II BOB bo’yicha xulosa
Qozoq va Qirg’iz xalq ijodini o’rganish mobaynida koplab adiblar hayoti va ijodi bilan tanishib chiqish mobaynida shunga amin boldimki , qardosh xalq ijodkorlari ham huddi o’zimizning ijodkorlar kabi koplab manaviy marifiy boy asar namunalarini biz va biz kabi yosh avlodga o’rnak sifatida yozib qoldiribdi.
Xususan Chingiz Aytmatov o’zbek sheriyatida o’chmas iz qoldirgan bu va bu kabi koplab ijodkorlar haqida yosh avlodga qancha gapirsak shuncha oz hisoblanadi., men ushbu adiblar hayotini o’rganish mobaynida koplab taassurotlarga ega boldim. Siz ham ushbu adiblar va ijodi haqida o’qib korishingizni tavsiya qilaman.
Xulosa
Sinfdan tashqari oʻqish darslarida qardosh xalq yozuvchilari ijodini oʻrganish kerak bu bola dunyoqarashini yanada kengroq boʻlishiga yordam beradi. STO‘ darslarida xorijiy yozuvchilar asarlarini ham o‘rganish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda boshlang‘ich sinflarda o‘qish metodikasi bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqotchilar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Aka-uka Grimmlar, Xans Kristian Andersen, Jonathan Svivft, Sharl Perro, Aleksandr Pushkin, Abulqosim Firdavsiy, Lev Tolstoy kabi kabi xorijiy xalqlar adabiyoti vakillarining asarlari misolida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida mustaqil tarzda xorijiy xalq adabiyotini o‘rganish o‘quvchilarni dunyo xalqlarining turmush tarzi, ma’naviy olami, ruhiyati bilan chuqur tanishtirishga xizmat qiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, boshlang‘ich sinflarning o‘qish dasturlarida hamda o‘qish kitoblarida xorijiy xalqlar adabiyotini o‘rganishga juda kam o‘rin ajratilgan. 4- sinf o‘qish kitobi bundan mustasno. Chunki mazkur darslikda maxsus “Jahon bolalar adabiyoti” bobining berilishi, mazkur bobda F.Erding, Aka-uka Grimmlar, J.Svift, A.S.Pushkin hamda Abulqosim Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy kabi qardosh xalqlar adabiyoti namunalarining o‘rganilishi alohida e’tiborga loyiqdir.Bu kabi adabiyotlar bolani aqlan rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi.Chingiz Aytmatov kabi buyuk yozuvchilar asarlarini oʻqish juda foydali hisoblanadi .Men oʻzim ham Chingiz Aytmatov asarlarini sevib mutolaa qilaman.Shu jumladan Maqsud Shayxzoda koʻplab sanʼat durdonalari yaratgan yetuk yozuvchi hisoblanadi.oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tankidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi.Sa'diy Sheroziy ham oʻzidan koʻplab gʻazal va ruboiylar qoldirgan.Ushbu gʻazallar hali hanuz sevib mutolaa qilinadi. Zamonaviy qirg’iz she’riyatida yana bir ko’zga tashlanib turgan xususiyat, bu do’stlik mavzusidir. Bu do’stlik eng birinchi navbatda Turkistonda yashab turgan xalqlar o’rtasida mustahkam bo’lish kerak, degan g’oyalar targ’ib qilinmoqda. Haqiqatdan ham qadimda yagona bo’lgan Turkiston uchta xonlikka bo’linib ketganligi uchun qariyb 150 yil ruslarga qaram bo’lib qoldi. Ruslar esa Turkistonni boshqarish ason bo’lsin deb beshga bo’lib yubordi. Ana shu beshta davlat bugungi kunda tarixiy taraqqiyot tufayli mustaqillikka erishdi. Bu bizning ota-bobolarimiz orzu qilib kelgan haqiqiy istiqlol edi. Hozirgi ming xil nayranglar o’ynab turgan dunyoda, uni yana yo’qotib qo’yish hyech gap emas. Shuning uchun Turkistonning barcha xalqi yagona musht bo’lib birlashish kerak. Ana shunday bo’lsa, davlat qudratli bo’ladi. Xuddi shunday g’oyalar ko’plab zamonaviy qirg’iz shoirlarining she’rlarida yangramoqda. Qirg’iz she’riyatida o’zlikni anglash, milliy urf-odatlar, qadimiy qadriyatlarni tiklash kabi mavzularda ham ko’plab she’rlar yozilmoqda. Ma’lumki, qadim qirg’iz adabiyotida baxshilarning aytishuvi ham katta rol o’ynagan. Bu baxshilar xalq to’plangan joylarda o’z ijodlarini namoyish etib, ham shoirlik, ham hofizlik san’atini egallaganlar. Ular o’z davridagi muhim voqialar haqida kuylab, katta falsafiy, teran fikrlarni bayon etishgan. Hozirgi qirg’iz she’riyatida ana shu an’analarning ham davom etayotganligi ko’zga tashlanadi.
Bulardan tashqari she’riyatning umrboqiy mavzusi sevgi va sadoqat haqida ham ko’pgina she’rlar yaratilmoqda.
Zamonaviy qozoq adabiyoti 90 -yillar oxiri - 2000 -yillar boshidagi Qozog'iston adabiyoti postmodern G'arb adabiyot tajribalarini tushunishga va ularni qozoq adabiyotida ishlatishga urinishlar bilan tavsiflanishi mumkin. Shuningdek, taniqli va taniqli bo'lmagan qozog'istonlik ko'plab mualliflarning asarlari yangicha tushunila boshlandi.
Endi Qozog'iston adabiyoti jahon sivilizatsiyasi sharoitida o'z imkoniyatlari va manfaatlarini hisobga olgan holda yangi madaniy tendentsiyalarni o'zlashtirgan holda rivojlanishda davom etmoqda.Qozoq yozma adabiyoti ancha kech shakllandi. XIX asrgacha qozoqlarda adabiyot, asosan, xalq ogʻzaki ijodiyoti shaklida rivojlandi. Qadim zamonlardan beri ogʻizdan-ogʻizga koʻchib kelgan xalq maqollari, ashula va qoʻshiqlari, ertak va dostonlarida qozoq mehnatkashlarining ogʻir ahvoli, ozodlik uchun olib borgan kurashlari aks ettirilgan.Qozoq xalq qoʻshiqlari, ertak va dostonlari turli-tuman mavzularni qamrab olgan. Ularda qozoq mazluma ayollarining ohu figʻoni ham, xalq qoʻzgʻolonchilarining mardlik-shijoati ham, tadbirkor, dono Aldarkoʻsaning maroqli sarguzashtlari ham, Qoʻblandi botir, Ertargʻin va Qambar botir singari halq bahodirlarining qahramonliklari ham oʻz aksini topgan. Qozoq xalq ogʻzaki ijodi asarlarida turli ijtimoiy tabaqalarning hayotini aks ettiruvchi shaxslar obrazi bilan bir qatorda afsonaviy va majoziy obrazlar ham uchraydi. Topishmoq va ertaklardagi boʻri, ajdaho, dev, semurgʻ qush, dostonlardagi uchqur otlar yaxshilik va yomonlik timsoli sifatida gavdalanadi.
Qozoq xalq ogʻzaki ijodida qahramonlik dostonlari salmoqli oʻrin tutadi. “Qoʻlbandi botir”, “Qambar botir”, “Ertargʻin” dostonlarida qahramonlik, doʻstilik hamda vatanparvarlik gʻoyalari romantik boʻyoqlarda aks ettirilgan. “Qiz jibek”, “Qoʻzi koʻrpesh va Bayan suluv” hamda “Suluv shash” singari ishqiy-lirik dostonlar ham juda koʻp. Bu dostonlarda pok insoniy muhabbat tarannum qilinib, feodalizm jamiyatining yaramas tomonlari ochib tashlanadi, eski urf-odatlar ayovsiz fosh qilinadi. Masalan, “Qoʻzi koʻrpesh va Bayan suluv” dostonida tasvirlanishicha, oshiq va maʼshuqaning chin insoniy muhabbatiga Bayan suluvning boy xonadondan, Qoʻzi koʻrpeshning esa kambagʻal oiladan boʻlganligi toʻsqinlik qiladi. Mana shu qarama-qarshilik oshiq va maʼshuqlarning fojiali halok boʻlishiga olib keladi.Qozoq xalq ogʻzaki ijodidagiprogressiv oqim XIX asrning boshlariga kelib shakllangan qozoq yozma adabiyoti uchun zamin boʻldi.
Qozoq klassik adabiyotining asoschilari Choʻqon Valixonov, Ibroy Oltinsarin va Abay Qoʻnonboyev qozoq xalqi bilan rus xalqi, shuningdek, qozoq adabiyoti bilan rus adabiyoti oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikning jarchilari edilar. Choʻqon Valixonov rus fani va madaniyati bilan tanishgan oʻqimishli kishi edi. Olim va maʼrifatparvar Ch. Valixonov koʻp sayohat qildi, ilmiy ekspeditsiyalarda yurdi. U Qozogʻistonni, qoʻshni Qashqar oʻlkasini oʻrganishga oid bir qancha ilmiy asarlar yaratdi. Choʻqon Valixonovning folklorist va publitsist yozuvchilik faoliyati ham katta ahamiyatga ega.
Choʻqon Valixonovning zamondoshi Ibroy Oltinsarin oʻzining shoirlik va maʼrifatparvarlik faoliyatini bolalarni oʻqitish ishi bilan bogʻlab olib bordi. Umr boʻyi oʻqituvchilik kasbi bilan shugʻullangan Ibroy Oltinsarin bolalarni yangi usulda tarbiyalashga alohida eʼtibor berdi. U maktab bolalarini rus adabiyotining namunalari bilan tanishtirish maqsadida rus tilidan tarjimalar qildi, adabiyot majmuasini yaratdi. Oʻzi ham sheʼrlar yozib, bolalarni oʻqishga, ilm olishga daʼvat etdi.
Qozoq klassik adabiyotining otasi Abay Qoʻnonboyev oʻz sheʼriy va nasriy ijodi hamda maʼrifatparvarlik faoliyati bilan demokratik tendensiyadagi qozoq adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U qozoq xalq ogʻzaki ijodidagi ilgʻor anʼanalar taʼsiri ostida xalq manfaatini kuylovchi asarlar yaratgan atoqli shoir va maʼrifatparvar darajasiga koʻtarila oldi. Xullas qardosh xalq ijodkorlarini o'qigan sari ularning kelib chiqishi shakllanish tarixi haqida ko'proq malumotga ega bo'la boshlaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Umumiy o‘rta ta’limning DTS va o‘quv dasturi. T.:2017.
2. “Bolalar adabiyotidan saboqlar”o’quv qollanma S.Matjon Toshkent 2022
3.”Ona tili O’qitish metodikasi” talabalar uchun darslik Toshkent 2009
4.Matjonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar –T.:O‘qituvchi, 1996 –108 b.
5.Mirziyoyev Sh.M. Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir.Il O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 2021-yil. 22-avgust.
6.“Yuksak manaviyat - yengilmas kuch”maxsus kursidan maruza matni Usmonov Q. Toshkent 2010
7.Bolalar adabiyoti va zamonaviylik.-T.: FAN, 1991
8. Abduvahob Madvaliyev, Ishoq Nosirov, „Turkiy tillar“, OʻzME
9. Ahli dil. M. Mahmudov. "O’qituvchi" nashriyoti 1997 yil
10. Boshlang’ich talim jurnallari. 2002 yil 6-son
11. “Bolalar adabiyoti” darsligidan
12. Istoriya kirgizskoy literatur?. M., 1970.
13. Ch.Aytmatov, M.Shoxanov. “Cho’qqida qolgan ovchining ohi-zori”. T., 1998.
14. A.To’qimboyev. Tong oldida. She’riy roman. T., 1985.
15. «Manas» eposi. 1-kitob, T., 1964 y.
16. S.Eraliyev. Tog’lar farzandiman. She’rlar. Toshkent, 1978.
Do'stlaringiz bilan baham: |