Taqrizchilar:
Z.Bobomurodov - Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti: S.Sanayev - SamVMI Agrotexnologiyalar kafedrasi mudiri,professor
Tuzuvchilar:
Isoqova -Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti: E.I.Xamdamova - Tabiiy ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti:
Mundarija
|
Kirish.......................................................................................................
|
4
|
I.
|
Umumiy qoidalar..................................................................................
|
5
|
1.1.
|
Malakaviy amaliyot maqsadi va vazifalari.......................................
|
5
|
1.2
|
Malakaviy amaliyotni o‘tash muddati..................................................
|
6
|
II.
|
Malakaviy amaliyotning mazmuni............................................................
|
7
|
III.
|
Malakaviy amaliyot hisobotini rasmiylashtirish.............................
|
17
|
IV.
|
Tahliliy jadvallar.............................................................................
|
17
|
V.
|
Malakaviy amaliyotni tashkil etish va rahbarlik qilish..................
|
18
|
VI.
|
Malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobotni tayyorlash va himoya
qilish tartibi ........................................................................................
|
20
|
VII.
|
Malakaviy amaliyotni tashkil etishni moddiy
ta’minoti....................................................................................................
|
20
|
|
Ilovalar................................................................................................
|
21
|
KIRISh
Mamlakatimiz aholisining moddiy ehtiyojlarini to’la darajada qondirish, qishlok xo’jalik mahsulotlarini keskin ko’paytirish, jumladan aholining meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan birga uzum mahsulotini ham uzluksiz yil davomida ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalani hal qilish esa birinchi navbatda bo’lajak oliy malakali agronom mutaxassislar tayyorlash va ularning bilim darajasiga alohida talablar qo’yadi.
Zamonaviy qishloq xo’jalik mutaxasislar har bir ishda yangilikni ko’ruvchi, istiqbolni belgilaydigan, agronomiya bilimlarini chuqur, mukammal o’zlashtirgan, ilmiy asoslar va amaliy tajribalarga bevosita tayangan bo’lishi zarur. Shuningdek, har bir mutaxassis u yoki bu ekinni o’stirishdagi jarayonlarni tashkiliy va iqtisodiy jihatdan to’g’ri va zudlik bilan baholay oladigan bo’lishi shart.
Agronomlar botanika, o’simliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik va dehqonchilik, qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi, o’simlikshunoslikning barcha fanlarini va iqtisodiy fanlarni chuqur egallashi bilan birgalikda meva-sabzavot, poliz ekinlarini hamda uzum yetishtirish texnologiyasi, ekin maydonlarning strukturasi, soha ishlab chiqarishini tashkil etish va boshqalarni yaxshi bilishlari kerak.
Tabiyki, muayyan bilimlar majmui darhol yuzaga kelmaydi va ayniqsa, nazariy bilim amaliyot bilan chambarchas bog’langandagina ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Malakaviy amaliyot 2- bosqichda talabalarning olgan nazariy bilimlarini muayyan darajada mustahkamlash uchun maqsad va rejaga qarab olib boriladi.
Bunda talabalar o’quv xonalarida olgan bilimlarini dala sharoitida mustahkamlab boradi va amaliyotga Uzumchilik fanidan o’tadigan kafedra professor-o’qituvchilari rahbarlik qiladilar.
Bunda talabalar birorta uzumchilik bo’yicha ilg’or fermer xo’jaligi misolida ishlab chiqarish, undagi ekinlarni o’stirish texnologiyasi, xo’jalik tarmoqlari, yo’nalishi, tashkiliy-iqtisodiy tomonlari, boshqarish tizimi bilan tanishadilar va soha bo’yicha olgan bilimlarini ishlab chiqish sharoitida qo’llashga ham imkoniyat beradi.
Talabalarning malakaviy amaliyotlarini o’tashi mutloq talab etilib, Davlat ta’lim standartida ko’zda tutilgan, talabalar amaliyot oxirida tegishli xulosalar asosida yozma ravishda hisobot yozadilar va institut rektorati tomonidan tayinlangan rahbarga topshiriladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, talabalar amaliyotiga puxta tayyorgarlik ko’rish, uni tashkil etish va o’tkazish avvalo kafedra zimmasiga yuklatiladi va uni bevosita dekanat (dekan mas’ulligida) nazorat qilib boradi. Ayni paytda ushbu tadbirning muvoffaqiyatli o’tishi ko’p jihatdan amaliyot dasturi va ish rejasini tuzish, ular bilan har bir talabani ta’min etish muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |