Zarafshon vohasi aholisi.
Zarafshon vohasi xududi Yevroosiyoning yevropeoid va mug’uliy kabi ikki asosiy irq o’rtasisda chegaraviy zonani tashkil etadi. Bu katta irqlar ming yillar davomida ko’plab mayda irqiy guruhlarga bo’linib ketgan. Irqiy belgilar odamlarning turli guruhidagi madaniy-iqtisodiy darada bilan mutlaqo bog’liq bo’lmasa ham, ko’p hollarda u yoki bu guruhning o’zaro tarixiy aloqasi va bir-biriga ta’sirini ko’rsatuvchi muhim dalil hisoblanadi. So’g’d, Zarafshon va Qashqadaryo daryolari havzasida joylashgan (hozirgi O’zbekiston va qisman Tojikiston davlatlari xududi) eng qadimgi davlatlardan biridir. Bu o’lka ilk bor eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o’rtalariga oid tarixiy manbalarda qayd etilgan. Sug’diylar Sharqiy ron tili guruhida gaplashgan, shuningdek tili, turmush tarzi, madaniyati jihatidan baqtriyaliklarga, xorazmliklar va shaklarga juda o’xshash bo’lgan. Ular uzun ishton, belbog’li ko’ylak, boshiga esa yarim aylana qalpoqcha kiyganlar va shaklarnikiga o’xshash uzun hanjar taqilgan.
1971 yilda arxeolog G.V.Shishkin Afroosiyobning shimoliy qismida o’rta asrarga oid juda qalin qatlam ostidan eramizdan avvalgi 5-asrga oid, ya’ni bundan 2500 yil ilgari yashagan odam skeletini topdi. Suyaklar kimyoviy moddalar yordamida tegishli ishlov berilganidan keyin u antropologiya kabinetlarida o’rganildi. Skelet qadimgi so’g’dlik erkak kishining suyagi bo’lib, u chamasi 45-50 yoshlarda, bo’y 170-172 sm. Tiriklikdagi vazni 68 kg.ga yaqin bo’lgan. Ularning bosh tuzilishi hozirgi o’zbek va tojiklarga o’xshash va orqa tomoni yassi bo’lgan. Bu esa O’rta Osiyoda bolani beshikka yotqizish qadimdayoq keng tarqalganligini ko’rsatadi. Sug’dlarning peshonasi tik va keng qirraburun bo’lgan. Beti o’rtacha kenglikda, lekin mug’uliy irqqa xos yuz yapaloqligi ko’rinmaydi. Bu belgilar sug’dliklarning yevropeoid irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi. Ular o’zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi Shimoliy Baqtriya odamlariga o’xshaydi. Demak yevropeoid irqiga mansub o’zbeklarga va tekisliklarda yashovchi tojiklarga xos tip eramzdan avvalgi 1-ming yillik o’rtalaridayoq Sug’d xududida tarqalgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, yuqorida aytilgan antropologik tipdan tashqari sug’dliklar orasida uzun boshli O’rta yer dengizi irqi ham keng yoyilgan. Chunki O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari yuqori paleolit va mezolit davrlarida aynang O’rta yer dengizi irqiga mansub bo’lgan.
Samarqand yaqinidagi Kofir qal’a va Buxoro viloyatidagi Poykentda olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan o’rta asr odam suyaklari Sug’d xududida yashovchi xalqlar avvalgiday yevropeoid O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i antropologik tipi bilan tavsiflanishini ko’rsatadi. Eramizdan avvalgi 1-ming yillik o’rtalarida to milodning VI asrlarigacha, ya’ni taxminan ming yil davomida Sug’dda yashagan aholining antropologik xususiyati - tashqi qiyofasi juda kam o’zgargan. Sug’dliklar orasida ko’pchilikka xos bo’lgan O’rta Osiyo Ikki daryo oralig’i antropologik tipdan tashqari boshqa antropologik tiplar ham uchraydi. Bunga VI-VII asrlarga oid Panjikent antropologik materiallari dalil bo’la oladi. Panjikentda bu davrda yevropeoid irqiga mansub ikki guruh aholi yashagan. Ikki guruh kishilarining bosh tuzilishi shakli bir-biridan farq qiladi. Shu bilan birga mazkur guruhlardagi ko’pchilik erkaklarning boshi uzun, ayollaridan boshi esa dumaloq shaklliligi Panjikent aholisining VI-VIII asrlarga aralash bo’lganligini ko’rsatadi. Shunday qilib ilk o’rta asrlarda sug’d aholisining shakllanishida boshqa irqqa mansub aholi ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Milodiy ming yillikning ikkinchi yarmida Sug’d aholisining tarkibiga mug’uliy irqiy belgilar aralashuvini ko’ramiz. Antropologik materiallardan ma’lum bo’lishicha, o’sha davrda mug’uliy irqiga taalluqli belgilar shahardan tashqarida (qishloqlarda) yashovchi sug’dliklar tarkibida 10-15%ni tashkil qilgan. Mug’ullik antropologik belgilari mavjud odamlar (masalan, yuzning yalpoqlanishi, yanoqlarning bo’rtib turishi, burun burchagining pasayishi va boshqalar) Sug’d xududiga sharqiy va shimoliy viloyatlardan kirib kelib mahalliy xalqlar qiyofasining o’zgarishiga ta’sir ko’rsata boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |