Yangi qaror o‘qituvchilarga bayram sovg‘asi bo‘ldi



Download 17,66 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi17,66 Kb.
#565808
Bog'liq
Yangi qaror attestatsiya 2021-2022o


 

Yangi qaror o‘qituvchilarga bayram sovg‘asi bo‘ldi

So‘nggi yillarda o‘qituvchilarni eng ko‘p o‘ylantirgani ham, bahslashishga, o‘z ustida ishlashga undagani ham, tanqid qilgani - yu ruhlantirgani ham attestatsiya mavzusi bo‘ldi, nazarimizda. Ayniqsa, sinov muddati yaqinlashgani sari o‘qituvchilarning o‘zaro bilimlarini sinashga ko‘proq e’tibor qaratib savol-javob mashqi bilan bilimlarini mustahkamlayotganlariga ko‘p guvoh bo‘lamiz. Attestatsiya boshlanganidan to tugagunga qadar tahririyat pochtasi o‘qituvchilarning test jarayonlaridagi muammo-yu kamchiliklar yoki qulayliklar haqidagi maqolalariga to‘lib ketardi. To‘g‘risi, attestatsiya borasida savollar va tushunmovchiliklar, muammolar hali ko‘p edi.

Joriy yilning 17-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 572-qarori imzolandi. Mazkur qarorga asosan o‘qituvchilarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilindi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mas’ullarining ta’kidlashicha, yangi qaror loyihasi tayyorlanish jarayonida bir necha marotaba soha mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirokida muhokama qilinib takomillashtirilgan.

— So‘nggi yillarda malaka sinovlari real vaqt rejimida, qulay shart-sharoitlar yaratilgan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan holda onlayn tarzda tashkil etilmoqda, — deydi Ta’lim inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Safarali Hamroyev. — So‘nggi 3 yilda 300 ming nafardan ziyod pedagog o‘z ixtiyori bilan muddatidan avval attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat qilgan. Natijada 2018-yildan beri oliy toifali o‘qituvchilar 2 barobar, 1-toifalilari esa 1.5 barobarga oshdi.

Biroq shunga qaramay mazkur jarayonda yillar davomida o‘qituvchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan byurokratik tadbirlar va turli hisobotlardan iborat qog‘ozbozliklar mavjud edi. Masalan, toifa olish istagida bo‘lgan o‘qituvchi hujjatlari maktab direktori o‘rinbosari tomonidan tuman, viloyat va respublikaga jo‘natilar edi.

Ushbu jarayonda ishtirokchilar soni ko‘pligidan turli xatoliklar yoki tamagirlik holatlari uchrab turayotgandi. O‘qituvchining faoliyati samaradorligiga baho berish tizimi qog‘ozbozlik va hisobot to‘ldirishga asoslangan edi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilarning turli ovoragarchiligi yoki aldanishiga, korrupsiya holatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgandi. Endi esa pedagoglar uyidan yoki ishxonasidan elektron tizim orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va bunda inson omili vositachilik qilmaydi.

Yangi qaror bilan vazirlik va idoralar hamda ta’lim muassasalari miqyosidagi attestatsiya komissiyalarini tuzish va yigirma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinmoqda. Ya’ni 16 ming 500 ta komissiya faoliyati tugatilmoqda.

Buning o‘rniga o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Ta’lim inspeksiyasining veb-sayti orqali murojaat qilish tartibi joriy etilmoqda.

Endi pedagog kadrning attestatsiyadan o‘tganligi haqidagi sertifikat ham qog‘oz shaklida emas, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Bunda o‘qituvchi xohlagan payti QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatni o‘zining shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin.

Shuningdek, o‘qituvchilardan talab qilinadigan hujjatlar soni 9 tadan 3 tagacha qisqarmoqda. Ta’lim inspeksiyasi zarur hujjatlarni elektron axborot almashinuvi orqali boshqa vazirliklardan mustaqil oladi.

— Ta’lim inspeksiyasi tomonidan pedagog kadrlar va ularning attestatsiya natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan maxsus elektron baza (pka.tdi.uz) yaratildi, — deydi Safarali Hamroyev. — Endilikda pedagog shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL), pasport seriyasi hamda raqamini kiritib, attestatsiya natijalari bilan tanishishi mumkin. Mazkur bazada 600 mingdan ortiq pedagogning malaka test sinovi natijalari, dars o‘tish mahorati hamda mehnat samaradorligi bo‘yicha olingan sertifikati haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Shuningdek, pedagog kadrlarning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat seriyasi va raqamini kiritish orqali sertifikatning kimga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Bu o‘z navbatida shaffoflikni ta’minlash, turli firibgarliklarning oldini olishga xizmat qiladi. 

Ushbu qarordagi o‘zgarishlarga ko‘ra, pedagog quyidagi holatlarda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

· fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

· ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar;

· pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;

· pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

· homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

· homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

· pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

· uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

· respublika va chet davlatlarga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

· ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

 

— Yangi qarorga ko‘ra, o‘qituvchilarga qulaylik bo‘lishi uchun, nodavlat maktablar pedagoglari uchun ham ixtiyoriy attestatsiyada qatnashish imkoniyati yaratildi, — deydi Ta’lim inspeksiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Temirov. — Ilgari nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari attestatsiyaga jalb qilinmasdi. Buning oqibatida ham ayrim muammolar kelib chiqardi. Aytaylik, xususiy maktabda bir necha yil ta’lim bergan malakali o‘qituvchi davlat umumta’lim maktabiga ishga o‘tsa, ko‘p yillik tajribali pedagog bo‘lganligiga qaramay, mutaxassis toifasida ish boshlashiga to‘g‘ri kelardi. O‘qituvchilarga bu borada ham qulay imkoniyat yaratish maqsadida nodavlat maktab o‘qituvchilari ham istagan vaqti ixtiyoriy attestatsiya sinovlarida qatnashib, malaka sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, yangi 572-qarorga ko‘ra endi pedagoglarda toifani oshirish uchun bilim, pedagogik mahorat, psixologik tayyorgarlik va faoliyat natijadorligi bo‘lsa bas, ya’ni barchasi uning irodasiga bog‘liq.

Yangi qarorda faolligi va mehnati bilan yutuqlarga erishgan pedagog kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar, “Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari, Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari, respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘ona oshiriladi.

 

Zilola MADATOVA,

“Ma’rifat” muxbiri
Download 17,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish