Oliy va o’rta maxsus


Kurs ishining amaliy ahamiyati



Download 62,75 Kb.
bet2/6
Sana25.03.2022
Hajmi62,75 Kb.
#508660
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raimova Oygul Eminjon qizi.

Kurs ishining amaliy ahamiyati. San’atning ushbu turiga xos bo‘lgan mazmun va shakl birligi nuqtai nazaridan tahlil miniatyura asarlar ramziy ma’noga ham egaligi to‘g‘risidagi fikrga olib keldi.
Miniatyuraning shakli va obrazlar tizimini yuzaga keltirgan uslubiy vazifalardan ma’no vazifalariga o‘tishning tahlili qiyin, biroq mumkin va u hodisalar mohiyatini to‘liqroq tushunib olish uchun zarur. Miniatyura asarlarining ma’no-mazmuniga, badiiy obrazli ifodalilikning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan didaktik mohiyatiga kirib borish ularning ahamiyatini tushunish, kishilarning alohida ichki dunyosiga kirish, o‘z ko‘zi bilan ko‘rishning o‘ziga xos sharqona muattar hidini hamda lazzatini his qilish, vaqt o‘tgan sari miniatyuralar qanday o‘zgarganligini va qayta anglaganligini kuzatish imkonini beradi.

I BOB. O‘RTA OSIYO XALQLARI TARIXI, ULARNING ESTETIK VA G‘OYAVIY QARASHLARI.

    1. O‘zbekiston hududida yashagan xalqlarning o‘tmishi hamda bizga qoldirgan madaniy meroslari.

Ajdodlarimiz tarixi bizdan qanchalik uzoq bo‘lmasin va e’tiqodlari
o‘zlariga xos bo‘lganligidan qat’iy nazar ularni biz bilan tutashib turadigan nozik ko‘priklari bor. U ham bo‘lsa san’at va din tarixidir.
Odamlar turli sharoitlarda, turli iqlimda, turli mintaqalarda yashaganlar. Ana shu muhit va sharoitlar ham turli dunyoqarrashlar, turli dinlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Dinlar tarkib topar ekan, asta-sekinlik bilan taraqqiy etib, ongli xalq tomonidan boyitib, rivojlantirilib boriladi. YAna shu narsa e’tiborni tortadiki, har bir din qanchalik keng tarqalgan bo‘lmasin, taraqqmy etgan barcha joyda aynan bir xil tarzga ega bo‘la olmagan. Mavjud muhit va sharoitlar ma’lum darajada o‘zgarishlar kiritgan. Dinlar rang-barangligi xuddi har-xil erdan lzuqa olayotgan mevali daraxtlarga o‘xshab ketadi. SHuning uchun ham har bir dinda aniq natijani, uzoq madaniyat tarixini ko‘ramiz. Insoniyatning madaniyat tarixi bilan san’at tarixi ana shu dinlar tarixi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, o‘z navbatida insoniyat hayot tarzi va tafakkuri tufayli rivojlangan. O‘zbekiston hududida yashaydigan xalqlarning o‘tmish ma’naviy merosi bo‘lmish tasviriy san’at boshqa xalqlardagi singari, muayyan dinlarning tarixi bilan bog‘liq holda rivojlangan. O‘zbekiston hududidan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan va topilayotgan tasviriy san’at manbalari oz emas. Bu osori-atiqalar olis tarix sirlarini, uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimiz turmush tarzi, urf-odati, e’tiqodlarini ko‘z o‘ngimizda obrazlar orqali namoyon qilmoqda. Natijada, jumhuriyatimiz hududida qadimdan yashagan turkiy xalqlarimiz ham, zardushtiylik, budda. iuda, xristian va moniylik kabi boshqa dinlarga e’tiqod qilganliklari ma’lum bo‘lmoqda. Bunday islomga qadar bo‘lgan dinlarning o‘z rivojlanish tarixi mavjud.
Biz ajdodlarimizning madaniyati va san’ati sirlarini qanchalik o‘rganar ekanmiz, ular qoldirgan izlar aniqroq ko‘zga tashlanaveradi, qadimgi manzilgohlar, ular yaratgan madaniy-ma’naviy qadriyatlar haqida batafsil hikoya qilaveradi, biz ularni o‘rganib dunyoqarashimizni boyitamiz, muhimi, tarixiy dallilar asosida ish ko‘ramiz.
Qadimgi tasviriy san’at namunalarini tadqiqotimizning oldingi sahifalarida tahlil qilganimizda ham ko‘pgina dinlar bilan bog‘liq misollarni ko‘rgan edik. YAna shunga o‘xshash ayrim namunalarni keltirmoqchimiz. Arxeolog va san’atshunoslarning izlanishlari natijasida
Denov rayonidagi Xalchayon qal’a binosidan topilgan shahar hokimining saroyidagi devoriy suratlar, haykallardan tashqari binoning ham o‘ziga xosligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Saroy kun chiqar tomonga qaratib qurilgan va olti ustunli ayvondan iborat. Bu esa xalqlarimizning me’morchilik borasidagi an’analari namunasidir. YAna shunday qiziqarli dalil: O‘zbekistonning ko‘pgina joylarida muqaddas olov yongan ibodatxonalar qoldiqlari topilgan. Otashparastlar ibodatxonasidagi hamma narsa, hatto yonib turadigan olovdan ham juda chiroyli ishlangan. Qiziqarli tomoni shundaki, san’at ashyolari an’analar bilan uyg‘unlashib ketgan. Bu an’ana, ya’ni mangu olov yoqish asli yurtimizdan chiqqan, keyinchalik butun Ovro‘pani aylanib yana o‘zimizga qaytib kelgan. Hozir haykallar poyiga mangu olov yoqmoqdamiz. Biz hozirga qadar diniy merosga begona nazar bilan qarab keldik. Biroq, diniy urf-odatlar, sajdagohlar, ibodatxonalar hayotiy an’analarimizning ildizlari g‘oyat qadimiy ekanini tasviriy san’at asarlaridagiishonarli dalillar bilan isbot etadi. SHahar va qishloqlarda faoliyat yuritayotgan tasviriy san’at o‘qituvchilari, o‘quvchmlar bilan hamkorlikda ko‘plab osori-atiqalar, jumladan turli-tuman haykalchalarni topib, o‘rganib respublikamiz miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ibratli ma’ruzalar qilishmoqda.
Xalq ijodi har qachon tinim bilmay rivojlangan. Umuman, dinlar tarixi tasviriy san’at tarixi bilan ham chambarchas bog‘liq ekanligini, jahonning boshqa dinlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, xristian dinida san’at tarixini dindan ayri tasavvur qilish mumkin emas, dinning muqaddas kitoblaridagi rivoyatlar rang tasvir asarlarida, haykallarda o‘z ifodasini topgan. Dindorlar, hukmdorlar buyurtmasi bilan ajoyib san’at asarlari dunyoga kelganki, ular asrlar osha yashab, hozirga qadar kishilarni hayratga solmoqda. Ana shuning zamirida tasviriy san’at pedagogikasining tarixidan o‘rin olgan realistik maktab shakllangan.
Uyg‘onish davrining mashhur haykaltaroshi Mikelanjelo Muso payg‘ambarning ilohiy obrazini yaratadi. SHu zamonda Rafaelning Sikst cherkovi uchun ishlangan”Sikst Madonnasi” surati g‘oyat qadrlangan, tabiiyki ular tasviriy san’at asarlaridir.
Markaziy Osiyo, jumladanO‘zbekiston hududida islom dini kirib kelgunga qadar o‘z g‘oya, fikr, shuningdek, e’tiqodning barcha ko‘rinishlarini faqatgina tasvirlar orqali ifodalagan. qadimgi dinlardan biri Monuviylik hisoblanadi. Bu masalaning nozik tomoni shundaki, monuviylik e’tiqodida olg‘a surilgan axloqiy va ma’naviy qarashlar faqatgina tasviriy san’at namunalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Uning asoschisi ham tasviriy san’atning buyuk vakili Moniy edi. Moniy asli Markaziy Osiyo, jumladan qadimgi Samarqandda yashab ijod etgan va uning ta’limoti natijasida monuviylik dini bilan bog‘liq ulkan tasviriy san’at maktabi yuzaga kelgan. Arablar bosqinchiligidan so‘ng esa Moniy (monuviylik e’tiqodi) maktabining vakillari Xitoy o‘lkasidagi Qashqar shahriga ketganligi haqida fikrlar bor. SHunday qilib, islom dini an’analariga, aqidalariga, ayniqsa shariat peshvolarining g‘oyasiga mos kelmagan monuviylik (Moniy tasviriy san’at maktabi) va uning vakillarini asli Xitoylik deb ta’riflashlari haqiqatga mutlaqo ziddir.
Islom va tasviriy san’at mavzusi haqida gap ketar ekan, masalaning yana muhim tomoni shundaki, aynan islom dini va muqaddas Qur’on kitobi tasviriy san’at asarlarini mutlaqo taqiqlagan degan fikrlarga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Tarixdan ma’lumki, islom dini ta’limotini to‘la-to‘kis bilmagan ayrim shariat peshvolari xatti-harakatlari tufayli tasviriy san’atga nisbatan keskin fikrlar, hatto vahshiyliklar yuzaga kelgan.YAna shuni aytish kerakki, islom dinining keng tarqalishini ta’minlash uchun butlar, sanamlarni, xudo tasvirlarini keskin chegaralash ham zarur bo‘lgan. Ma’lumki, ibodat manbalari har doim o‘zga din haqida tasavvur tug‘dirib turishi tabiiy edi.
SHunday qilib,islom madaniyati davrida yuzaga chiqqan ziddiyatlardan qat’iy nazar tasviriy san’atning o‘ziga xos namunalari yaratildi. Bu davrda ham tasviriy san’at o‘z xarakteri va mohiyati jihatidang islom dini g‘oyalari bilan boyidi va rivojlandi. Saqlanib qolgan qo‘lyozma kitoblar va tarixshunoslarning dalolatlariga ko‘ra, asosan, tasviriy san’at kitobat san’ati bilan bog‘liq holda keng taraqqiy etgan. YAna shu narsa diqqatga sazovorki, qog‘oz tayyorlash san’atiSamarqandda arablar kelgunga qadar ma’lum va mashhur bo‘lgan, shuning uchun ham muqaddas kitoblarning ko‘pchilik qismi ana shu Samarqand qog‘ozlariga bitilgan.
Diniy va boshqa barcha sohadagi kitoblar, tasvirlar, bezaklar bilan nafis qilib bezatilganki, bu islom madaniyati davridagi tasviriy san’atning katta qismini tashkil qiladi.
X asrlargacha turli qarama-qarshiliklar bo‘lishiga qaramasdan, ayrim me’morchiliklarda tasviriy san’at qo‘llanilib kelindi. IX-XI asrlarda Somoniylar, G‘aznaviylar va Saljuqiylar davlatlari vujudga kelib, ularning markaziy shaharlari Buxoro, G‘azna, Marv, Nishopur kabi joylar madaniyat, san’at markaziga aylandi. Ana shu davrda Beruniy, Ibn Sino, Hayyom, Mahmud Qoshg‘ariy, Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy kabi allomalarning kitoblariga musavvirlar tomonidan badiiy bezaklar, miniatyura tasvirlar ishlangan.
X-XI asrlarda naqqoshlik, yog‘och, tosh va ganch o‘ymakorligi yanada rivojlandi. Murakkab abstrakt tasvirni aks ettiradigan naqshlar paydo bo‘ldi.
XI-XII asrlarga kelib esa tasviriy san’at amaliy bezak san’ati bilan uyg‘unlashgan holda boy zodagonlar, hokimlarning qasr va bog‘laridagi binolarning devorlariga, shuningdek xonadonlaridagi keng ko‘lamli go‘zallik bahsh etib kirib kela boshladi. Umuman, bu davrlar tasviriy san’atning asosiy qismi bizgacha deyarli saqlanib qolmagan bo‘lsa-da, u namunalarning ma’lum va mashhurligi ko‘pchilikka sir emas. Islom dini taraqqiyoti bilan bog‘liq san’atning ilmiy pedagogik jihatidan o‘rganilishi lozim bo‘lgan eng katta qismi temuriylar davridagi tasviriy san’at hisoblanadi.
Turli an’analarga, uslublarga ega bo‘lgan tasviriy san’at maktablarining yaqinlashuvi uyg‘unlashgan ilg‘or Samarqand tasviriy san’at maktabini shakllanishiga sabab bo‘ldi. Afsuski, miniatyura asarlari namunalarining turli o‘lkalar bo‘ylab tarqalib ketganligi tufayli uning
xarakterini to‘la yorita olish imkoniyatiga ega emasmiz. Ammo XIV-XV asrlarga kelib qo‘lyozma kitoblarining qayta ko‘chirilishi natijasida ko‘plab tasviriy san’at namunalari yuzaga keldi va ular kitobat san’atini yanada boyitdi. Bu davrda yaratilgan miniatyuralarning katta bir qismi muraqqa, ya’ni albomlarga ishlangan asarlardir. Bu asarlar shoh va ularning saroylaridagi hayotiy voqealarni tasvirlab berishga qaratilgan. Muhim tomoni shundaki bu muraqqa albomlarga ishlangan miniatyura tasvirlari mustaqil, ya’ni erkin ijodiy tasviriy san’at asarlari hisoblanadi.
Umuman, tasviriy san’at buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur davrida taraqqiy etganini ta’kidlash joizdir. Ma’lumki, Amir Temur o‘z davrida Samarqandni ulkan bir madaniyat markaziga aylantirdi. Bu erda ko‘plab bog‘lar yaratilgan, ana shu bog‘lardan birining qasr va devorlarini turli tasviriy san’at asarlari bilan bezatilganligi haqida fikrlar mavjud. Temuriylar davriga doir nafis miniatyura, rasmlarning juda katta qismi Parij, London, AQSHning ko‘pgina shaharlarida SHvetsiya, Sankt-Peterburg, Tehron, Boston, Afg‘oniston, Qohira, Hindiston, Mo‘g‘uliston va dunyoning boshqa ko‘plab muzeylariga, shaxsiy kolleksionerlar qo‘llariga tarqalib ketgani sir emas. Bular haqida ko‘pgina olimlar, tarixchilar, pedagoglar va san’atshunoslar fikr bildirishgan. Eng achinarli tomoni shundaki, Temur davrida yashab ijod etgan tasviriy san’at ustalarining ijod namunalari, ularning hayoti va faoliyati haqida alohida manbalar, kiotblar borligi bizga noma’lum. Ammo, bu borada ham ko‘plab tarixchi, san’atshunos va boshqa olimlar ayrim-ayrim fikrlarni keltiradi.
Amir Temur davrida yashagan va ijod etgan tasviriy san’at ustalaridan mashhur ustod Gung, taxminlarga qaraganda monuviylik tariqati vakillaridan ta’lim olgan bo‘lishi mumkin, ustod Gung Sohibqiron davri tasviriy san’at maktabining asoschisi bo‘lgan. Amir Temurning o‘zi yashagan davridagi musavvirlardan buxorolik ustod Jahongir, bog‘dodlik Abdulhay va ustod SHamsiddin, tabrizlik Pir Said Ahmad, samarqandlik Ahmad Bog‘ishamoliy, shoh Muhammad Tamimiy va boshqa tasviriy san’at vakillarining Samarqanddagi ijodiy faoliyatini qayd qilish mumkin. Amir Temur faoliyatidan so‘ng esa Samarqandda Mirzo Ulug‘bek davrida tasviriy san’at yanada taraqqiy etdi va rivojlandi. Temuriylar davri nafis tasviriy san’at haqida o‘zlarining “Miniatyura tarixidan lavhalar” kitobida N.Norqulov, I.Nizomiddinovlar shunday hikoya qilishadi. Devorga surat chizish san’ati Mirzo Ulug‘bek zamonida yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Tarixnavislar uning CHulsutun chorbog‘ida CHinnixona qasrini nihoyatda go‘zal qilib qurdirganini yozadilar. Abdurazzoq Samarqandiy Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining xonalari devorlarida to‘qqiz osmonning ko‘rinishi, osmon gumbazlari darajalari, minut va sekundlar va h.k ulushlari tasviri, etti yoritkich sayyora, sobita yulduzlar, iqlimlar, tog‘, dengiz, sahro va shularga oid buyum va jonivorlar surati g‘oyat va jonli naqsh etilganini yozadi. Demak, Mirzo Ulug‘bek zamonasida mahobatli (monumental) tasviriy san’at taraqqiy etganini ko‘ramiz. SHunday qilib, temuriylar zamonasida SHarqona miniatyura san’atining bir qancha maktablari va uning buyuk ijodkorlari yuzaga keldi. Natijada Temuriylar davrida shakllangan nafis tasviriy san’atning dovrug‘i jahonga yoyildi. O‘tmish tasviriy san’ati haqida fikr yuritar ekanmiz, bugungi kunda ko‘p qo‘llanilayotgan miniatyura so‘zining ma’nosi xususida to‘xtalamiz. “Miniatyura”- kitobga ishlangan surat (mo‘‘jaz surat) yoki kichik hajmdagi nafis tasvirlar ma’nosini bildiradi. SHu narsa diqqatga sazovorki “miniatyura” san’atidagi asarlar uch o‘lchamli to‘g‘ri perspektivaga asoslangan tasviriy san’atdan farq qilib, bir tekislik yuzasida tasvirlanishi yoki teskari perpektiva qonuniyatlariga amal qilinganligi uchun uch o‘lchamli to‘g‘ri perspektiva qoidalarini mukammal o‘zida ifodalaydi, deb aytish qiyin. Ammo o‘tmishning miniatyura tasvirlarida o‘ziga xos mo‘‘jizali sirlari bo‘lib, bu sohada o‘rganilmagan muammolar juda ko‘p.
SHarq, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarning miniatyura san’ati ham o‘ziga xos mo‘‘jizaviy namunalariga ega. Bu borada tasviriy san’atimiz tarixida o‘zining noyob namunalari va ajoyib san’at vakillarini yuzaga keltirgan Hirot “Nigoriston” (nafis san’at akademiyasi) maktabi, jahon tasviriy san’ati maktablari ichida oldingi saflarda turadi. Aynan shu maktabda Kamoliddin Behzoddek buyuk musavir ijodiyoti shakllangan.

Download 62,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish