Budjetlashtirish – subyekt va uning bo’linmalarining faoliya-tini boshqarish usuli.
Vertikal tahlil – har bir ko’rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga chiqishning umumiy hajmidagi ularning o’zgarishini o’rganish.
Gorizontal tahlil – o’tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta xarajatlarining o’rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy va buxgalteriya modulini tuzish uchun asos bo’ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lishi.
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlaridan tashkil topgan.
Degressiv xarajatlar –o’zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni xarajatlarning o’sish darajasi subyektning ishbilarmonlik faolligining o’sishidan ortda qoladi.