Kurs ishining maqsadi: Galliy,indiy,talliy.Bu elementlarning respublikamizda gi zaxiralari va ishlab chiqarilishi jarayonini o’rganish
Kurs ishining obyekti: Galliy,indiy,talliy.Bu elementlarning respublikamizdagi zaxiralari va ishlab chiqarilishi jarayoninining mazmun mohiyatini o’rganish
Kurs ishining predmeti: Galliy,indiy,talliy.Bu elementlarning respublikamizdagi zaxiralari va ishlab chiqarilishi jarayoninining mazmuni
Kurs ishining tuzilishi: Kirish Asosiy qism, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlardan iborat
1.Vanadiyning tabiiy birikmalari.
Vanadiyni 1801-yilda meksikalik mineralogy Vanadiy Vanadiy Del- Rio qo’ng’ir qo’rg’oshin rudasida topgan.1803-yilda shved kimyogari Vanadiy Vanadiy Sefrstryom temir rudasida yangi element topib, uni skandinaviyalik go’zallik xudosi Vaiadis nomi bilan atagan.Vanadiyning Yer po’stidagi miqdori ( og’irligi jihatidan 1,910- 2 foiz , ocean suvlarida 310 foiz , o’simlik kullari tarkibida 6,1-13 foiz bo’lib , anchagina tarqalgan , lekin asosan tog’ jinslari va minerallarda uchraydi.Vanadiy minerallaridan patronit , roskeolit , mottramit, karnolit, vanadinit, va boshqalarning sanoatda ahamiyati bor.Titanomagnetit va qoldiq (fosforli) temir hamda oksidlangan mis-qo’rg’oshin-rux rudalari Vanadiy manbai bo’lib xizmat qiladi.
Vanadiyning zichligi 6,11g/sm 3; suyuqlanish temperaturasi 1920 0 C ,qaynash temperaturasi 34000 C.Odatdagi temperaturada havo, dengiz suvi va ishqor eritmalari ta’siriga berilmaydi, korroziyaga chidamliligi jihatidan titan va po’latdan yuqori turadi.Vanadiy 2,3,4 va 5 valentli birikmalar beradi.Shunga binoan VO bilan V2O3 (asosan asos xossasi bor), VO2 (amfoter) va V2O5( kislotalilik xossaga ega) kabi oksidlari bor.Kislota va suvga chidamli nitride VN(suyuqlanish temperaturasi 23600) va yuqori darajada qattiq karbidi VC(suyuqlanish temperaturasi 28000) ma’lum.
Vanadiyning asosiy qismi (85%) qora metallurgiyada po’lat, cho’yan va qotishmalarning mustahkanligini, issiqqa , yemirilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladi.Vanadiy qirqish ishlarida, asbobsozlik va konstruksion material sifatida ishlatuvchi po’lat tarkibiga ham kiradi.Galliy, kremniy va titan bilan hosil qilgan ba’zi qotishma hamda birikmalari o’ta o’tkazuvchanlikka egaligi bilan diqqatga sazovor.Toza Vanadiydan atom energetikasida va elektron asboblar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi.Vanadiy birikmalari kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida, shuningdek qishloq xo’jaligi , tibbiyot, to’qimachilikda , lok-bo’yoq , rezina ,spool, shisha ishlab chiqarishda ,
foto va kino sanatida ishlatiladi.Vanadiy birikmlari zaharli.
Do'stlaringiz bilan baham: |