Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet101/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

Tafakkur durdonalari


Qo‘shni uylarda ikki oila turardi. Birlari doimo janjallashadi, boshqasida sokinlik va hamjihatlik hukmron.
Bir kuni oldingi uydagi xotin qo‘shnilarnikidagi tinchlikka hasad qilib, eriga aytdi:

  • Bor va qarachi, nima qilishayaptiki, ularnikida hamisha osoyishtalik.

Er qo‘shnilarnikiga o‘tib, uydagi axvolni kuzatdi: ayol pol yuvayapti, eri tashqaridan kelayapti. Xotini oshxonaga shoshildi, suv to‘la chelakni ko‘rmadi, unga qoqildi, suv to‘kildi. U eridan kechirim so‘radi:

  • Kechirasan, azizim, men aybdorman.

  • Yo‘q, sen meni kechir, aybdor menman.

Qo‘shni erkak hayron bo‘ldi va uyiga ketdi. Uyda xotini so‘radi:

  • Xo‘sh, bildingmi?

  • Ha, tushundim: Bizda HAMMA HAQ, ularda esa HAMMA AYBDOR.



* * *


Bir kishi Payg‘ambarimiz (s.a.v) huzurlariga kelib:
“YO Rasululloh(s.a.v)! Mening ota-onam juda shafqatsizlar. Ularga qanday yaxshi muomala qilishim mumkin”, - dedi.
Rasululloh (s.a.v) shunday dedilar:
“Onangiz sizni to‘qqiz oy qorinlarida ko‘tarib yurdilar. Ikki yil emizdilar. Ulg‘ayguningizcha bag‘rilarida saqladilar. Quchoqlarida katta qildilar. Otangiz esa ulg‘ayguningizcha qancha-qancha jafolar chekdilar. Onangiz bilan birga ulg‘ayishingizda yordam berdilar. Buncha ishlarni siz uchun qilganlarni siz beshafqat deysizmi?! ”

* * *


Kunlardan birida shogird ustozi piri komildan so‘rabdi:

  • Ustoz, ota-ona ko‘nglini og‘ritish gunohmi? Ustozi og‘ir o‘ylanib, javob beribdi:

  • Ota-onaning ko‘nglini og‘ritmoq eng katta gunohdir, bo‘tam.

Otalar ulug‘lanib padari buzrukvor, onalar esa volidai mehribon deyiladi. CHunki har bir axloqli inson uchun otadek ulug‘ va qadrdon, onadek yaqin va mehribon kishi yo‘q.
Barcha ilohiy kalomlarda, muqaddas kitoblarda ota-onalar ulug‘langanlar.
Xususan, Hadisi sharifda ota-onani ulug‘lash, farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari haqida quyidagi hikmatlar bitilgan:
Inson o‘z ota-onasiga itoatkor va mehribon bo‘lsin. Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri ota-onasini haqorat qilmoqdir.
Alloh taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo‘lishiga va uning g‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liq.
Ey, Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi? – deb so‘radim. Rasululloh: “Onangga”, - dedilar. Men shu savolni uch marta qaytarsam ham, Rasululloh: “Onangga”, - dedilar. To‘rtinchi marotaba so‘raganimda: “Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga”, - dedilar.
Agar ota-onalar farzandlariga zulm qilsalar ham, ular ota-onani ranjitmasligi kerak.
Ota-onani xafa qilib yig‘latish katta gunohdir. Gunohlarning eng kattasi ota-onaga oq bo‘lishdir.
Ota-onasiga la’nat o‘qigan kishiga Allohning la’nati bo‘lsin.
Kim ota-onasini rozi qilsa, Alloh taolo uning umrini ziyoda qiladi.
Ota-onaning yig‘lashi bolasidan norozi bo‘lganliklaridan dalolat beradi va bu esa katta gunohlardandir.
Ota-onaning duosi hech shubhasiz Alloh taolo qoshida maqbuldir. Jannat onalar oyoqlari ostidadir.
Ota-onalarning tiriklik vaqtida har ikkisini yoki biri bo‘lmaganida boshqasini rozi qilib, jannatiy bo‘la olmagan farzand xor bo‘lsin, xor bo‘lsin.
E’tibor bering-a, biri-biridan qanchalik qimmatli fikrlar, o‘gitlar, nasihatlar. Bu hadislar hozirgi kunda ham har jihatdan o‘z qimmatini aslo yo‘qotgan emas.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish