Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar
taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy
faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Metod (lotincha-metodas-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.Pedagogika fani o'z mazmun-mohiyatini boyitishda yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o'rganiladi.
Usul va metod tushunchalari o'zaro bog'liqdir, chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo'ladi. Pedagogika fani o'z mazmunmohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullar bilan o'rganadi.
Umuman, pedagogika amaliyotida o'qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi to'plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o'qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarliki darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o'qitishning real jarayonlariga xos bo'lgan ichki yo'llari, uslublari va vositalari majmui tushuniladi. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to'g'ri tanlasa, ta'lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi.
Mavjud metodlar (usullar) asosan quyidagilardir:
1. Adabiyotlarni o'rganish metodi;
2. Kuzatish metodi;
3. Suhbat metodi;
4. Bolalarni ijodini o'rganish metodi;
5. MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi;
6. Eksperiment, tajriba-sinov metodi;
7. Test sinovlar metodi metodi;
8. Statistika ma'lumotlarni tahlil qilish metodi;
9. Matematika va kibernetik metodi;
10. Sotsiologik tadqiqot metodi,
Do'stlaringiz bilan baham: |