Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi termiz davlat universitetining


Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari



Download 1,52 Mb.
bet6/14
Sana06.07.2022
Hajmi1,52 Mb.
#745033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MAHMUDOVA O’G’ILSHODNING

1.2. Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari
O'qitish metodi o'qituvchi va bolalar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta'limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan ilmiy vazifalarni bajarishga qaratilgan yo'Idir, degan edi professor R.A.Mavlonova. U o'qish metodlariga quyidagi muayyan talablarni qo'yadi:
1. O'quv materialini o'rganishning o'qituvchi tavsiya etgan yo'li fikrlashning dialektik-materialistik usuli mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtayi nazaridan metod tarbiyaviy tusda bo'lishi lozim.
2. O'qish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo'lishi zarur. Shundagina o'qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo'yilishi va hal qilinishi mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo'lmasligini ko'ra oladi.
3. O'qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O'qitish metodining tushunarliligi: o'qitishning yo'li o'quvchi uchun qabul qilinishi va qo'llanishi, o'quv materialini o'rganishning usuli esa bilimlarni o'zlashtirishning imkoniyatlariga muvofiq bo'lishi lozim.
5. O'qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligiga e'tibor.
7. O'qitish metodikasida nazariy va amaliy hodisalarning muvofiqligi.
Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tutiladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga erishish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dunyoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga erishadiiar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul hisoblangan.
Yan Amos Komenskiyning "Buyuk didaktika", K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
Pedagogika fanining tarixiy taraqqiyotini o'rgatuvchi va milliy istiqlol mafkurasini shakllantiruvchi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar bor. Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Yuqorida keltirganimizdek, metod lotincha "metodos"- yo'l so'zidan olingan bo'lib, ilmiy tadqiqot esa shu metodlar orqali nazariy, mafkuraviy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini ularning qonuniyatlarini bilishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlari olimlar tomonidan turlicha asoslab berilgan:
Akademik S.Rajabov tahriri ostidagi pedagogikada kuzatish, suhbat, maktab hujjatlarini tahlil qilish, eksperimentlar metodi, statistika ma’umotlarini tahlil va sintez qilish, anketalar, hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari asoslab berilgan. I.F.Xarlamovning "Pedagogika” o'quv qo'llanmasidapedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab hujjatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matematik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'Ilanmasida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish, eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan.
A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika" o'quv qo'llanmasida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, testso'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik darsliklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pedagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tad-qiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilishdan boshlanadi.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish