoldirgan madaniy meroslari.
1.2. Kamoliddin Behzodning ijod yo‘li olim va san’atshunoslar tadqiqotida
II BOB XIROTDA SHAKLLANGAN SAN’AT MAKTABLARI VA AN’ANALARI.
2.1. Miniatyura janrida portret.Kamoliddin Behzodning o‘ziga xos tasvirlash uslublari.
2.2. Behzod miniatyura maktabi asosida tasviriy san’atda milliy uslubning shakllanishi.
X u l o s a va t a v s i ya l a r
Foydalanilgan adabiyotlar.
K i r i sh.
Mustaqillik ma’naviy, madaniy qadriyatlarni har jihatdan qaror topishi uchun yo‘l ochib berdi. Tasviriy san’atimiz tarixining namunalarida jahon xalqlarining ma’naviy, madaniy yutuqlari bilan bog‘liq o‘rganilmagan qirralari hali juda ko‘p. Xalqimiz ayni o‘z taqdirini o‘zi hal qilishdek bebaho baxtga erishgan bir paytda tasviriy san’atimiz o‘tmishini ham har tomonlama o‘rganib uni kelajak avlodga etkazish naqadar muhim masaladir. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ma’naviy qadriyatlarimizga alohida e’tibor berib “jamiyat madaniyatsiz, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand qilmagan jamiyat pirovard oqibatida tanazzulga yuz tutadi”,-deb ta’kidlagan edi.
Bu borada O‘rta SHarq miniatyura rang tasviri dahosi, afsonaga aylanib ketgan Behzodning ijodiga murojaat qilish ayni muddaodir. Uning asarlarini XIX asr oxiridan boshlab o‘rganilib kelinmoqda. U hali yana uzoq vaqt o‘zining yorqin asarlari, ularda tabiatning rango-rang olamini o‘ziga qamrab olgan maftunkor go‘zalligi, mehnatkash inson va ijodkorning turmush va ma’naviy dunyosiga teran kirib borganligi bilan tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortadi. Bizning davrimizda Behzod ijodini to‘g‘ri talqin etish va tushuntirish uchun avvalo uning ijodini mukammal o‘rganish va mohiyatiga kirib bormoq lozim. Bu masalani samarali hal qilish uslluridan biri-yaqin zamondosh bo‘lgan, bir mavzuga, muayyan prototiplarga murojaat qilgan turli musavvirlar asarlarini qiyosiy o‘rganishdir.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi.SHarq tasviriy san’atining yirik namoyondasi, mo‘yqalamining sehri bilan nafosat olamiga nur baxshida etgan buyuk musavvir KAMOLIDDIN BEHZODning nomi jahon tasviriy san’at tarixida alohida o‘rin egallaydi.
Keyingi davrlarda bir qancha xorijiy tarixchilar, olimlaridan tashqari, o‘zbekistonlik san’atshunoslar ham Behzod haqida tadqiqotlar yaratishdi. Bu yaratilgan tadqiqot natijalarini kelgusi avlodga etkazish biz bitiruvchi talabalarni kelgusi mehnat faoliyatimizda bajarilishi kerak bo‘lgan maqsad va vazifalardan biridir.