Tuzuvchi:
2 – Respublika
tibbiyot kolleji
o‘qituvchi si U.M.Shadmanova
Taqrizchilar :
Toshkent farmasevtika instituti
“ Tibbiy va biologik modullar “kafedrasi mudiri –X.F.
Nuralieva
2 – Respublika tibbiyot kolleji
o‘qituvchi si L.A.Abdullaeva
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Patologiya
Ajratilgan soat
72
Mavzular soni
14
Dasturning maqsadi
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, masalalarni xal etish va
savollarga davrning o’ziga xos modul-texnika yutuqlari asosida
javob berish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan patologiya moduli
muxim modullar qatoriga kiradi.Modulning maqsadi ayrim yoki
maxsus modullar( anatomiya,kimyo)
hamda klinik tibbiyotning
turli soxalariga oid adabiyot manbalarini topish, son-sanoqsiz
kasalliklarga xos malumotlarni patologiya nuqtai nazaridan bilish,
ularni taxlil eta olishdir.
O‘zlashtirish natijalari
- Rivojlanayotgan organizm patologik xususiyatlarini o‘rganish
tug’risida bilimga ega bo‘ladilar;
-har xil yoshlarda kasalliklar paydo bo‘lishi, rivojlanishi,
marfologik o‘zgarishlar va oqibatlariga sabab, sharoit va
rivojlanayotgan organizm reaktiv
xususiyatlarning rolini va
axamiyatini bilib oladilar
-har xil yoshli bolalar organizmida kasalliklar rivojlanganida
tipik patalogik jarayonlar va reaksiyalarning sabablarini,
mexanizmlari va ularning alomatlarini bilib oladilar;
-periferik kon aylanishi buzilishi patologiyasi:arteriya va venoz
giperemiyalar, ishemiya, tromboz, emboliyalarni tajribalarda
keltirib chiqarishni bilib oladilar;
-yallig’lanish reaksiyalarini:
alteratsiya, ekssudatsiya, leykotsitlar
emigratsiyasini tajribalarda keltirib chiqarishni bilib oladilar;
-qon tizimi patologiyasi :anemiyalar, leykotsitoz, leykopeniyalar
va leykozlarda kuzatiladigan qon manzarasida bo’ladigan
o‘zgarishlar ni qon surtmalarida o’rganib oladilar;
Bilimlar
-Patologiya moduliga kirish,
asosiy tushunchalari, bo’limlari.
Nozologiya. Umumiy etiologiya va patogenez To‘g‘ri sida
bilimlarga ega bulish;
-Xujayra shikastlanishi patologiyasi,distrofiyalar,turlari va
xarakteristikasi haqida bilimga ega bulish ;
-Patologiya rivojlanishida irsiyat, konstitutsiya va yoshning
axamiyati To‘g‘ri sida bilimlarga ega bulish;
-Periferik kon aylanishi buzilishi patologiyasi,arteriya va venoz
giperemiyalar, ishemiya, tromboz,emboliya haqida bilimga ega
bulish;
-Yalliglanish, alteratsiya, ekssudatsiya,
leykotsitlar emigratsiyasi,
proliferatsiya, hamda yallig’lanishning bolalarga xos xususiyatlari
To‘g‘ri sida bilimlarga ega bo‘lish;
-Isitma patofiziologiyasi, uning bolalarga xos xususiyatlari haqida
bilimga ega bo‘lish;
-Qon tizimi patologiyasi leykotsitoz,leykopeniya, leykozlar
To‘g‘ri sida bilimlarga ega bo‘lish;
-Nafas tizimi patologiyasi. Tashqi nafas yetishmovchiligi ularning
rivojlanish mexanizmlari haqida bilimga ega bo‘lish;
-Yurak qon tomir tizimi patologiyalari haqida bilimga ega bo‘lish;
-Jigar kasalliklari. Gepatitlar, sirrozlar,
sariqliklar haqida bilimga
ega bulish;
-Siydik hosil bo‘lishi va ajralishlarining buzilishlari.
- Buyrak kasalliklari haqida bilimga ega bo‘lish;
-Endokrin tizimi patologiyasi: gipo va gipertireoz, qandli diabet
haqida bilimga ega bo‘lish;
Ko‘nikma lar
-Qonni va ekssudatlarni surtmasini tayyorlashni;
-Leykotsitlar formulasini sanay olish va ularni taxlil kila bilishni;
-Gemogrammani o’qiy olish va shunga asoslanib qon patologiyasi
xakida xulosa kila olishni;
-Elektrokardiogrammani izohlay olishni;
-Qon, siydikni tekshirib kislota-ishkor
holatining buzilish tipini
aniqlay olishni;
-Qon, siydik va najasni tekshirib natijalarini izohlay olishni;
-Qonning gazlarini tekshirib gipoksiyaning asosiy tiplarini aniqlay
olishni;
-Isitma egri chiziqlarini hosil qilishni bilish va shular asosida
isitma reaksiyasini aniqlashni;
-Teri allergik sinamalarini quyishni bilish va uning natijalarini
izohlab berishni;
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro
bog‘liq bo’lgan
modul nomi
Fiziologiya anatomiya asoslari bilan.
Tibbiy biologiya. Umumiy genetika.
Do'stlaringiz bilan baham: