Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, klaster texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib o‘tishi yoki matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib o‘tishi lozim. Ilovalar qismida kurs ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin.
Kurs ishini yozishda talaba, avvallo rahbarning ko‘rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.
Kurs ishini rasmiylashtirish.
Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi
Kurs ishi matni sahifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qog‘ozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar bo‘yicha yoritilishiga olib keladi.
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qog‘ozlarga ko‘k tushda (ruchkada) yoki tushunarli tarzda, qisqartirishlarsiz, aniq va ravon tilda o‘z qo‘li bilan davlat tilida (rus guruxlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi hajmi 30-35 betni tashkil etishi lozim. Har bir sahifani chap tomonda 3 sm, o‘ng tomondan 1sm tepa va pastki tomondan 2 sm qoldirilgan holda yoziladi. Kurs ishi matnlari qog‘ozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8taso‘z joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli bo‘lsa, o‘sha sahifada keltiriladi.
Har bir qism, kirish asosiy va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. qismdagi sarlovhalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda so‘zlarning bo‘g‘in ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sahifa tartib raqami sahifaning pastda o‘rta–qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar ham sahifalanadi. Jild varag‘i 1-bet sanaladi, unga tartib raqamiqo‘yilmaydi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag‘i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Ilovada turli hujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog‘oz qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Kurs ishi materiallarida ilovalarni keltirish tartibi har bir berilayotgan mavzuga tegishli ilovaning jadval, matn, rasm, animatsion ko‘rinishlari pastki qismida ilovaning nomi keltirilishi, izohlari berilishi lozim. Ilovalarni keltirishda hisob ishlari, kasb-hunar ta’limida ma’lum mavzuga tegishli hisob jadvallarini kiritishning qiymati, natijasi aniq va ravon keltirilishi lozim. Unga ko‘ra ilovalarni mavzuga tegishli hisob ishlari yoki kurs ishlari jadval va grafiklarining ijodik xususiyatini aks ettiradi.
Kurs ishini rasmiylashtirishning hujjatlar tashqi ko‘rinishi, etik va estetik jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Unga ko‘ra har bir kurs ishi materialida o‘rganuvchi tomonidan olinishi va foydalanuvchiga qulay tartibdagi materiallarni keltirilishi kurs ishining ilmiy saviyasini keltirib o‘tadi.
Kurs ishini rasmiylashtirish tartibi tikilgan va papkada tayyorlangan bo‘lishi lozim. Turli fayl va rangli materiallarda kurs ishini keltirib o‘tish taqiqlanadi.
Jild (titul) varag‘i kurs ishining 1- beti bo‘lib, unda Vazirlik, oliy o‘quv yurtining nomi fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy raxbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |