Er silkinishi xavfi bo‘lganda binodan chiqish yo‘lini oldindan belgilab qo‘yish kerak. YOdingizda bo‘lsin - er silkinishi yarim tunda ham yuz berishi mumkin. CHiqish yo‘llari, eshiklar odamlar bilan tirband bo‘lib, tashqariga tez
19 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining «fvv.uz» veb-sayti.
chiqishni qiyinlashtiradi. Binoni tez tark etish birinchi qavat derazalari orqali ham amalga oshiriladi.
Uyingizdagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qo‘ying, bu - xonaning asosiy devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti bo‘lishi mumkin. Er qimirlaganda uyning eng xavfli joylari - ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa, oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Oila a’zolari va bolalarga xavfsiz joyni egallashni o‘rgatish zarur.
Oilangiz a’zolari va o‘zingiz kvartirangizda, pod’ezdda, uyingizda gaz, elektr, suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz lozim.
Qariya, nogiron va bolalar xavfsizligini ta’minlash yo‘lini oldindan o‘ylab qo‘ying.
Xonalardagi shkaf, kitob javonlarini devorlarga mahkamlab qo‘ying. Uy jihozlarini uxlaydigan o‘rinlarga yiqilmaydigan holatda, eshik va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirish kerak.
Javonlar, shkaflar ustidagi og‘ir buyumlar qattiq mahkamlab qo‘yilishi yoki odam ustiga tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlar pastga yoki ishonchli joyga joylashtirilishi shart. Dam olish o‘rinlari derazadan, katta oynalardan, tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlardan uzoqroq bo‘lishi shart.
Javonlarni dam olish o‘rinlaridan, xonaga kirish eshigidan, rakovina va unitazlardan uzoqroq joyga o‘rnating.
Uyga kirish yo‘lini, yo‘laklarni va zinapoyalarni buyumlar bilan to‘sib qo‘ymang.
Tez alangalanuvchi va o‘yuvchi suyuqliklar solingan idishlarni er qimirlab, bino silkinganda tushib ketib, portlab yoki yonib ketmaydigan xavfsiz joyda saklang.
Jarohatlanganda, umuman, har qanday xavf bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini o‘rganing. Doimo uyingizda dori-darmonlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qutichasini saqlang.
Garaj yoki dala, hovli erto‘lasidan yashirinish joyi sifatida foydalanish mumkin. U erda ofat tugagunga qadar berkinish, oziq-ovqat zaxirasini, kiyim-kechak va kerakli narsalarni saqlash mumkin. SHu bilan birga, qaltis qiyaliklar va ko‘chki xavfi bo‘lgan joylarda qurilgan uylar xavfli bo‘lishi mumkinligi yodingizda bo‘lsin.
Uyingiz xolatini tekshirib chiqing, uni mustahkamlash yo‘llarini aniqlang.
Uyingiz yoki ish joyingiz qishloqdagi aholi yashayotgan joylarda joylashgan bo‘lsa, xavfli jarayonlar, ya’ni sel kelishi, ko‘chki xavfi bo‘lgan tog‘ hududida, suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda ekanligini aniqlab, oila a’zolari va qo‘shnilar bilan birgalikda xavfsiz joyga chiqish yo‘llarini belgilab qo‘ying. CHunki er silkinishi natijasida er ko‘chkisi, o‘pirilishi, siljishi, tosh ko‘chkisi, erning yorilishi, tuproq qatlamlarning cho‘kishi, tuproqning siqilib, balchiqqa aylanish hollari yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |