Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet89/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

YOdingizda bo‘lsin!


Ichimliklarni muzlatib ichish buyrak kasalliklariga olib keladi. Natijada ichilgan suvning siydik yo‘li orqali chiqmay, badanda yig‘ilishi, ko‘z osti terisi, oyoqlar va keyinroq butun badanning shishishi kuzatiladi.
* * *
Organizm talabidan ortiqcha suyuqlik ichish oqibatida badanda ortiqcha suvning to‘planishi ham kasallikka olib keladi.
* * *
Terlab kelib, muzdek suvda yuzini yuvish asab tomirlarining shamollashi va yuz terisining bir tomonga tortilib ketishiga sabab bo‘ladi. YAna terlab turib yoki hammomdan chiqib muzday suv ichsangiz uzoq vaqt yo‘tal bilan kurashishingizga to‘g‘ri keladi.
* * *
YUvilgan yuzni artmasdan, “shabadada qurib qoladi” deyish Sizga faqat muammolar keltiradi. YUqorida aytilganidek, yuz asab tomirlarining shamollashi va qiyshayishiga olib boradi.
* * *
Beton va marmar zinalarda o‘tirish, beton ustidan linolium to‘shalgan joylarda yalangoyoq yurish sog‘lik uchun zararli bo‘lib, bepushtlikka sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
* * *
Tarkibi sizga tushunarsiz, o‘rtoqlaringiz “husnbuzarlarni yo‘qotadi”, deb maqtagan har qanday dorini mutaxassis maslahatisiz yuzingizga surtmang. Uning terisiga yaxshi ta’sir qilgan vosita sizga aks ta’sir qilishi mumkin.
* * *
Turli bo‘yoqlar, upa-eliklar surishdan imkon darajasida tiyilganingiz ma’qul. YUzingiz tajriba maydonchasi emasligini unutmang. Balog‘at yoshidagi tabiiy go‘zallikka nima etsin.
* * *
Ich kiyimlarga alohida e’tibor bering. Avvalo paxta tolasidan tikilgan bo‘lishi (terining erkin nafas olishiga imkon yaratadi) maqsadga muvofiq. Mutaxassislarning fikricha, 3 kunda ich kiyim kirlanadi, 6 kundan so‘ng esa kiri ko‘payib, yog‘i yig‘iladi. Kirlangan kiyimlarda turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar 20-30 kunlab hayot kechiradi. SHuning uchun ustki va ichki kiyimlarining tozaligiga ahamiyat berish, tez-tez almashtirib turish kerak.
* * *
Ba’zan jamoat joylarida hech kim bilmaydi-ku deb, el chiqaradigan ahmoqlardan ko‘pchilik aziyat chekadi. Juda badbo‘y hid ichakda harakatning sustligi, uzoq vaqt tozalanmaganini bildiradi. Masalan, oshxonangizda joylashtirilgan rakovinalar va ular ulangan trubalar tez-tez tozalab turilmasa, oshxonadan badbo‘y hid keladi va trubalardan suv ketmay qoladi. Inson ichaklarini ham vaqti-vaqti bilan tozalab turish kerak.
* * *
Ba’zilar ertalab dush qabul qilib, yupun kiyimda ko‘chaga chiqib ketadilar. YOki sovuq cuvda cho‘miladilar. Oqin suvlarda cho‘milish qoidalarini bilmaydilar. Natijada shamollashga shart-sharoit yaratadilar.
* * *
Og‘ir yuklarni jismoniy imkoniyatga qaramay ko‘tarish, yoki keskin jismoniy harakatlarni bajarish umurtqaning zarar ko‘rishiga olib keladi.
* * *
Badan tarbiyasida jismoniy xatti-harakatlar bilan shug‘ullanish, ochiq havoda sayr qilish, uyquning me’yorini bilish yordam beradi. “Erta yotib, erta turish, kishini sog‘lom, boy va dono qiladi.”44 Bu falsafiy mushohadani o‘qiy turib, SHarq allomalaridan biriga tegishli bo‘lsa kerak degan o‘yda ostida B.Franklin yozuvini ko‘rib hayratlandim. Demak, bu amaliyotda sinalgan dunyo faylasuflarining xulosasi ekan. Rizouddin Ibn Faxruddinning “Nasiyhat” kitobida kechki soat to‘qqiz uzog‘i o‘nga qolmay uxlash, ertalab besh-oltidan kech qolmay uyg‘onish kerakligi, lozim bo‘lgan uyquni uxlamaslik hazmning zaifligiga va aqlning xastaligiga olib kelishi ta’kidlangan. YAna uxlashdan avval tor kiyimlarni echish, uyqudan oldin xonani shamollatish kabi qoidalar qatorida chalqancha yoki yuztuban yotmaslik uqtirilgan. Aks holda yomon tushlar ko‘rish, bosinqirash mumkin. YOn bosh bilan yotish hadislarda ham keltirilgan.
Tunni kompyuter oldida o‘ynab, uyqusiz o‘tkazish ham yuzda o‘z aksini ko‘rsatadi.
Demak, insonning chiroyli ko‘rinishi faqat kiyinishi va o‘zini tutishiga bog‘liq emas ekan. To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatlar bilan shug‘ullanish, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, sog‘ligiga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom va baquvvat bo‘lish garovidir.




44 V. Alimasov. Falsafa yoxud fikrlash san’ati. —T.: “Noshir”, 2008.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish