Sokrat(Eramizdan avvalgi 469–399 yillar), haqli ravishda qadimgi axloqning otasi hisoblangan, axloqni jamiyatda asosiy rolni belgilab, uni har bir inson uchun munosib hayotning asosi deb bilgan. Sokratning axloqiy pozitsiyasini tiklashdagi qiyinchiliklar uning falsafiy mulohazalari yozma merosining yo'qligi bilan bog'liq, garchi mutafakkirning shogirdlari aytgan so'zlari bor. (Ksenofon va Platon), shuningdek, uning hayoti va o'limining o'ziga xos xususiyatlari haqida zamondoshlarining guvohliklari. Bularning barchasi bizga uning axloqiy ta'limotining asosiy qoidalarini hukm qilishimizga imkon beradi. Sokrat ijobiy dastur yo'qligi sababli sofistlarning ta'limotini qabul qilmadi. Ulardan farqli o'laroq, faylasuf barqaror va umumiy tushunchalar tizimini shakllantirishga harakat qilgan. Sokratning bu dastlabki g'oyasi tasodifiy va funktsional emas.
Pifagor o'zining falsafiy maktabiga asos solgan. U koinotning son tuzilishi haqidagi savolni ko'targan. Pifagor dunyoning asosini raqam deb o'rgatgan: "Son narsalarga egalik qiladi". Pifagorliklar alohida rolni bir, ikki, uch va to'rtga ajratdilar. Bu raqamlarning yig'indisi faylasuflar ideal deb hisoblagan "o'n" raqamini beradi.
Pifagor (taxminan miloddan avvalgi 580, Samos — 500, Metapont) — yunon matematigi, faylasuf, quldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530-yildan Janubiy Italiyadagi Krotone shahrida, keyinroq Metapont shahrida yashagan. Krotoneda falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar ittifoqi) tuzadi. Pifagor falsafasida son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.
Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi yunon faylasufi Pifagor (Miloddan avvalgi 576-496 yillar) Mnesarx ismli kishining farzandi bo‘lgan. Otasi uni xizmat safariga doimo o‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan va yangi narsalarni bilishga intiluvchan bo‘lib o‘sadi. U faylasuflar Anaksimandr va Ferekidning shogirdi bo‘lgan. Uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga juda qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirishmasdi. Rivoyatlarga ko‘ra, u hech qachon yig‘lamagan va umuman ehtiros hamda his-hayajonga berilmagan. Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: «Tabiat haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy kalom». Pifagor miloddan avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Pifagor hayotning mazmuniga oid qarashlarga «falsafa», deb nom bergan birinchi donishmand edi.
Oʻzbek milliy E.si boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek E.si uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy E.da mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek E.sida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning "Mahbub ulqulub" asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht "Zarbulmasal" asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning "Qarolar falsafasi", Avloniyshtg "Turkiy Guliston yoxud axloq", Fitratnit "Najot yoʻli", "Oila" asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri E.si soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng , kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, E. fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, E. tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida E. fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) E. tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.
ETIKA
Etika va dinshunoslik. Etikaning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo - axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan
Etika va huquqshunoslik.Etikaning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda ko‘p hollarda axloq me’yorlari bilan huquq me’yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo‘ladi.
Etika va pedagogika.Etika pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasihatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Etika va ruhshunoslik.Qadimdayoq etikaning ruhshunoslik bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-harakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini o‘rganadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI - KARIMOV I . INSON. UNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI. “XALQ SO’ZI” 2005,10-DEKABR
- FALSAFA ASOSLARI . NAZAROV Q. TAHRIRI OSTIDA SHARQ 2005
- SHERMUHAMMEDOVA N . FALSAFA VA FAN METADALOGIYASI.
FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLAR.
- WWW.ZIYO.NET
- WWW. FAYLASUF.UZ
- WWW. Ziyo.net.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |