Personalga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
Personalni rejalashtirish - personal bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab olish.
Personalni rivojlantirish - personalning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Bu - korxona har bir xodimi bilan olib borilayotgan ishni muttasil yaxshilab borish orqali uning o’z mehnat va ijodiy qobiliyatini oshirib borishiga erishish va bu qobiliyatidan korxona maqsadlariga erishish uchun iloji boricha to’la foydalanishni ta’minlash demakdir.
1.2-rasm. Personalni boshqarish maqsadlari
Do'stlaringiz bilan baham: |