15-MAVZU: CHIRCHIQ VA ANGREN VODIYSI SHAHARLARI. O’RTA ASRLARDA TOSHKENT VOHASI URBANIZATSIYASI
ReJA:
1. Ilk o’rta asrlar davrida Choch va Iloq shaharlari yo’llarining shakllanishi.
2. IX–XI asrlarda Toshkent vohasida shahar madaniyatining ravnaqi. Qanqa (Xarashkat), Mingo’rik. (Tarband), Binkat. Sitadel, shahriston, rabotlar X–XI asrlarda.
3. Choch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari. Tunkat, Banokat (Shohruhiya) va boshqalar. Choch va Iloq ilk o’rta asrlar shaharlarining rivojlanishi vazifalari.
4. Toshkent XIV–XVI asrlarda. Rejalashtirish, me’moriy yodgorliklar.
ilk o’rta asrlarda ya’ni vi–viii asrlarda choch hududining poytaxti qanqa va mingo’rik shaharlari bo’lib, dastlab qanqa keyinchalik esa mingo’rik bo’lgan. vohaning yirik savdo-iqtisodiy markazlaridan biri sanalgan qanqa shahar xarobasi miloddan avvalgi iii asr boshlarida shakllangan bo’lib, unda hayot xi asr oxirlarigacha uzluksiz davom etgan. qanqa yodgorligi yunon manbalarida antioxiya, xitoy yilnomalarida bityan, yuni, chje-chje, eroniy, pahlaviy va hind manbalarida qang’xa yoki qang’dez, arab va fors manbalarida esa xarashkat kabi nomlarda uchraydi. tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko’ra, iv asrlarda qanqa shahrining umumiy maydoni 150 ga teng bo’lgan bo’lib, bu yerda shahar arkidan tashqari alohida devor bilan o’rab olingan shahriston ham bo’lgan. vi–vii asrlarga kelib esa shahar maydoni ancha qisqarib, maydoni 45 ga teng bo’lib qolgan. bunga sabab, eftaliylar va turklar o’rtasida sirdaryo bo’yida bo’lib o’tgan janglar natijasi deb ko’rsatgan. vii asr boshlarida choch teginlar qo’liga o’tishi bilan uning poytaxti ham ularning qo’l ostiga o’tganligini ko’rsatadi46. qanqa shahri vii–viii asrlarda chochning yirik iqtisodiy va tijorat markazlaridan biri bo’lish bilan birga, bosh zarbxonasi ham bo’lganligini ko’rsatadi. odatda. zarbxona mamlakat poytaxti va yirik iqtisodiy markaz sanalgan shaharlarda joylashgan. qanqa ham so’g’dga eltuvchi ipak yo’lidagi ana shunday yirik tijorat shahri bo’lganligini ko’rsatadi. qanqa shahristoni mudofaa devor yaqinida shahar bozori bo’lganligi, shaharning janubiy va g’arbiy ko’chalari kesishgan joyida shahar karvonsaroyi bo’lganligini arxeologlar aniqlagan.
Tunkat shahri Iloqning birinchi o’rindagi shahri bo’lib, bu yerda IX–X asrlargacha tanga chiqarilgan. Tunkat nomi “To’n” va “kat” so’zlarining birikuvidan kelib chiqib, aslida “To’n tudun o’tiradigan shahar” ma’nosini bildirgan bo’lishi ham mumkin. Tunkat asli To’nkat bo’lib, eski turkcha to’n “to’ng’ich, birinchi” va kat (kant) “shahar” so’zlarining qo’shilishidan yasalgan hamda lug’aviy jihatdan “birinchi, bosh shahar” ma’nosini bildiradi. Bu yerda olib borilgan izlanishlar Iloq poytaxti Tunkat emas, balki yuzlab metalllurg ishbilarmonlarning ixtisoslashgan ishlab chiqarish mulklaridan tashkil topgan yirik metalllurglar shahri deb talqin etilmoqda. Qoramozor tog’laridagi oltin va kumush konlari Tunkatning tez rivojlanishiga imkon bergan. Tunkat sitadelida hokim saroyi va masjid qurilgan. Shahriston va raboddan ko’plab metalll, shisha va sopol buyumlarining topilishi, shaharda hunarmandchilikning rivojlanganligini ko’rsatadi. U yerdan, shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, qurol-yarog’lar va ko’plab tangalar ham topilgan47.
Xotunkat shahri X asrga kelib uncha katta bo’lmagan (10 ga kamroq) shaharchaga aylangan, XI–XII asrlarda esa u yanada gullab-yashnagan. xotunkat (to’qaytepa) shahri uzoq vaqt turk xoqonligida katta o’rin tutgan48.
Tarband Chochning markaziy shaharlaridan biri bo’lgan. Choch tudunlarining markazlari oldin VII asrda Iloq vodiysidagi Tunkat shahri bo’lgan bo’lsa, keyinroq, ya’ni VIII asrga kelib Tarband shahriga ko’chiriladi. Bu bilan Tarband shahri Choch hukmdorlarining qarorgohiga aylanadi. Turk xoqonligi davrida metalllurgiya ishlab chiqarishi juda rivojlangan. Buni aynan shu davrda tog’li hududlardagi yangi konlardan shiddat bilan keng foydalanilganligini ko’rsatuvchi arxeologik yodgorliklar ham ko’rsatadi. Shuning uchun, VI–VIII asrlarga kelib Iloqda shaharlar soni ko’payadi. Aslida, VI–VIII asrlarda Choch hukmdorligi mintaqaning asl va rangli metalllar, temir rudasi qazib olinadigan yirik rudametalllurgiya markazlaridan biriga aylanadi. Ohangaron havzasida Tunkat (17,5 ga), Namudliq (12 ga), Tepa (12 ga), Oshxonatepa (11 ga), Munchoqtepa (11,2 ga) kabi qator shahar va manzilgohlarning paydo bo’lishi negizida ko’proq tog’konchilik bilan bog’liq ishlab chiqarish yotadi49.
Chochning ko’plab shaharlari orasida yirik markaz shahar o’laroq Banokat tilga olingan. VI – VII asrlarda Banokatdan birgina tranzit yo’li emas, balki ichki savdo yo’li ham o’tgan. Shahar xarobasining umumiy maydoni, rabodning o’zlashtirilgan chegaralarini ham ko’zda tutganda 350 ga. Banokat xarobasidan Turk xoqonligi tomonidan bostirilgan ko’plab tangalar topilgan bo’lib, bu savdo-pul munosabatlarining yo’lga qo’yilganligini ko’rsatadi. Banokat uzoq vaqt Chochning strategik muhim shaharlaridan biri bo’libgina qolmay, ushbu hukmdorlikning hunarmadchilik va savdosotiq ishlari keng rivojlangan markazlaridan ham edi50.
Do'stlaringiz bilan baham: |