MALAKAVIY AMALIYOTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Ushbu malakaviy amaliyot bakalavrlarni tayyorlashda o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u o‘quv jarayonining bevosita davomi hisoblanadi.
O‘tkaziladigan malakaviy amaliyotning maqsadi amaliyot ob‘ekti hisoblangan taʼlim muassasalarida talabalar tomonidan tanlangan sport turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, kurash, suzish, eshkak eshish, erkin kurashi, dzyudo, boks, badiiy gimnastika, futbol) sport sektsiyalari faoliyatini muntazam yo‘lga qo‘yish va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda jamoaviy holda mustaqil ishlashga o‘rgatish; sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazish hamda nazorat olib borish shuningdek, sportchilarni shaxsiy xususiyatlari jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi, funktsional holatlarini aniqlashda ilg‘or tajribalarni qo‘llashni hamda kelgusidagi bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun zaruriy materiallar to‘plash hisoblanadi.
Talabalar malakaviy amaliyoti obʼektida mavjud bo‘lgan uslubiy ko‘rsatmalar, namunaviy dasturlar, tayyorgarlik va musobaqalar, musobaqa oldi va umumiy sport (yakka va jamoaviy) mashg‘ulotlarni tashkil etish rejalari, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar bilan tanishadilar. Amaliyot ob‘ektida tayyorgarlik musobaqa oldi va musobaqalarni tashkil etish usullari va yo‘llarining (yakka va jamoaviy) mashg‘ulotlarini o‘ziga xos usullarini o‘rganadilar va tanlangan sport turi bo‘yicha egallagan bilimlarini amalda qo‘llab sport faoliyatida murabbiylikning kasbiy sir asrorlari va pedagogik faoliyati bo‘yicha bilim ko‘nikma va malakalarini oshiradilar. Malakaviy amaliyot hisoboti uchun zarur bo‘lgan ilmiy-tadqiqotlarning tajriba natijalarini to‘playdilar, qiyosiy tahlil etadilar va umumlashtiradilar. Tanlab olingan sport turlari boʼyicha hakamlik qilish malakalariga ega bo‘ladilar.
Malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Amaliyotga chiqayotgan talabalar o‘z faoliyatlarida murabbiylikni kasbiy sir asrorlari, pedagogik faoliyati boʼyicha amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
2.Sport faoliyatida murabbiylik va pedagogik faoliyatini olib borish bo‘yicha bilim ko‘lami va tizimini o‘rganish;
3. Amaliyot obʼektida yuritilayotgan meʼyoriy hujjatlar tizimi bilan tanishish;
4. Amaliyot obʼektida mavjud tartib qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlarni o‘rganish;
5. Amaliyot obʼektida talabalar tomonidan tanlangan sport turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, kurash, suzish,eshkak eshish, erkin kurashi, dzyudo, badiiy gimnastika, futbol) sogʼlomlashtirish va jismoniy tayyorgarligini oshirish toʼgaragini tashkil etish, sport mashgʼulotlarini o‘tkazish boʼyicha qaror qabul qilish va sportchini yakka hamda jamoaviy holatda mustaqil ishlashga o‘rgatish;
6. Talabalar tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarni amaliyot obʼekti jamoasi o‘rtasida keng namoyishini yo‘lga qo‘yish va ularni toʼlaqonli ishtirokini taʼminlash;
7. Tanlangan sport turlari bo‘yicha o‘quvchi yoshlarni maxsus testlar asosida tanlash va saralash mezonlarini bilish, texnikasini oʼrgatish uslubiyatni bilish, mashg‘ulotlarni tashkil etish va vosita usullarini qo‘llay bilishni sinovdan o‘tkazish;
8. Tanlangan sport turi boʼyicha tayyorgarlik, musobaqa va oʼtish davrlarida oylik va yillik tayyorgarlik mashgʼulotlarini rejalashtirish hamda mikro, mezo yuklamalarni taqsimlanishni amalda qoʼllashni bilishi;
9. Tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishni, musobaqa oldi tayyorgarligi va musobaqa faoliyatini boshqarishni, musobaqa Nizomi va dasturini ishlab chiqishni, musobaqalarda bosh hakam, hakam, hakam yordamchisi vazifasini bajarish bilimiga ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni;
10. Tanlangan sport turi bo‘yicha kasbiy va pedagogik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda tajribalarini oshirish;
11. Kelgusidagi bitiruv malakaviy ishini yozish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun kerakli materiallarni to‘plash hamda bitiruv oldi amaliyoti yuzasidan hisobot taqdimotlarini tayyorlash va himoya qilish vazifalarini bajarish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |