Bank bir nechta automat bankomatlardan tashkil topgan bo’lib, ular geografik jihatdan taqsimlangan bo’lib tarmoq orqali markaziy serverga ulanadi. Har bir bankomat plastik karta o’quvchi, naqd pul pispanseri, klaviatura/displey va printerdan tashkil topadi. Bankomatdan foydalangan holda bank mijozlari naqd pullarini yechib olishlari, hisob raqamidagi balansni tekshirish yoki bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga pul ko’chirishlari mumkin. Tranzaksiya mijoz bank kartasini card reader ga qo’yishi bilan boshlanadi. Karta orqasidagi magnit shtrix kodlaridan karta nomeri, karta tayyorlangan kun va amal qilish kuni aniqlanadi. Karta haqidagi ma’lumotlar olingandan so’ng tizim kartaning amal qilish muddati o’tib ketmaganligiga tekshiradi. Agar karta amal qilish muddatida va foydalanuvchi kiritgan PIN kodi tizimdagi PIN kod bilan bir-xil bo’lsa karta yo’qotilmagan yoki o’g’rilanmagan. Agar foydalanuvchi uch marta noto’g’ri PIN kod kiritsa karta banomat ichida qoladi. Agar karta barcha tasdiqlashlardan o’tsa pulni yechib olish, balans haqidagi so’rovlar va transferlar bo’limlar ochiladi. Naqd pul yechib olish bo’limi tanlanganda so’ralgan summa hisob raqamida mavjudligi va kundalik pul yechib olish limitidan oshib ketmaganligiga va lokal naqd pul pispanserida mavjud summaga tekshiriladi. Agar tranzaksiya tasdiqlansa so’ralgan miqdordagi naqd pul chiqariladi, tranzaksiya haqidagi barcha ma’lumotlar cheki printerdan chiqariladi va karta egasiga qaytariladi. Mijoz ixtiyoriy paytda tranzaksiyani bekor qilishi mumkin. Tranzaksiya to’xtatilganda karta qaytariladi.
Keysni bajarish tartibi
Use Case modelini tuzing(individual)
Static modelini tuzing(individual)
Obyekt strukturasini tuzing(guruhlarda)
Dinamik modelini tuzing(individual)
Tizim arxitekturasi va dizaynini yarating(guruhlarda)
Tizimni amaliy ko’rinishini yarating (individual)
Tizimni testlang (guruhlarda)
keys.
Vebga asoslangan Onlayn Xarid Tizimi, mijoz buyurmani yetkazib beruvchidan bir yoki bir nechta tovarlarni sotib olishni so’rashi mumkin. Mijoz shaxsiy ma’lumotlarini beradi masalan manzil, kredit karta ma’lumotlari. Bu ma’lumotlar mijoz accountida saqlanadi. Agar kredit karta haqiqiyligi tasdiqlansa buyurtma yaratiladi va yerkazib beruvchiga yetkaziladi. Yetkazib beruvchi tovar mavjudligiga tekshiradi, buyurtmani tasdiqlaydi va yetkazib berish kunini belgilaydi. Qachonki buyurtma yetkazilganda mijozga xabar beriladi va mijozning kredit kartasidan mablag’ yechib olinadi.
Keysni bajarish tartibi
Use Case modelini tuzing(individual)
Static modelini tuzing(individual)
Obyekt strukturasini tuzing(guruhlarda)
Dinamik modelini tuzing(individual)
Tizim arxitekturasi va dizaynini yarating(guruhlarda)
Tizimni amaliy ko’rinishini yarating (individual)
Tizimni testlang (guruhlarda)
keys.
Favqulotda holatlar monitoring tizimi bir nechta masofadan boshqariladigan monitoring tizimlari va monitoring sensorlaridan tashkil topadi. Turli xil sensorlar orqali tashqi muhit holati monitoring qilib boriladi. Sensorlarning bir nechtasi masofadan turib monitoring serveriga ma’lumot uzatadi. Tashqi muhit xavfli holatlarga duch kelganda odamlar sensorlar orqali ogohlantirishi mumkin. Ogohlantirishlar ogohlantrish servisida saqlanadi. Monitoring operatori turli-xil sensorlarning holatini ko’rib boradi va ogohlantirish holatlarini yangilab turadi.
Keysni bajarish tartibi
Use Case modelini tuzing(individual)
Static modelini tuzing(individual)
Obyekt strukturasini tuzing(guruhlarda)
Dinamik modelini tuzing(individual)
Tizim arxitekturasi va dizaynini yarating(guruhlarda)