Bitiruvmalakaviyishiningpredmeti. Mamlakatimizda lizing operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib hisoblanadi.
Bitiruvmalakaviyishiningob’yekti. O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalari va tijorat banklarining lizing operatsiyalari ishning ob’yekti bo’lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi lizing operatsiyalarining aktivlarni shakllantirishdagi ahamiyatini nazariy-huquqiy tomondan tadqiq etish va lizing bozorini joriy holatini tahlil qilib, mamlakatimizda lizing munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari esa quyidagilardan iborat:
lizingning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati va rivojlanish bosqichlarini yoritish;
istiqbollariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati.O’zbekiston Respublikasida lizing operatsiyalarini takomillashtirish bo’yicha berilgan taklif va amaliy tavsiyalar mamlakatimizda lizing munosabatlarini rivojlantirishda amaliy yordam beradi. Qolaversa, ushbu bitiruv malakaviy ishidan o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi “Moliya”, “Investitsiyalarni moliyalashtirish”, “Lizing asoslari” kabi iqtisodiy fanlarni o’qitishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishida 8 ta rasm va 14 ta jadval keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida lizing operatsiyalarining nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari ko’rib chiqilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida O’zbekistonda lizing bozorining amaldagi holati tahlil qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida esa O’zbekiston Respublikasida lizing operatsiyalari samaradorligini oshirish yo’nalishlari ko’rib o’tilgan.
Xulosa qismida mavzu bo’yicha tegishli xulosalar shakllantirilgan va takliflar berilgan.