Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet82/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

126-modda. Ko‘p xotinli bo‘lish


Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash —
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(126-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 32-son, 425- modda)

MAVZU: VAFO VA SADOQATNING KUYCHISI


Ayol baxti!
Menday ayol baxtiga Taqdir malikani ko‘rganmi loyiq? Xalq mehrida, yorman el shuhratiga, Baxtli ayol desa haqli xaloyiq!
Zulfiya SHunday insonlar bo‘ladiki, borlig‘ini odamlar baxti uchun baxsh etadilar. Ular o‘z millati va mamlakatining ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rolь o‘ynaydilar. O‘z yurtining shonu shavkatini, qadimiy, xalqona ohanglarini, sharqona go‘zal ma’naviyatini jahonga tanitadilar. O‘zining g‘am- anduhlari qobig‘iga o‘ralib olmay, el-yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan
yashashadi.
Xalq taqdirin bir jilg‘asiday, Har insondan tilayman bahra. Suv unutgan qum zarrasiday, Umrim sochib, o‘kinmay qatra –
SHoira Zulfiya ana shundaylardan biri edi. Umr yo‘ldoshi, hayotidagi suyanchig‘ini bevaqt yo‘qotgan Zulfiya ayriliq va hijron azoblariga bardosh berdi, g‘am-anduh va hasratlarini matonat bilan engdi, o‘z ijodi, she’riyati orqali eng ezgu tuyg‘ularni odamlarga ulashdi.
Muhtaram YUrtboshimiz Islom Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida g‘am-anduh va hasratlarni matonat bilan engib, tog‘dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibligini ta’kidlaydilar. “Nafaqat o‘z she’rlari, balki butun hayoti bilan o‘zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo‘shgan bo‘lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she’rlari SHarq ayolining aqlu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she’riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin bu murakkab hayot, qalbi o‘z xalqi va Vataniga mehr-muhabbat bilan to‘lib-toshgan, dunyodan ezgulik va go‘zallik izlab yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo‘q. Aslida, bu dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo g‘am- anduh va hasratlarni matonat bilan engib, tog‘dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir”.
SHunday insonning ruhi va nomini bir umr e’zozlamay bo‘larmidi?! Mana, qorli-qirovli qish shiddati chekinib, bahor eshik qoqmoqda. SHoira Zulfiyaxonim tug‘ilgan nurli kun – navbahor ostonasida turibmiz. Zulfiyaxonimning sadoqatga to‘la dardchil ovozi mustaqil yurtimiz bog‘laridan taralib, yaxshilikka, odamiylikka to‘la so‘nmas muhabbat bo‘stoniga chorlaydi.
Zulfiya tinchlik va do‘stlikni kuylovchi, Osiyo va Afrika yozuvchilari xarakatining faol ishtirokchisi, o‘z asarlari bilan mehnatkash xalqning hayotini yoritib beruvchi, o‘zbek ayolining eng yuksak namunasi bo‘ldi. Zulfiyaxonim har qanday maqtovu tahsinlardan yuksakdir. Osmondagi oyday charaqlab, o‘zbek qizining tinchliksevar ovozini qit’alararo olamga tanitdi. Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida ma’naviyat soatlarini o‘tishda o‘quvchilarga, avvalo, shoiraning hayot yo‘lini ibrat qilib ko‘rsatish joiz. Turmush o‘rtog‘ining vafoti tufayli, yosh beva qolgan bo‘lsa-da, qayta turmush qilmadi. YOriga vafo va sadoqatini uning vafotidan so‘ng ham izhor qildi. Farzandlarini o‘zi tarbiyalab, voyaga etkazdi. Boshiga tashvish tushdi degani, o‘z qobig‘iga o‘ralib olib, yaqinlarini ham azoblash emas, balki yaqinlarining, do‘st-dugonalarining muhabbatiga tayanib, yana olg‘a intilish, ezgu maqsadlar yo‘lida ortga chekinmaslik, baxt uchun kurashib yashash, o‘zidan nom qoldirishga intilish kerakligiga Zulfiyaning hayotini misol qilish mumkin. O‘quvchilarga hayotda murakkab vaziyatlarda ham o‘zini qo‘lga ola bilish, boshiga qanday kun tushishidan qat’iy nazar, yaqinlariga xiyonat qilmaslik, ahdiga vafo qilish, turmush o‘rtog‘iga har doim tirgak bo‘lish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash oila mustahkamligining garovi ekanligini shoira she’rlari misolida tushuntirish lozim.
“Vaqting ketdi – baxting ketdi”,-deydi dono xalqimiz. Vaqt va uning qadri haqida yozganlar, gapirganlar juda ko‘p, ammo bu bebaho ne’matning qimmatini anglab yashash hammaga ham nasib etavermaydi. Vaqtni behuda o‘tkazish qanday baxtsizliklarga sabab bo‘lishini ham shoira she’rlari misolida ko‘rish mumkin.30
Kunduzga oqshomlar qo‘yganida chek, Bekor o‘tgan har dam tosh bo‘lib ezar.
“Bekor o‘tgan damlar”
SHoira she’rlarida Vatanga sadoqat va yashashga muhabbat o‘ti bor.
Yo‘q, - dedi u, - o‘lgim kelmaydi, Ko‘zlarimni yumgim kelmaydi. Bu bo‘stonni saqlamoq kerak, SHu bo‘stonda yashamoq kerak.


30 Zulfiya. “Xayollar, tuyg‘ular”. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti.- T.: 1982. 137-
bet
Mehnatga muhabbat, mehnati mahsulidan zavq olish, o‘qib-o‘rganishdan charchamaslikni ham shoiradan o‘rganish mumkin.
Havo kesib charchagan qushday, Qo‘nib, ko‘chib, kezgum Vatanim. Va mehnatdan naq ipak qurtday To‘xtamasman, tinmasa qalbim...
Zulfiya vafo hamda muhabbatni tarannum etuvchi etuk shoiradir. 1999 yili maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste’dodini namoyon qilib ta’lim olayotgan, istiqlol g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. O‘zbek qizlarining qaysi kasbni egallashidan qat’iy nazar o‘z tanlagan kasbining etuk, fidoyi egasi bo‘lib, mustaqil yurtimizga jon dili bilan xizmat qilishlari, Vatanimizni bundan-da gullab-yashnashi, rivojlanishiga hissa qo‘shishlari, Zulfiyaxonimday tinchlik va do‘stlik, vafo va sadoqat timsoli bo‘lib qolishlari nazarda tutilgan.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish