Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet86/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

MILLIY KUTUBXONA
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo. Toshkent shahrida 1870 yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan.1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq qutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934 yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan boshlab hozirgi nom bilan yuritilmoqda.

Nutq


Nutq – tildagi ifoda vositalardan foydalangan holda voqelikka aylangan fikrdir.
Nutq, nutq odobi insonning ma’naviyatini – ma’rifatini belgilovchi asosiy
mezondir. Demak kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos holda adabiy me’yordagi ifodalar bilan
yetkazishdir. Xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning
uchun so‘zlovchi tilni mukammal bilishi kerak. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash
ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish,
ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchidir. Buni o‘qituvchi har doim his qilib turishi kerak.
Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik
undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati boshlanadi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: “Bitta salom bilan beshta narsaga – o‘zini yengil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko‘rishga erishiladi”. Ha, salomda gap ko‘p, salomlashish, salom berishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim
so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun uzr so‘rash o‘z g‘ururini yerga urish
emas, balki odoblilik va xushmuomalalik alomatidir.
Yetuk kishiga yana xos fazilatlardan biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda
xayrlashganda ishlatiladigan “xayr”, “sog‘ bo‘ling”, “xayr, ko‘rishguncha”, “xayr,
omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi xonadan
chiqayotganda “xayr, “sog‘ bo‘linglar”, “xayr, yaxshi qolinglar” kabi iboralarni
ishlatsa o‘rinli bo‘ladi.
Amaliy san’at durdonalari – xalqimiz merosi
O‘zbegim do‘ppisi. Undagi kamalak misol serjilo va mukammal naqshlar bahor, go‘zallik va nafosatdan so‘zlaydi, suratlardagi chuqur ramziy ma’nolarda xalqimiz ruhiyatining go‘zal bir bo‘lagi, g‘ururi yashayotganga o‘xshaydi.
Shahrisabzning gilam do‘ppilari, Boysun piltado‘zi, Toshkentning duxoba “chorgul”i, Marg‘ilon-Toshkent “oq iroqi” ayollar do‘ppisi, Toshkent-Andijon munchoqli “nozik” deb ataluvchi do‘ppilari ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Buxoroning yorqinrang, zar do‘ppilari naqsh gullarining nozikligi va go‘zalligi bilan ajralib turadi. Har bir viloyatga xos do‘ppilarning tayyorlanishida o‘sha joyning tabiiy sharoiti, o‘ziga xos urf-odati, atrof-muhit, aholi turmush tarzi va mahalliy an’analarning tarixiy rivojlanishi ta’sir ko‘rsatadi.
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida shunga o‘xshash ko‘plab eksponatlarni uchratish mumkin. Xalq hunarmandligi javohirlarini mujassam etgan mazkur maskanda XIX asrning birinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo‘lgan davrdagi qo‘ligul ustalar tomonidan yaratilgan 7 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Muzeyda to‘plangan buyumlar 20 nomdagi kolleksiyaga ajratilgan bo‘lib, ular xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turini namoyish etadi.
Uzoq tarixdan so‘zlovchi milliy xalq hunarmandligi buyumlari o‘zining fusunkorligi, naqshlar jilosi bilan nafaqat yurtdoshlarimiz balki sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Buxoro va Xiva gilamlari, xonatlas, adras, beqasam kabi milliy matolarimiz, kashtachilik, zardo‘zlik, zargarlik, kandakorlik san’ati, yog‘och va ganch o‘ymakorligi namunalari, hunarmandlik buyumlari muzeyga tashrif buyurgan har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.
– Muzey binosini bezashda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan qo‘li gul ustalarning xizmati beqiyos, – deydi muzey direktori o‘rinbosari Zuhra Xoliqova. – Markaziy zal devorlarida aks etgan 200 dan ortiq naqshinkor gul kompozitsiyasi betakror. Shimoliy va janubiy devorlarga o‘rnatilgan ganchkor tokchalar toshkentlik ustalar avlodi sanalgan Toshpo‘lat Arslonqulov boshchiligida amalga oshirilgan. Murakkab geometrik usuldagi o‘tkir qirrali mehrob arkasi buxorolik Usta Shirin Murodovning mehnati mahsuli.
Kulollik san’atiga bag‘ishlangan alohida bo‘limda barcha kulolchilik markazlarining ustalari tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari saqlanadi. Zamonaviy kulollik ishlarining ko‘pchiligi 5-6 avlod davomchilari mehnati, ijod mahsulidir. Kulollik buyumlari asosan lagan, kosa, guldon, terrakota haykallardan tashkil topgan.



Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish