Oliy va o’rta maxsus


II BOB. HIROTDA SHAKLLANGAN SAN’AT MAKTABLARI VA AN’ANALARI



Download 62,75 Kb.
bet4/6
Sana25.03.2022
Hajmi62,75 Kb.
#508660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raimova Oygul Eminjon qizi.

II BOB. HIROTDA SHAKLLANGAN SAN’AT MAKTABLARI VA AN’ANALARI
Jahon tasviriy san’ati xazinasidan munosib o‘rin olgan miniatyuralar SHarq xalqlarining mushtarak badiiy merosidir. U an’anaviy kitobat san’atining tarkibiy qismi bo‘lib, qadimgi nodir qo‘lyozmalarni ziynatlash bilan birga, mazkur asarlardagi ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari, oliyjanoblikka bo‘lgan intilish, go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurni ifodalashga ham xizmat qilgan. Turli san’atkorlar-xattot, rassom, muzahhib, muqovasoz, jadvalkash va boshqalarning ijodiy hamkorligida yaratilgan nodir qo‘lyozmalar o‘sha davr madaniy, ijtimoiy hayotini hamda badiiy estetik qarashlarini o‘rganishda qimmatli manbalardan hisoblanadi.
YAqin va O‘rta SHarq madaniy markazlari bo‘lmish Bog‘dod, Tabriz, Samarqand, Buxoro, Hirot, SHeroz kabi shaharlarda X-XIX asrlar davomida maxsus miniatyura maktablari mavjud bo‘lib, ba’zan yuksak darajada rivojlangan, ba’zan esa tanazzulga yuz tutgan. Har bir rassomlik markazida o‘ziga xos badiiy-ifodaviy xususiyatlar yuzaga kelishi bilan birga, ularning barchasi SHarq miniatyura san’atining ranglar sofligi va yorqinligi, chiziqlarning nafisligi va nozikligi, tasviriy uslubning dekorativ xosiyati bilan xarakterlanadi.
SHarq xalqlari madaniyati tarixida miniatyura va kitobat san’atini ayri tasavvur qilish mumkin emas. Albatta, har bir san’at ustasi rassomona ijod qilgan, shuning uchun ham ular yaratgan har bir bezak, tasvir go‘zallikni, ezgulikni o‘zida mujassamlashtiradi. Qo‘lyozma kitoblardagi naqshlarda tabiatning bag‘ridagi gul va daraxtlar, boshqa turli mavjudotlarning rangi, shakli o‘z aksini jamlashtirganini ko‘ramiz. SHu o‘rinda kitobat san’ati ustalarining o‘z davridagi atamasi, ya’ni nomlanishi, hamda ular bajargan vazifalari va faoliyati haqida ta’kidlash e’tiborga molikdir.

  1. Varroqlik- kitob tuzish uchun qog‘oz tayyorlovchi.

  2. Sahhof-muqovasoz, sahifalarni to‘plab kitob holiga keltiruvchi.

  3. Tasvir- surat ishlash, suratlash(musavvir).

  4. Tazhib-oltin rang bilan naqshlash.

  5. Tajlid-qimmatbaho kitoblarga charm yoki boshqa bir qimmatbaho matodan jild yasash.

  6. Vassol- to‘zigan kitoblarni qayta tiklovchi, (restavrator) ta’mirlovchi.

  7. Zarafshon- sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin va kumushrang bilan purkab bezatuvchi.

YUqorida ko‘rsatilgan vazifalardan so‘ng kitoblar nihoyasiga etkazilgan
hisoblanadi. Xuddi, shuningdek tasviriy san’at namunalari amaliy bezaklar bilan boyitilgan ajdodlarimizning eng noyob qo‘lyozma kitoblaridan Nizomiyning “Xamsa” siga ishlangan rasmlar tasviriy san’at tarixida alohida o‘rinda turadi. Bu kitobga san’atshunos olimlarimizning fikriga qaraganda, 2000 dan ortiq tasviriy miniatyuralar bag‘ishlangan. Nizomiy “Xamsa” siga ishlangan san’at asarlarining katta qismi Kamoliddin Behzod zamonasidagi “Nigoriston” (Hirot tasviriy san’at) maktabining mahsulidir. Bu miniatyuralardagi nozik tasvirlanishlar chuqur psixologik xarakterga ega. Nizomiy “Xamsa”si voqealaridan ta’sirlangan o‘sha davr rassomlari kitobga moslashtirilgan tasvir yaratish bilan cheklanmaganlar. Har bir miniatyura kitobdagi voqealarga bog‘lansa-da o‘ziga xos mustaqil asar sifatida shakllanadi ham.
2.1. MINIATYURA JANRIDA PORTRET, KAMOLIDDIN BEHZODNING O‘ZIGA XOS TASVIRLASH USLUBLARI
Asosan, XIV-XVII asrlarda mo‘jaz tasvirlar bilan boyitilgan kitoblar yaratish keng rivoj topdi. Masalan, “Me’rojnoma”da Muhammad payg‘ambarimiz mingan afsonaviy Buroq otida tasvirlangan. Ayni shunday tasvirga (buyumli rang tasvirga) diniy mavzulardagi kitoblarda esa duch kelinmaydi. Bunday suratlar ilmiy kitoblar va asosan, badiiy asarlar va tarixiy bayonnomalarga kiritilgan. Rassom yaratgan shunday manzaralar keng tarqalgan. Keyinchalik ularning kompozitsion tuzilishi, insonlar qiyofalari sharhlari, manzara va atrofdagi vositalarning aniq mundarijasi mukammallashtirib berilgan.
Miniatyuraning bosh loyihasi SHarq she’riyati mumtoz asarlari, ya’ni Firdavsiy “SHohnoma”si, Nizomiy, Dehlaviy va Navoiy “Xamsa” si asosida ishlangan. XIII-XIV asrlarga kelib esa tarixiy voqelik aniq tarixiy shaxs portreti, shuningdek harbiy qahramonliklar va davlatning shavkatli saltanati davri ko‘rinishlari orqali berildi. Bunday tasvirlar Boburiylar saltanati davrida paydo bo‘la boshladi. Xonlar portretlari Xitoy rang tasviri ta’sirisiz yuzaga kelgan deyish mushkul. Potretlardagi o‘xshashlik sezilarli darajada. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi SHarqshunoslik instituti arxividagi Rashiddinning “Qo‘lyozmalar to‘plami” illyustratsiyalari bunga misol bo‘la oladi. Ularda xon va uning rafiqasi tasvir etilgan. Udegey, Xulag, Bartan-Bahodir qiyofalari yuz tuzilishi va xonlarga xos libosi jihatidan boburiylarga o‘xshash bo‘lsa-da bosh kiyimlari bilan farqlanadi. Malikalari kiygan karnaysimon tojli baland bosh kiyimlari tamoman bir xil.
XIV asr oxiri – XVI asrning 30- yillaridan boshlab, portret miniatyurasi yuksala borgan. Kitoblarda butun sahifa bo‘ylab aniq shaxsning turgan yoki o‘tirgan holati berilgan.
Behzod portret janrining boshlovchisi va mohir ustasi bo‘lgan.Zahiriddin Muhammad Bobur Sulton Husayn Boyqaro davridagi Xirotlik madaniyat arboblariga baho berar ekan, ta’kidlab aytadiki: “Mashhur musavvirlar qatoriga Behzod munosibdir. U badiiy mahoratning nozik jihatlarini egallagan. Lekin soqolsiz yuzlarni yomon tasvirladi. Ularni me’yoridan tashqari cho‘zinchoq holatda berdi. Soqolli kishilarning chehralarini juda aromiga etkazdi.
Behzodning homiysi bo‘lgan Husayn Boyqaro tasvirlangan bir qancha miniatyura ishlari etib kelgan. Ular 1485 yilga (Tehron muzeyi to‘plamlaridan) mansub ekanligi miniatyuralarda yozilgan. Ikki qismli asarning chap tomonida gullagan bog‘ o‘rtasida tantanavor holatda, qo‘lida gul ushlab turgan Sulton, uning atrofida esa ko‘pgina ayollar tasvirlangan. Ular Sulton haramiga mansub bo‘lib, ko‘rkam gilamda o‘tirgan, gullar oralab sayr etayotgan, she’r mutolaa qilayotgan, arfa-changlar chalayotgan holatlarda, xizmatkorlar esa sharobli jom va qadahlar bilan birgalikda aks ettirilgan. (Ma’lumki, Husayn Boyqaro mayning ishqibozi bo‘lgan). Asarning unchalik katta bo‘lmagan hajmi faqatgina umumiy ko‘rinishni namoyish etadi.
Husayn Boyqaroning kishi diqqatini jalb etuvchi, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beruvchi portreti Behzod tomonidan XIV asr oxirlarida qayta ishlangan. Unda Husayn Boyqaro shaxsi yorqin ochib berilgan. Boshqa miniatyurada Sulton oyoqlari yig‘ilgan holatda o‘tirgan, bir qo‘li tizzasiga tushirilgan, bir yarim bukilgan, barmoqlari esa “muhokama qilayotgan” tarzda. Egnidagi shohona Qabosining yuqori qismi zar iplarda naqshinlangan, kamarbandida esa oltin to‘g‘nog‘ich o‘rnatilgan. Boshida jig‘ali xushbichim salla, uzunchoq soqoli yuziga o‘zgacha ko‘rk bahsh etgan: sultonning ko‘zlari cho‘zinchoq, bejirimgina labining ustki qismida mo‘ylovi bor. Ot ustida o‘tirgan holatdagi boshqa miniatyuralarda ham Sulton Husayn shu ko‘rinishda (Boston, nafis san’at muzeyi) tasvirlangan. Sulton Husaynga Temuriylarning kenja shahzodalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur ta’rif bergan. Ta’rifga ko‘ra, uning qiyofasi bekami ko‘st. Boshqa asarlarda Sulton xushro‘y, zabardast, tantanavor kiyinishni juda xush ko‘ruvchi, jasur sarkarda, zukko va teran aql-zakovatli, shuningdek yuksak badiiy qobiliyat va iste’dod sohibi sifatida o‘z atrofiga ilm ahli, shoirlar, din ahli, musavvir va musiqachilarni to‘plagan holatda namoyon etiladi. Behzod miniatyura portretlarida Sulton shu tarzda ko‘rsatiladi.
SHayboniyxon 1505 yilda Hirotni bosib olgandan keyin Behzod uning polrtretini ham ishlagan. Portretda SHayboniyxon Husayn Boyqarodan boshqacha tarzda ifoda etilgan. Xon odmigina bezaksiz qaboda. Boshida qizil kulohga salla o‘ralgan va unga jig‘a qadalgan. YUzi keng, soqollari hurpaygan.
Bu ikki portret xuddi boshqa-boshqa rassom tomonidan ishlangandek, rang jihatdan butunlay farqlanadi. Sulton Husayn ochiq rangli libosda, u kiygan Qabosining ko‘krak va elka qismlari zardo‘zi naqshlangan. SHayboniyxon esa oddiygina ko‘kish kulrang qaboda. Bu esa u utirgan to‘q qizil gilam rangiga zid ravishda olingan. Ranglar go‘yo birining nafis qiyofasini, ikkinchisining esa o‘ta jiddiy ekanligini ta’kidlaydi.
Behzodning portretlari juda real ishlanganligi haqida Mahmud Zayniddinning Sulton Husayn davridagi Hirotning “Iste’dodli yoshlari” hikoyasi ham guvohlik beradi.
1494-1495 yillarda Nizomiyning “Xamsa”siga ishlangan ko‘pgina miniatyuralar (London. Britaniya muzeyi) mavjud. Ular qo‘lyozmalar bilan muvofiq keladi. XVII asr hind hoqonlari Jaxongir va SHohiddin davri manbalariga ko‘ra miniatyuralarning o‘n oltitasi Behzodga aloqadordir. Ularning biri “Iskandar donishmandlar orasida” mavzusi bilan aloqador bo‘lsa-da, lekin u “Saddi Iskandar” dostonidan ancha yiroqda. Biroq Fozila va Hamid Sulaymonovlarning fikricha, bu miniatyurada Navoiy o‘z shoh asari “Xamsa”ni Jomiyga topshirish sahnasi berilgan. Uning atroqfida esa SHarqning olti buyuk shoiri, markazda qiyofalashtirilgan Navoiy bo‘lishi mumkin. O‘sha paytlarda u 53 yoshlarda bo‘lgan. Uning yonidagi oq soqolli kishi Jomiy. Navoiyning qiyofasida jiddiylik va ustozi Jomiyga bo‘lgan ehtirom mavjud. Qo‘li esa ishoraviy holatda. Tizzasiga ustoziga keltirilgan kitob. Uning atrofidagi turli yoshdagi shoirlar:qoramtir va oq soqolli, rango-rang liboslarda, boshlarida esa salla. Portretchi Behzod bu erda o‘ziga ishongan: qahramonlarining yuzlari kichik tasvirlangan bo‘lsa-da, ular turlicha. Bu sharhlar faraz tarzida bo‘lib qoladi.
Uslublashtirilgan tarzda tasvirlanishi va etnik jihatdan “Amir portreti” (Boston. Nafis san’at muzeyi) SHayboniyxon portretiga juda yaqin. SHunga tayanib, bu tasvir ham Behzodga tegishli deyish mumkin. Amir gullayotgan bahorgi daraxt fonida o‘tiribdi. U och rangdagi qaboda va oq sallada, oyog‘ida chavandozlar kiyadigan o‘tkir qirra poshnali etik. CHap qo‘li xanjar osig‘liq kamarida. YOnida kamon, orqasida o‘qdon yoylari bilan. O‘ng qo‘lida piyola. Unchalik katta bo‘lmagan qisiq ko‘zli yuzlari va taroshlangan qalin qora soqoli o‘zbeklarga xos yuz tuzilishi sanaladi.
Ko‘rinishidan, Sulton Husaynning katta o‘g‘li shoir G‘arib Mirzo portreti ham Behzodga tegishli. G‘arib Mirzoning o‘ng qo‘li ishoraviy tarzda, o‘zi o‘tirgan holatda. Portret hayotiy ishlangan-ingichka bo‘yinli, ozg‘in yuzli va qirra burunli: butun qiyofasidan zakovatliligi va jismonan kamquvvatligi ko‘zga tashlanadi.
Behzod yashab turgan paytda 1511-1512 safoviylar saroyi shoiri Xatifiy portreti ham (A.Sakisyan to‘plamlaridan) ishlangan. SHoirning chap tizzasiga tushirilgan, o‘ng qo‘li esa ishoraviy tarzda. Uning yuzlari ko‘zga tashlanuvchan. Qalin qora soqoliga oq oralagan.Qoshlari sal chimirilgan. Katta qoramtir ko‘zlari diqqat bilan boqmoqda. Bu mukammal qiyofada musavvirning keyingi izlanishlari ko‘zga tashlanadi. Unda Eron va Evropa rang tasviri bevosita ta’sirini sezish mumkin.
Qalamtasvirdagi portretlarning ayrim turlari ham Behzodga aloqador, deyish mumkin. Ular qog‘ozda ishlangan hayotdagi va masallardagi xalq qahramonlaridir. Ozib-to‘zib ketgan ot ustidagi kishi, darbadar folbin, tuya haydovchi-bularning barchasi naturadan chizilganligi ehtimoldan xoli emas.
XV asr oxiri- XVI asr 30-yillarida ishlangan, bizgacha etib kelgan miniatyura portretlariga imzo chekilmagan. Lekin faraz qilish mumkinki, ularning ba’zilari Behzod tomonidan yoki uning uslubini o‘zlashtirgan boshqa musavvir tomonidan bajarilgan. CHunki o‘sha paytlarda Behzod maktabi uning zamondoshlari tomonidan o‘rganilgan bo‘lishi tabiiy. Aniq bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishga qiziqish bu miniatyuralar asosini tashkil etadi. Ushbu asarlar tashqi jihatdangina emas, muayyan o‘lchamlarda ichki kechinmalarni ko‘rsatish bilan ham Behzod maktabi ta’sirida yaratilgani seziladi.Mazkur tasvirlarning asosiy obekti yuqori tabaqa vakillari: hukmdorlar, ularning oila a’zolari va ularning yaqinlaridir.
O‘tmishda ba’zan aslzoda urug‘ jamoasi vakillari asirga olingan. Aslzodalar tasvirlangan ikki (biri Vorchesterdagi san’at muzeyida, ikkinchisi Duse to‘plamlarida) miniatyurada ana shu holat ko‘rsatilgan. Ularda O‘rta Osiyoning shimoliy tumanlariga xos manzara tasvirlangan. Birinchisi qirg‘iz qiyofali ekanligi aniq: uning yuzlari keng, kichik qisiq ko‘zli, yuzlari siyrak mo‘yli, kiyimlari beliga enlik kamar bog‘lagan, boshlarida salla. Bo‘yni va chap qo‘li bo‘yinbog‘ bilan band, ham asir olingan aslzoda xuddi shunday bo‘yinbog‘da tasvirlangan. Tadqiqotchilar fikricha u “Mo‘g‘ul asiri”(Evropada Boburiylarni mo‘g‘ullar deyish keng yoyilgan. Bunda Boburiylar ildizi CHingizxonga borib tutashishi nazarda tutilgandir).
Tashqi qiyofasidan ham uning mo‘g‘ullarga xos tuzilishi yorqin tasvirlangan-yassi keng yuzli, qisiq ko‘zli, siyrak soqolli,kichkina mo‘ylovli. Uning boshida qalpoq. Hozir bunday qalpoqlarni qirg‘izlar kiyishadi: o‘tkir qirra uchli, oq rangli, qayrilma joyi esa qora rangli bo‘ladi. Uning tizzalarida naqshinli o‘qdon, nayza hamda kamon tasvirlangan. Oyoqlaridagi otliq askarlar kiyadigan baland poshna etigi boshqa miniatyuralar personajlariga monand, lekin rangi butunlay o‘zgacha.
Ayollar portreti juda kam ishlangan. “Malikaning portreti” shunday kamyob asarlardan biri sanaladi. Bu portret naturaga yaqinmi, degan savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, bu oy chehra go‘zalning qayrilma qoshlari ostidagi maftunkor ko‘zlari yonib turadi. Uning og‘zi bejirimgina ishlangan. Liboslari guldor naqshli, bayramona. Boshida toj singari hoshiyalangan ko‘rkam qalpoq. Qo‘llarida nafis gullar tutgan. U SHarq she’riyatida minglab marotaba taranum etilgan go‘zalga o‘xshaydi.
Bizgacha Behzodning portreti ham etib kelgan. U 1511-1534 yillarga mansub deb taxminlanadi. (Istambuldagi YUlduz kutubxonasi). Bu paytlarda Behzod Hirotdan Tabrizga kelib, avvaliga shoh Ismoil va keyin Taxmasi saroyida xizmatda bo‘lgan. Kulohga salla o‘ralishi o‘sha davrlardagi Eronga xos ekanligi bunday deyishga asos bo‘la oladi. Musavvir qariyb yon tomondan, o‘ng qo‘liga kitob, chap qo‘liga esa bo‘yoqlar solingan quti ushlab turgan holatda tasvirlangan. U ozg‘in, egnida uzun och tusli qabo. Uning oq ranglari notabiiy, kichik tarzda shakllantirilgan. Ushbu miniatyura muallifi mahorati ancha past ko‘rinadi. Behzodning yuzi kichik, soqoli qalin, yirik ko‘zlari o‘tkir nigoh bilan boqmoqda.
Ko‘rib o‘tilgan miniatyura portretlari ham portret janri umumiy uslubi shakllanishi va yuksalishida Behzodning o‘rni behad yuksak bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Uning ijodidapgi miniatyura asoslari XVI-XVII asrda Eron (Tabriz, Kazvin, Isfaxon) va Turkiston (Samarqand, Buxoro) maktablarida davom ettirildi. Ularda kishilar qiyofalari aniq va o‘ziga xos holda alohida sahifalarda yoki badiiy kitoblarda tasvirlangan. Nafis harakatlanayotgan go‘zallar yoki jozibali o‘spirinlar, shuningdek, sevishganlar qiyofalari gavdalantirilgan. Mumtoz SHarq she’riyatida madh etilgan qiyofalarni musavvir alohida portretda ham, kam shaxslar ishtirok etgan guruhiy portretlarda ham bera olgan.
2.2. BEHZOD MINIATYURA MAKTABI ASOSIDA, TASVIRIY SAN’ATDA MILLIY USLUBNI SHAKLLANISHI.
XX asrda butun dunyoda san’at o‘z rivojlpanish xususiyatini o‘zgartirdi. G‘arbda avangardning ijodiy kashfiyotlari ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan darajada mo‘l-ko‘l bo‘lgani bois, uning ilk ibtidosidan to shakliy chegaralarigacha tubdan qayta nazar tashlash ro‘y berdi. SHarqda esa o‘ta kuchli siyosat va ijtimoiy silkinishlar almashinuvi yangi tarixiy-madaniy tuzilmalar turli madaniyatlar, badiiy chatishuvining shakllanishida ko‘prik vazifasini o‘tadi. Ayni paytda Evropada dunyoviy san’atning chegaralari haqidagi qarashlar va tushunchalarda haqiqiy to‘ntarish ro‘y berdi. Natijada, Evropa madaniyati ravnaqi abadiyligi to‘g‘risidagi tushuncha asossiz ekanligi ko‘zga tashlana boshladi. SHarqshunos olimlar,XX asrdagi deyarli barcha Evropa rang tasviri novatorlari Osiyo va Afrikaning buyuk madaniyatlaridagi chinakam qadriyatlarni ocha boshlashdi va ular dunyo san’ati tarixining bir qismi ekanligini ta’kidladilar. O‘rta SHarq miniatyurasi, uning yorqin timsoli bo‘lgan Kamoliddin Behzod ijodi ham evropaliklar uchun yangi estetik qarashlar va nafis izlanishlar manbai bo‘ldi.Anri Matiss va Myunxen, Moskvada namoyish qilingan musulmon san’ati ko‘rgazmalarini, mashhur fors kolleksiyalarini eslash kifoya. Bularning hammasi nafis miniatyura san’atining o‘zgarayotgan va silkinishlar ro‘y berayotgan dunyoda o‘ziga xos “ishtirok” idan guvohlik beradi.
O‘rta Osiyoda XX asrdagi jamiyat tarixidagi murakkablik va to‘qnashuvlar ham qonuniy tarzda merosga bo‘lgan munosabatda aks etadi. Bu tushuncha tarixiy jarayonlarda turlicha bo‘ldi va o‘z yo‘nalishlarini ko‘ndalang yoki tik tarzda o‘zgartirdi. Bu esa ijtimoiy ko‘rinish bilan bog‘liq bo‘lib, u O‘rta Osiyo badiiy maktablari rivoji qonuniyatini shakllantirdi. “YOsh milliy maktablar” tushunchasining o‘zi ko‘p asrlik madaniyatga nisbatan tamoman boshqa tajriba ma’nosini anglatardi. Eng yangi zamon san’ati asosiy xususiyatlari shundaki, u milliy merosning boy olamidan ajralgan holda, totalitar tuzum namunasidagi yangi madaniyat bilan bog‘liq tarzda shakllandi.
Javlon Umarbekovning uslubiy yo‘dli bir muncha murakkab va ayni paytda samarali bo‘lgan edi. U milliy maktab tajribalaridagi yutuqlarga asoslanib, ijodda shartli, ma’joziy va hissiy obrazlilik, badiiy tilning omili, mahalliy an’analari belgilari qorishib ketgan tasvirlarga o‘tdi. Rassomning “Qo‘shiq” kartinasidan (1972) tortib, to mahobatli “Men-insonman” polotnosi va 90-yillarda yaratgan asarlarigacha erkin tuzilma obrazli asoslar balqib turadi. Mavjud tajriba shuni ko‘rsatadiki, an’analarni haqiqiy o‘zlashtirish chinakam izlanish tufayli ro‘y beradi.
Ma’lumki, faqat tashqi belgilarni o‘zlashtirish an’analar bilan aloqaning eng quyi pillapoyasidir. Bundan holi bo‘lgan rang tasvirda o‘z o‘rnini topib, O‘zbekiston san’atining boshqa turlarida ham rivoj topdi. Miniatyuraning uslubiy yo‘li kitob bezaklarida, bezak plastikasida, mahobatli rang tasvirda talqin etildi. Ifoda etishning belgilangan imkoniyatlaridan o‘tib, suiste’mol qilish hollari ham ro‘y berdi.
Behzod va uning zamondoshlari nafaqat musulmon Uyg‘onish davri merosidan, balki u orqali qadim dunyo falsafasidan, so‘fizm qarashlaridan, Xitoy va Hindiston kabi tamaddun markazlari bilim o‘choqlaridan bahramand bo‘lishgan.Hozirgi kunda XXIasrda “olg‘a yurish uchun unutib yuborish emas, balki faqat xotira kerak”(M.Baxtin) ligi ravshan bo‘ldi.Tarixiy madaniy merosni tiklash tor tushunchadagi o‘ziga xoslik va yosh badiiy maktab majmui asosida olib borilmaydi. U zamonaviy, teran, umumfalsafiy bilimlar, umuminsoniy qadriyatlarni zamonaviy, badiiy idrok etish orqali o‘zlashtiriladi. Ana shunda Kamoliddin Behzod merosining ham ulkan ahamiyati namoyon bo‘ladi.

Download 62,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish