1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.
1. O’zbekiston hududida paleolit manzilgohlari.
2. O’zbekiston hududida urug’chilik jamiyati
3. Davlatchilik tushunchasi. Vatanimiz hududidagi qadimgi davlat birlashmalarilari.
4. Axamoniylar imperiyasi
2 – topshiriq:Mustaqil о‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.
1 Temir davrida urug‘ jamoasi o‘rnini qanday jamoa egallay boshladi?
A)patriarxat B)alohida tumanlar C)qabilalar ittifoqi D)hududiy qo‘shnichilik jamoasi
2. Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida O`rta Osiyoda mavjud bo‘lgan to‘rt guruh ketma-ket berilgan qatorni aniqlang.
A) Aslzodalar-jangchilar-dehqonlar-hunarmandlar
B)Kohinlar-jangchilar-dehqonlar-chorvadorlar
C)Kohinlar-zadogarslar-jangchilar-dehqonlar-hunarmandlar
D)Kohinlar-jangchilar-dehqonlar-hunarmandlar
3.Qadimgi davr ijtimoiy tuzum taraqqiyotining ketma-ketlik bilan berilgan qatorni aniqlang.
A)Xalq yig‘lishi-qabila-qabilalar ittifoqi-davlat
B)Oqsoqollar kengashi-xalq yig'lishi- qabila-qabilalar ittifoqi-davlat
C)Urug` -urug‘ jamoasi-hududiy qo‘shnichilik jamoasi-alohida tumanlar-viloyatlarning hukmdorlarlari
D)Urug‘-urug‘ jamoasi-hududiy qo‘shnichilik jamoasi-qabila-qabilalar ittifoqi-davlat.
4.Ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli nima deb atalgan?
A)respublika B)monarxiya C)harbiy demokratiya D)demokratiya
5.“Avesto”da O‘rta Osiyo jamiyatining negizi nima deb ataladi?
A)“Dah’ya” B) “Nmana” C)“Vis” D)“Zantu”
6. Eronliklar nechanchi yilda Yangi Bobil podsholigini zabt etadilar?
A) mil avv. 539-yil B)mil. avv. 722-yil C) mil. avv. 546-yil B) mil. avv. 525-yil
7. Qaysi Ahamoniy hukmdor armiyani qayta tuzdi?
a) Doro I. b) Kserks. с) Doro II. d) Doro III.
8. Qadimgi forslar qanday yozuvdan foydalanishgan?
a) iyeroglif. b) mixxat. с) alifbo. d) belgilar.
9. O’rta Osiyodan topilgan qadimgi temir buyumlarini ko’pi qaysi davrga oid?
a) m.a X-IX asr. b) m.a IX-VII asr. с) m.a VII-VI asr. d) m.a V-III asr.
10. Qaysi davrga kelib urug’ jamoasi o’rnini hududiy qo’shnichilik jamoasi egallay boshladi?
a) bronza. b) temir. с) neolit. d) eneolit.
11Ma’lumki, Persepol bo‘rtma naqshlarida Ahamoniylar itoatga kirgizgan ko'pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan qanday holatda tasvirlangan?
A) Eron shohlariga peshkash va o`lpon keltirayotgan holatda
B) Eron shohlariga bo‘yin egib turgan holatda
C) Eron shohlarining xizmatlarini qilayotgan holatda
D) dehqonchilik qurollarmi ushlab turgan holatda
12.Qadimgi forslar qanday belgilar bilan yozishgan?
A)iyeroglif B)mixxatsimon C)rasm-belgilar D)harfiy yozuvlar
13.Qadimda Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga bitilgan yozuvlar qaysi xalqlar tomonidan bitilgan?
A) yunonlar B) saklar C) eronliklar D) kushonlar
14.Makedoniyalik Aleksandr nechanchi yilda Fors davlatini zabt etgan?
A)Mil.avv. 327-yil B)Mil.avv. 326-yil C)Mil.avv. 328-yiI D)mil.avv. 330-yil
15.Ma’lumki, Qadimgi Eron davlatida Ahamoniylar sulolasi 200 yildan ziyod hukmronlik qilgan. Bu sulola kimning istilosi natijasida zavolga yuz tutdi?
A) Kanishka B) Sardur C)Ardasher D) Makedoniyalik Aleksandr