Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet85/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

SUVNING TOMCHISI HAM SUV
Biz hamma vaqt, hamma joyda: «Nonni uvol qilmang. Non aziz, nonning ushog‘i ham non», deymiz. To‘ylarda, yig‘inlarda, hatto uyda dasturxon atrofida nonushtaga o‘tirganimizda ham keragidan ortiqcha non sindirilsa: «Qo‘ying, ushatmang, nonning ortiqchasini uvol qilmang», deymiz.
Ammo suvni bemalol isrof qilish, oqizish mumkinmi? Suv o‘tkazgich jo‘mraklaridan suv to‘xtamay oqib yotsa ham: «Hoy, suvni bekordan bekorga sarflama. Uvol qilma, to‘xtatib qo‘y!» deb ayt­may­miz. Vaholanki, ana shu suv bo‘lmasa bug‘doy qayda, un qayda, non qayda?! Tejashni suvdan, suv qatrasidan boshlamoq kerak. Uvolni, savobni izlamoq kerak. «Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur» yoki «Toma-toma ko‘l bo‘lur», deb ona xalqimiz bejiz aytmagan. Nonning uvog‘i ham non bo‘lganidek, suvning tomchisi ham suvdir.


Muzeylar
Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega.Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o‘tmishimiz, tariximiz aks etgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A.Karimov : “Tarixsiz
kelajak yo‘q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o‘rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.
1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan. Muzey uch qavatdan iborat. Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan. Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz arbobi Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan. Uchinchi qavatda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan. Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur – Klavixo –Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’y-harakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo‘lib, bu yerga doim o‘qituvchi va o‘quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o‘rganish va o‘zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz.



Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish