Personalni boshqarish fanining predmeti - korxona va tashkilotlarning samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida xodimlarga kerakli ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar tizimidir.
Ushbu kursni o’rgatishdan maqsad talabalarga xodimlarni boshqarish ilmini amaliyotga qo’llay biladigan darajada ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishdan ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi xodimlarni boshqarish bo’yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yo’naltirilgan. Personalni boshqarish fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini; bu borada nazariy va amaliy masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |