Tovarlar kimyosining tadqiqotlari.
Tovarlar kimyosi ixtisosligida quyidagi yo’nalishlarda izlanishlar olib borilishi rejalishtirilgan.
Ilmiy jihatdan asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatda milliy tovar nomen- klaturasini yaratish va takomillashtirish ;
Tovarlarning kimyoviy tarkibi bo’yicha tasniflashning yangi usullarini ishlab chiqish va keyinchalik mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenkla- turasi bo’yicha ularning kodlarini belgilash;
Tashqi iqtisodiy munosabatlarda foydalanish uchun kimyoviy tarkibni o’rga- nish natijalari va fizik-mexanik ko’rsatkichlar asosida yangi tovar kodlarini ishlab chiqish;
Tovar komponentlarining tarkibi va tuzilishini zamonaviy kimyoviy, fizik- kimyoviy, kvant-kimyoviy, fizikaviy, biokimyoviy, biologik va boshqa usullar bilan aniqlash muammolarini xal qilish;
Ikkilamchi maxsulotni olish uchun ilmiy asos va texnologiyalarni ishlab chiqish;
Strategik ahamiyatga molik tovarlarning ro’yhatini ishlab chiqish va ularning strukturasini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar bilan baholash;
Tovarlar va materiallar kimyoviy va fazoviy tarkibi, strukturasi va boshqa ko’rsatkichlariga ko’ra sertifikatlash usullarini takomillashtirish;
Tovarlar va ularning komponentlarining tarkib va tuzilishini aniqlashda mavjud ekspress usullarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish;
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda maxsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish;
Tovarlar va ular tarkibiy qismlarining texnologik, fizik-mexanik, teplofizik va boshqa xususiyatlarini o’rganish;
Maxsulot sifatining ishlab chiqarishning texnik shartlariga va sertifikatiga muvofiqligini tadqiq qilish va aniqlash;
Maxsulot tarkibiy qismlari orasidagi o’zaro bog’liqlikni o’rganishda tadqiqotlar; maxsulotning sifatini, mustahkamligi, zararsizligi, qiymati va boshqa
iste’mol ko’rsatkichlarini yaxshilashning ilg’or usullarini taklif qiladigan kimyoviy tarkib va komponentlararo munosabatlarning ta’sirini o’rganish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatda yangi tovar kodlari, shuningdek, Jaxon bojxona tashkilotining uyg’unlashritilgan tizimi qo’mitasiga o’z vakilligini o’zgarishlar nomenklaturasi ostida tovarlar kodlari ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Milliy tovar nomenklaturasi kiritish uchun takliflarni rivojlantirish;
Tovarlarning bojxona ekspertizasini amalga oshirish uchun samarali tezkor usullarni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda ularni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qo’llash bo’yicha takliflar berish;
Tovarlar sifatini oshirish maqsadida, ularning kimyoviy tarkibini, komponentlar strukturasi va komponentlararo o’zaro bog’liqlikni o’rganish asosida ishlab chiqarish sharoitlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
Tovarning kimyoviy tarkibini o’rganish asosida ularning sifati va organoleptik xossalari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash;
Kimyoviy tarkibini o’rganish asosida kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik bo’lgan tovarlarning iste’molchilar uchun zaxarlilik darajasini aniqlash;
Qishloq xo’jaligi uchun (o’g’itlar, bioregulyatorlar, gerbitsidlar, fungitsidlar va boshqalar) tovarlarning kimyoviy tarkibini o’rganish asosida ularning kimyoviy- biologik xossalarini aniqlash;
Maxsus maqsadlar uchun ishlab chiqarilgan tovarlarning kimyoviy tarkibini o’rganish asosida ularning atrof-muhit uchun ekologik zararsizligini aniqlash;
Mavjud tovarlarning iste’mol ko’rsatkichlarni takomillashtirish va nanotexnolo- giyaning zamonaviy imkoniyatlarini qo’llagan holda yangi tovarlar ishlab chiqish;
O’simlik va hayvonot xom ashyolaridan yangi tabiiy birikmalar olish, yangi kimyoviy birikmalar sintez qilish, zamonaviy metodlar, shu jumladan, fizik- kimyoviy, kvant-kimyoviy va boshqa tadqiqot metodlari ularning strukturasini aniqlash, olingan ma’lumotlar asosida ularni tasniflash va tovar kodlari berish borasida takliflar ishlab chiqish, shuningdek, birinchi marta ajratib olingan yoki sintez qilingan tovarlarni kodlashning nazariy asoslarini ishlab chiqish [20-21].
Do'stlaringiz bilan baham: |