14-MAVZU: XORAZMNING O’RTA ASR SHAHARLARI URBANIZATSIYASI
REJA:
1. Xorazm ilk feodal shaharlarining vujudga kelishi.
2. Qiyot, Urganch (Gurganch), Hazorasp, Mizdahan. Amudaryo o’zanining o’zgarishi va yangi hududlarda shaharlarning rivojlanishi.
3. Xorazm vohasi shaharlari vazifasi. Xorazm shahar madaniyatining ravnaqi (XII–XIII asrlar).
Eramizdan avvalgi IV–I asrlar qadimgi Xorazmning gullab-yashnagan davri bo’lib, bu darga oid yodgorliklar juda ko’p va xilma-xildir. Xorazmning antik davrdagi shaharlarining deyarli barchasi vohani dashtdagi qo’shni qabilalardan mudofaa etish maqsadida qurilgan. Amudaryoning o’ng tomonidan bunyod etilgan Kangaqal’a, Jonbosqal’a, Bozorqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Qirqqiz, Ayozqal’a, Burliqal’ava Tuproqqal’adir. Kangaqal’a qadimgi Xorazmning bevosita Sariqamish ko’li yonida, janubi-g’arb tomonning eng chekkasida joylashgan tayanch nuqtasi hisoblangan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalaridan eramizning IV asriga qadar shahar mavjud bo’lgan. Kangaqal’a katta harbiy falokat natijasida xarobaga aylangan. Qal’a nomi zardo’shtiylikda Xorazmni Kanga o’lkasi deb aytilishiga ko’ra, shahar nomi shundan olingan. Shu davrga oid shaharlardan biri Jonbosqal’a hisoblanadi. Jonbosqal’aning to’rtburchak sathi yaqin 200 metrni egallaydi. Shaharning o’ziga xos tomoni Xorazm shaharlarida mavjud bo’lgan burjlardan holi. Uning devorlari 2 metrgacha paxsa, undan yuqorisi xom g’ishtdan tiklangan bo’lib, tashqi qatori shaxmat shaklida qo’yilgan ikki, uch qator nayzasimon shinaklardan iborat43.
Xorazm haqida ko’p batafsil ma’lumotlar bergan al-Muqaddasiy (X asr) uning poytaxti Urganch shahri haqida shunday deyiladi: “Urganch o’lka poytaxtining nomidir. Bu Jayhun sohilida joylashgan katta shahardir. Xorazm aholisi uni o’z tilida Kurkanj (Gurganch) deb ataydi, ammo bu nom arabchalashib, bizda Jurjoniya deb talaffuz qilinadi. Men bu shaharni mo’g’ullar zabt etib vayronaga aylantirganigacha ko’rganman. Nazarimda, bundan katta, bundan ham boy va obod shaharni hyech qaerda ko’rmaganman. Biroq mo’g’ullar bosib olgandan keyin buning hammasi tamom bo’ldi, shaharda mustahkamroq binolargina omon qolgan, aholini esa tamom qirib tashlagan, deb eshitdim”44.
XII–XIII asrlarda Amudaryo o’z yo’nalishini o’zgartiradi, ya’ni Kaspiy dengiziga oqmay qo’yadi, bu esa Xorazm iqtisodiyotiga katta zarar keltiradi. Natijada Gurganj shahri suvsiz qolgan. Abulg’oziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qal’a shaharlarida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini ko’chirib Amudaryoning janubiy qismlarida joylashtirgan va aholi o’rnashgan hudud atrofini qal’a devori bilan mustahkamlab unga “Toza Urganch” ya’ni “Yangi Urganch” deb nom bergan. Shundan keyin qadimiy Gurganj shahrining nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi45.
Do'stlaringiz bilan baham: |