19
belgilanadi.
4-rasm. Soliqqa tortish elementlari.
13
Soliq solish ob’yekti soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov
hisoblab chiqarilishi va to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi
mol-mulk, harakat, harakat natijasidir.
Soliq solinadigan baza soliq solish ob’yektining soliq yoki boshqa majburiy
to’lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko’rsatkichlardan qiymat, miqdor, fizik
va boshqa tavsiflarni ifodalaydi.
Stavka soliq solinadigan bazaning o’lchov
birligiga nisbatan
hisoblanadigan foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorni ifodalaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari O’zbekiston
Respublikasining qarori bilan belgilanadi.
Soliq va boshqa majburiy to’lovni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri
uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek, imtiyozlar mavjud
bo’lsa,
shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to’lov
summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
13
X.Oybеkova. Moliyaviy inistitutlarni soliqqa tortish: O’quv qo’llanma -T.TDIU, 2010 y. – 34 b.
20
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi
tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Soliq va boshqa majburiy
to’lovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organi yoki soliq
agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi soliqlarni va
boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarishda ularning to’lanishi lozim
bo’lgan eng kam miqdori belgilanadi.
Soliq davri u tugagandan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan
hamda soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi
hisoblab chiqariladigan
davrdir.
Soliq davri bir necha hisobot davriga bo’linishi mumkin bo’lib, ularning
yakunlari bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etish hamda soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlarning to’lanishi lozim bo’lgan summalarini to’lash majburiyati
yuzaga keladi. Joriy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyat yuzaga kelgan davr
hisobot davri bo’lmaydi.
14
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida, qonunlarda va O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq
to’lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga
beriladigan
afzalliklar, shu jumladan, soliq va boshqa majburiy to’lov to’lamaslik yoki
ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
bo’yicha imtiyozlar deb e’tirof e’tiladi.
Mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlarni berish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda
mahalliy davlat hokimyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Soliq to’lovchi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular
amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
14
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. – T.: “Adolat”, 2014 y, 25-29 m.
21
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar bo’shagan mablag’larni muayyan maqsadlarda
yo’naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag’lardan belgilanmagan
maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan
maqsadda foydalanilgan
summa o’rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirib olinadi.
15
Soliq hisoboti soliq to’lovchining soliq va boshqa majburiy to’lovning har
bir turi bo’yicha yoki to’langan daromadlar bo’yicha hisob-kitoblar hamda soliq
deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir
ilovalarni o’z ichiga oladigan hujjat bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Davlat
Soliq Qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan shaklda tuziladi.
Soliq hisoboti soliq to’lovchi yuridik shaxs tomonidan muhri bilan
tasdiqlangan bo’lishi kerak. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti
soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
16
Soliq moliyaning bir bo’limi sifatida kеlajakda rivojlanish va yirik soha
sifatida shakllanish tomon kеtmoqda. Soliqlar qadimiy moliyaviy vositalardan
bo`lib, davlat bilan birga vujudga kеlgan va davlat
idoralari faoliyatini
ta'minlash, davlat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan
moliyaviy rеsurslar manbai bo`lib xizmat qilib kеlgan.
Soliq va soliqqa tortish masalalari O`zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiy
hamda ijtimoiy hayotidagi eng dolzarb muammolardan bo`lib, rеspublika
iqtisodiyotidagi
yangi
hodisalar,
bozor
iqtisodiyotiga
o’tish tomon
yo’naltirilganligi xalq xo’jaligini boshqarishning moliyaviy usullaridan, shu
jumladan soliqlardan faollik va omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi.
15
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. – Toshkent, 2014. 30-modda.
16
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. – Toshkent, 2014. 43-modda.