Aholiga “Elektron hukumat” doirasida ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turini kengaytirish va “Elektron hukumat”ni yanada takomillashtirish. Raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga ta’sir etuvchi mezonlar nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi balki, ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari ham raqamli iqtisodiyot taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Ishning dolzarbligi shundan iboratki, aholiga tez, sifatli xizmat ko’rsatishni elektron amalga oshirish, qog’ozbozlikni kamaytirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilish, aholining huquqiy ongini oshirish, davlatga nisbatan ishonchni orttirish, eng asosiysi fuqarolar vaqtini va mablag’ini tejash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |