Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 2,15 Mb.
bet100/109
Sana18.03.2022
Hajmi2,15 Mb.
#499681
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109
Bog'liq
2-курс маънавият соати (Lotincha)

MAVZU: OILA – ENG QADRLI GO‘SHA


Har bir xalqning o‘ziga xos milliy qadriyatlari hamda milliy urf- odatlari, an’ana-udumlari, eng avvalo, jamiyatning etakchi bo‘g‘ini hisoblangan oilalarda shakllanadi, tarqqiy etadi. SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Oila – jamiyatning asosini tashkil etuvchi qo‘rg‘on. U kishilik jamiyatida insoniy oriyat va nomusni anglash, shu tuyg‘ularni sharaf va g‘urur qadar idrok etishning hosilasi. SHunday bo‘lgach, oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham, vatan erki va istiqlolning poydevori ham shuncha mustahkam bo‘ladi. Oilaning mustahkamligi esa nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki ma’naviy-axloqiy omillarga ham chambarchas bog‘liqdir. Binobarin, o‘zbek oilalari ma’naviyatining tarixiy asoslarini oila va jamiyat, oilada ma’naviy muhitning sog‘lomligi, unda farzand tarbiyasi muammolarini hal etishda oilaviy an’analarning ahamiyati masalasini istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan qarab chiqish va baholash g‘oyat maroqlidir.
SHarqda oila va uning qadriyatlari masalasiga o‘zgacha qarash bor. Oila va nikohga oid qadriyatlar xalq tomonidan o‘ta e’zozlanganki, bunday yondashuv o‘tmish allomalarining falsafiy-g‘oyaviy qarashlari, oila va oilaviy tarbiyaga bag‘ishlangan asarlari va o‘gitlarida mujassamlashgandir. Jamiyatimizda yakka shaxs va xalq manfaatlarini himoya qiluvchi, ularni birlashtiruvchi, yurt tinchligi va turmush farovonligini ta’minlovchi ilg‘or g‘oyalar borki, ularning fuqarolar tomonidan anglash darajasi mazkur jamiyatning rivojlanish tamoyillarini belgilaydi.
Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi "oil" so‘zidan chiqqan. YAngi tuzilgan besh jildlik "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" uchinchi kitobida ham bu so‘zning arabchaligi ta’kidlanib, uning besh ma’nosi farqlanadi. Dastlabki va bosh ma’nosi: "Er-xotin, ularning bola-chaqalari va eng yaqin tug‘ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon". Ikkinchisi – ko‘chma ma’noda: "Bir maqsad, maslak bilan birlashgan ko‘p kishilar, xalqlar, mamlakatlar". Uchinchi ma’nosi: "O‘simliklar va hayvonlar sistematikasida tuzilish jihatidan bir-biriga o‘xshash, kelib chiqish jihatidan ham o‘zaro yaqin bir necha urug‘ni o‘z ichiga olgan guruh, masalan, dukkaklilar oilasi, o‘rdaktumshuqlar oilasi va h. To‘rtinchi ma’nosi: "Qardosh tillar guruhi: Oltoy tillar oilasi. Som-xom tillar oilasi". Beshinchi ma’nosi: jonli so‘zlashuv tilida: "Rafiqa, xotin. Oilam maktabda o‘qituvchi".
Oila jamiyatning birinchi bo‘g‘ini, jamiyatning boyligi, osoyishtaligi hamda mustahkamligi bilan uzviy bog‘langan. SHu sababli ham ijtimoiy taraqqiyotda oila va jamiyat muammolarini bir-biridan ajratib qarash mutlaqo mumkin emas. Ularning muammolari hamisha umumijtimoiy,
umumdavlat ahamiyatiga molikdir. Bugun hammaga ma’lumki, yurtimizda ma’naviyatni, ma’rifatni hozirgi zamon talablari darjasiga ko‘tarmay turib to‘q, farovon hayotga erishishimizning iloji yo‘q. Bunda birdan-bir yo‘l ota- onaning bola oldidagi javobgarligi ongini shakllantirish hisoblanadi. Ma’naviy ishlab chiqarishning birinchi manifakturasi bu oiladir. Bunda bola iqtisodlikka aylanmagan o‘yin, ish, ta’lim, tarbiya, ijod, boshqaruv kompleksi ichida yashaydi. Uydagi kitob javonlari, suratlar, musiqa asboblari, uyning, hovlining orastaligi, jihozlanishi, ota-ona mehnatining xarakteri va va boshqa-boshqalar uning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bola tarbiyasida, ayniqsa, oilada bajariladigan ishlarga aqlning sarf qilinishi katta ahamiyatga egadir. Albatta, mazkur muammoni hal qilish benihoyat murakkab jarayon. Oila millat, jamiyat ma’naviy boyligini dastlabki bosqichida to‘plovchi, saqlovchi, avlodlardan-avlodlarga etkazuvchi yacheyka hamdir. Oila o‘zining ma’naviy salohiyat darajasiga ko‘ra milliy ma’naviyatni o‘zida ifodalaydi, qabul qiladi va saqlaydi. Bundan tashqari, oila ota-ona, qarindosh-urug‘larning milliy ma’naviyatini ham o‘zida ifodalaydi, qabul qiladi va saqlaydi. Bu o‘rinda oilani ota-ona, qarindosh- urug‘larning milliy ma’naviyatni o‘zlashtirganligi, unga munosabati muhim rolь o‘ynaydi. SHu bois har bir oilaning o‘ziga xos ma’naviy tamoyillari, an’analari va qadriyatlari mavjud. Bolalar tarbiyasida ana shu oilaviy milliy an’ana-qadriyat tamoyillari va sifati, ularning hayotiyligi, tarbiyaviy o‘rni, mavjudlik xarakteri nihoyatda ahamiyatlidir. Oilaning intellektual boyligining sifat jihatidan ortishi va davomiyligi bolaning ma’naviy boylikni bilishida, uni ishlab chiqarishdagi ishtirokida muhim rol o‘ynaydi.
O‘ylab qarasak, inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. SHu sababli ham, bu haqda gap ketganganda ta’lim-tarbiya o‘chog‘i bo‘lmish ko‘hna va muqaddas oila ko‘z oldimizda gavdalanadi. Aslida ham bola dunyoga kelar ekan, uning tarbiyasi haqida o‘ylashimiz kerak bo‘ladi. CHunki keksalarimiz aytganidek, bola bir nihol, uni qay tarafga qaratib egsak, o‘sha tomonga egiladi. SHunday ekan, bolani chaqaloqlik davridan emas, uni dunyoga kelishidan oldin tarbiyani boshlashimiz kerak. Bola yarim tarbiyani oilada olsa, qolganini ta’lim-tarbiya maskanlaridagi jonkuyar ustozlardan oladi. O‘zbek xalqi milliy mentalitetida oilada bolalar tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratiladi. Oilada azaldan yaxshilik va ezgulik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg‘usiga hamdardlik masalasiga alohida ahamiyat beriladi. YA’ni insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik — xalqimiz milliy mentalitetining ajralmas fazilati bo‘lib kelgan.
Ma’lumki, o‘zbek milliy davlatchiligi tarixi va madaniyatida ota- onaning tutgan o‘rni barchaga ayondir. Ota – oilaning qo‘rg‘oni, Vatan himoyachisi, farzandlar uchun qahramonlik, mardlik belgisi. Ona esa ushbu oilaning ma’naviy-axloqiy ko‘zgusi, bolalarga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchdir. SHu boisdan oilaning mustahkamligi, uning muqaddas qo‘rg‘on sifatida saqlanishi har ikki jins – erkak va ayolning, ayniqsa, erkakning ma’naviy dunyosi, xotin-qizlarga, oilaga munosabatiga bog‘liq ekanligini chuqur anglab etish zarur.
Oilaning jamiyat ma’naviyatining poklanishidagi ahamiyati ham buyuk bo‘lib, u asosiy tarbiya o‘choqlaridan ekanligi barchamizga ayon. SHu boisdan ham inson manfaatlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosat har tomonlama ushbu muqaddas go‘shani mustahkamlashga qaratilgandir. YA’ni mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonida uning yaxlitligini kafolatlovchi oila institutini mustahkamlash borasidagi davlatning istiqbolga yo‘naltirilgan aniq siyosati olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi oila va har bir fuqaroning manfaatini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, mamlakatimizda 1998 yil – “Oila yili”, 2012 yil –“Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinib, oilalarning mustahkam va barqaror bo‘lishiga, oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirishga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi oilada shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish uchun unda zarur ruhiy-ma’naviy, axloqiy muhit yaratilishini ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish ko‘lamlarini kengaytirish va kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilganligidan dalolatdir.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish