Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet98/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Arazchi


Arzimagan narsalarga arazlayverish aqlli odamning ishi emas. Oilalarning buzilib ketishiga fe’lida arazchilik shakllangan u yoki bu tomon sababchi bo‘ladi. Natijada etim qolgan bolalar sarson bo‘ladi. Arazchi bilan muloqot qilishdan imkon darajasida qochish kerak. CHunki har bir so‘zingizni, xatti-harakatingizni nazorat qilib turish qiyin. Arazchiga boshqalar haqidagi gap ham “tegib” ketishi mumkin. U atrofdagilarining hayotini ham zaharlaydi. Ba’zan qaysi gapingiz “botib” ketganini bilmay hayron qolasiz. Baxtli yashashni xohlagan odam kechirimli bo‘lishni o‘rganishi kerak.

Noshukur


Hayotdan tinimsiz noliyveradi. To‘g‘ri, ba’zan kishilar “to‘lib” ketganda kimningdir elkasiga boshini qo‘yib, yig‘lab olib engil tortadilar. Agar boshiga musibat tushganda yaqin kishisi bilan “hasratlashish”sa, yig‘lab engil tortsa, me’yoriy hol hisoblanadi. Ammo arzimagan voqealardan fojea yasab, ko‘ringanga hasrat qilaverish axloqsizlikdir. Xulqida noshukurlik
shakllangan kishilar uchun kunda nolishga mavzu topilib turadi. Ular uchun baxt degan tushunchaning o‘zi ertak. Bunday kishilardan uzoqroq yurgan ma’qul. Ularni uzoq tinglash natijasida, sizda ham “zaharlanish” jarayoni boshlanadi. YAxshisi hayotdan zavq olib yashashga o‘rganing. YAshayotganingiz (ko‘rayotganingiz, eshitayotganingiz, yurayotganingiz, sog‘ligingiz...) o‘zi baxt emasmi?

Qimor


Bu o‘yinga mubtalo bo‘lsang, izzatingni, mol-mulkingni yo‘qotasan. Joningni va oilangni xavfga qo‘yasan. Har ishning chegarasi bor, ammo qimorbozlik chegara bilmaydi. U insonni baxtsizlikka boshlaydi. Eng yomoni, qimor oddiy karta o‘ynashdan boshlanadi. Garov bog‘lashish, har qanday o‘yinni o‘rtaga pul qo‘yib o‘ynash davosi yo‘q baloga yo‘liqish deganidir.

O‘g‘irlik


Kalamushdek pisib, berkinib yashashga mahkum bo‘ladi. Tinch, farog‘atda yashash imkoni o‘g‘riga berilmaydi. Vabodan qochganday odamlar o‘g‘ridan qochadilar. O‘g‘rining oila a’zolari ham el-yurtga qo‘shila olmay yolg‘iz yashashga mahkum bo‘ladilar. Nafaqat o‘zi, balki yaqinlarining ham baxtsiz bo‘lishlariga sabab bo‘ladi. Uyida o‘g‘risi bor oiladan qiz olmaydilar, o‘g‘ri bor uyga qiz bermaydilar. Bir marta bu ish bilan sharmanda bo‘lgan umr bo‘yi tavqi la’natdan qutila olmaydi. Qadimda bunday “hunar” egallaganlarning qo‘llari chopilgan. Hozir qo‘llari chopilmasa ham, qamoq jazosidan tashqari, undan og‘irroq jazo – el nazaridan qolishga “sazovor” bo‘ladilar.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish