OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI DASTURIY INJINERINGI YO’NALISHI 210 –guruh talabasi Achilov Javohirning “Axborot tizimlari” fanidan “Global iqtisodiyotda axborot tizimlari” mavzusida bajargan
MUSTAQIL ISHI Tekshirdi:Safarov R. Bajardi:Achilov.J SAMARQAND – 2022 Reja: I KIRISH 1.1 Axborot tushunchasi II ASOSIY QISM 2.1 Global iqtisodiyot va jamiyatdagi axborot tizimlari 2.2 Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar” fanini ta’rifi, mohiyati va o‘qitish maqsadi va vazifalari III XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish O‘zbekistonda AKT uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarishni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, rivojlanishini yanada tezlashtirish, hamda barcha sohalar faoliyatiga tatbiq etib samaradorligini oshirish maqsadida 2018-yil 19- fevraldagi №PF-5349-sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatga binoan iqtisodiyotda biznesni rivojlantirish va zamonaviy ish o‘rinlarini yaratishda axborot texnologiyalarini asos qilish ta’kidlab o‘tilgan. Firmaning boshqaruvidagi axborot texnologiyalari – bu apparatli va dasturiy vositalar yordamida biznesda optimal natijalarga erishish maqsadida har xil shakllardagi boshlang‘ich ma’lumotlarning qayta ishlash orqali ishonchli axborotga ega bo‘lish va ular asosida qaror qabul qilish majmuasidir. Internet tizimining jadal rivojlanishi natijasida iqtisodiyotning barcha sohalaridagi kompaniyalar o‘z xizmatlarini vebda taqdim qilish hajmi kundan-kun oshib bormoqda, bunda mehmonxonalar, aviakompaniyalar, turoperatorlar bu borada juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lishmoqdalar. Bundan tashqari ushbu kompaniyalarda hujjat yuritish tizimi ham tubdan o‘zgarmoqda. Mobil texnologiyalarining rivojlanishi esa ushbu sohada geoaxborot tizimlarini kirib kelishini jadallashtirib yubordi.
Taqdim etilayotgan o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot va jamiyat uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari va axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.
Bunda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqilgan:
- axborot madaniyati;
- masofaviy ta’lim;
- multimedia texnologiyalari;
- interaktiv xizmatlar;
- bulutli texnologiyalar va boshqalar.