rasm7. Lizingning asosiy funktsiyalari
Lizing bitimlarni amalga oshirish jarayonidagi xuquqiy munosabatlar, shu jumladan investitsiyalash va tovar bilan kreditlash munosabatlari, oldi-sotti
7 Д.А.Ғозибеков ва бошқалар. Лизинг муносибати назарияси ва амалиёти. Тошкент.: Фан ва технология, 2004 й., 55 бет.
xuquqiy munosabatlari, ijaraga oid xuquqiy munosabatlar va mulkiy kafolat munosabatlari lizing bitimlarining asosiy qatnashchilari o’rtasida shakllanadi. Ular o’rtasida ushbu xuquqiy munosabatlar majmuasi qarz olish va investitsiyalash, tovar bilan kreditlash va ijaraga oid munosabatlar, lizing mulkini xarid qilish shartlari, lizing bitimlarini sug’urtalash va soliqqa tortish, lizing to’lovllarini to’lash munosabati bilan yuzaga keladi.
Lizing munosabatlari tizimida, avvalo, mulkni o’zgartirish, mulkni etkazib berish, ijaraga olishni moliyalash, kelishuv tartiblari va risklarini baholash, lizing to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha bitim tuzish va o’zaro manfaatli munosibatlarni ko’zda tutadi. Lizing munosabatlari faqat lizingga beriladigan mulk o’zi uchun katta talabga ega bo’lganda, mazkur mulkka doimiy ehtiyoj bo’lganda va shu munosabatlar yuzaga chiqishidan manfaatdor muayyan infratuzilmada bo’sh moliyaviy resurs, shuningdek, tegishli investitsiyaviy moliyaviy vosita mavjud bo’lgandagina shakllanishi mumkin.
Lizing munosabati tadbirkorlik shakllaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan investitsiyalarni ijara shaklida moliyalashdan foydalanuvchi va lizing mulkini tayyorlovchilar ta’biriga lizing munosabatlariga turlicha yondashishlarni aks ettiruvchi biznesning asosiy turi degan fikrga qo’shilish to’g’ri bo’ladi.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bozorga o’tish davrila lizing ijtimoiy ishlab chiqarishni texnikaviy jihatdan yangilashning va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirishning qudratli vositasi sifatida namoyon bo’lgan. Tadbirkorlik tuzilmalarda moliyaviy resurslar cheklangan sharoitlarda lizing ham mikro darajada, ham butun milliy iqtisod miqyosida asosiy kapitalga moliyaviy investitsiyaning usullarining o’rnini bosishi mumkin.
Quyidagilar lizing munosabatlarning paydo bo’lish shakllari hisoblanadi:
qarzga olish (kredit olish), investitsiyalash;
xususiy mulk munosabati (lizing oluvchi topshirig’iga ko’ra mulkni sotib olish va ijaraga berish);
mulkiy munosabat (egalik qilish, foydalanish, mulkiy xuquqqa ko’ra tasarruf etish xuquqining alohidaligi);
xuquqiy munosabat (lizing ishtirokchilarining o’zaro mas’ullik munosabatlari);
taqsimlash munosabatlari (lizing oqibati sifatida);
lizing mohiyatidan kelib chiqadigan ijara munosabatlari (egalik, foydalanish, tasarruf etish munosabatlari va lizing beruvchi oldidagi ma’suliyat).
Do'stlaringiz bilan baham: |