Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet72/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

Namuna


Taklifnoma
Hurmatli B.N.Yoqubov!
Universiteti ma’muriyati Sizni Oʻzbekiston Milliy universiteti tashkil etilganligining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda qatnashishga taklif etadi.
Tantanali yigʻilish 2018-yil 5-sentabrda universitetning Madaniyat saroyida Oʻtkaziladi. Tantanalar soat 10.00 da boshlanadi.
Ma’muriyat

Taklifnoma


Qadrli Laziza Sobirovna!
Maktabimiz Oʻquvchilari Sizni ulugʻ Oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy ijodiga bagʻishlangan adabiy kechaga taklif etadi.
Kecha 9-fevral soat 15.00 da maktab majlislar zalida boʻladi.


Maktab ma’muriyati
T e l e g r a m m a. Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nihoyatda qisqa shakli. U biror muassasadan ikkinchisiga yoʻllangan rasmiy hujjat hisoblanadi. Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilangan manzilga xabarni Oʻz vaqtida yetkazishni ta‘minlay olmasa, bunday hollarda xabarni zudlik bilan yetkazish uchun telagrafdan foydalaniladi.
Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan joylardagi muassasa, shuningdek, shaxslar orasida boʻladi. Telegrammaningboshqa ish qogʻozlaridan farqi uning Oʻziga xos ixchamligi va qisqaligidir. Xizmat telegrammalari ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa jOʻnatish uchun aloqa boʻlimiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa, korxonaning Oʻzida saqlash uchun qoldiriladi.
Telegramma, qoidaga binoan, maxsus bosma ish qogʻozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni koʻpincha odatdagi qogʻozga bosh harflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jOʻnatuvchining adresi, mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi. Qoʻlda yozilganda, harflar yirik-yirik, soʻzlar orasi esa aniq va ravshan boʻlishi kerak. Telegramma bosma ish qog'ozining yoki oq qogʻozning faqat bir tomoniga yoziladi.
Telegramma matni ‘telegraf uslubi’ deb yuritiluvchi qisqa va siqiq uslubda yoziladi. Unda tOʻlqsiz gaplardan keng foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi soʻzlar, tinish belgilari faqat zarur boʻlgandagina, ya‘ni ularsiz gapning mazmuni Oʻzgarib ketsa yoki ikki xil ma‘noda qabul qilinsagina Qoʻllanadi, boshqa barcha hollarda ular tushirilib qoldiriladi. Xabarni bayon qilishda ixcham soʻzlarni tanlash, qisqartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf uslubining eng asosiy talablaridan biridir. Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bOʻgʻin koʻchirilmaydi.
Xatboshisiz barcha qatorlar toldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni soʻz (harflar bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bolgan murakkab sonlarni Oʻzicha yozish mumkin.
Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (telegramma).

  2. Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar).

  3. Telegramma yetib borishi zarur boʻlgan joyning manzili, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi.

  4. Matn.

  5. JOʻnatuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnini imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas).

  6. Xabar jOʻnatuvchining manzili.

  7. Matn kimning nomidan jOʻnatilayotgan bolsa, Oʻsha shaxsning imzosi.

  8. Muhr.

  9. Sana.

Telegrammaning matni manzildan ajralib turishi kerak. Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan boʻlsa, matn oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (indeksi), matn oxirida esa jOʻnatma shartli raqami yoziladi.
Telegrammalardan shaxsiy maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ular tuzilishiga koʻra xizmat telegrammalaridan keskin farq qilmaydi.
Telegrammaning har bir soʻzi uchun pul tOʻlanadi, narxi uning turiga va soʻzlar miqdoriga bogʻliq.
T e l e f o n o g r a m m a. Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida boʻladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog’ozining bir turi hisoblanadi. Xizmat muomalasining bu turi koʻpincha shahar yoki rayonda joylashgan muassasalar Oʻrtasida amalga oshiriladi. Xizmat muomalasining bu turi koʻpincha bir shahar yoki tumanda joylashgan muassasalar Oʻrtasida Qoʻllaniladi.
Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki mas‘ul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda, tayyor matn asosida yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh etilishi va u qabul qilishga tayyor boʻlgach, matn qabul qiluvchi uni yozishga ulguradigan sur‘atda bayon qilinishi kerak.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta Oʻqib eshittirishi kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni toʻgʻri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi
telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini koʻrsatishi shart.
Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qoʻyadi.
Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan toʻgʻri va qisqa (matndagi soʻzlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) boʻlishiga, murakkab jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan soʻzlar Qoʻllanmasligiga e‘tibor berish lozim.
Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli boʻlsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak.
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1 Manzil.

  1. Hujjatni yoʻllovchi muassasaning nomi.

  2. Telefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari.

  3. Qabul qilish vaqti.

  4. Nomi.

b. Tartib raqami.

  1. Sana.

  2. Matn.

  3. Imzo chekkan shaxs.

Telefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qogʻozlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.




  1. topshiriq. Telefonogrammani Oʻqing, shu asosda Yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hisobot yigʻilishi boʻlishi haqida telefonogramma namunasini yozing.


Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish