Internet saytlari:
35. www.history.ru
36. www.natura.com
37. www.archaelogy.ru
“Tarixiy o’lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari” fanidan
baholash mezoni
Talabalarning har bir semestrda fanlarni o’zlashtirishi har bir baholash turlari bo’yicha: 5 (a’lo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli) va 2 (qoniqarsiz) ko’rinishida baholanadi. 5, 4 va 3 baholar ijobiy hisoblanadi. Baholashda raqam va matn bir xil talqin etiladi.
Malakaviy amaliyot, kurs ishi (loyihasi), fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham yuqoridagi baholash turlari bo’yicha baholanadi.
1. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
5 (a’lo) baho:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, ifodalash, aytib berish;
fan bo’yicha tasavvurga ega bo’lish.
4 (yaxshi) baho:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, ifodalash, aytib berish;
fan bo’yicha tasavvurga ega bo’lish.
3 (qoniqarli) baho:
mohiyatini tushunish;
bilish, ifodalash, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
2 (qoniqarsiz) baho:
fan dasturni o’zlashtirmaganlik;
fanning mohiyatini bilmaslik;
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
mustaqil fikrlay olmaslik.
2. Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofiq talabaning o’zlashtirishini xolis (ob’yektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi kerak.
Savollar (topshiriqlar)ning talab darajasida tuzilishi bo’yicha mas’uliyat fan professor-o’qituvchilari hamda kafedra mudiriga yuklatiladi. Savollar (topshiriqlar) tarkibiga ishchi fan dasturida ko’rsatilgan barcha materiallar, xususan nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, seminar mashg’ulotlari va boshqa materiallar ham kiritiladi.
- Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
“Tarixiy o’lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari” fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |