A.I.Voekov «Millioner shaharlar» atamasini
birinchi bor ishlatdi va fanga kiritdi.
A.I.Voekov aholi geografiyasi masalalari
ijtimoiy-iqtisodiy fanlarga katta ahamiyat berib, o’z davri olimlaridan ancha
yuksak pog’onaga ko’tarila oldi.
O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda aholi geografiyasi fan sifatida,
iqtisodiy geografiyaning muhim tarmog’i sifatida tashkil topishi XX asr o’rtalarida
to’g’ri keldi.
Iqtisodiy geografiya fanining shakllanishi va rivojlanishida, uning asosiy
nazariy-metodologik masalalarini ishlab chiqishda N.N.Baranskiyning roli ayniqsa
katta bo’ldi. Davr taqozosi bilan iqtisodiy-geograflar asosan sanoatni hududiy
joylashtirish va iqtisodiy rayonlashtirish masalalari bilan ko’proq shug’ullanishdi.
1940
yillargacha
aholi
geografiyasining
faqat
shaharlar
geografiyasi
yo’nalishinigina ancha rivoj topdi. Chunki, shaharlar muammosi «ishlab chiqarish
markazlari», «Sanoat tugunlari» va «Iqtisodiy rayonlarning asosiy yadrolari»
sifatida iqtisodiy geografiyaning boshqa sohalarida ham o’rganiladi. Shaharlar
geografiyasining rivojlanishida ham N.N.Baranskiyning xizmati katta. Deyarli
barcha geograflar shaharlarni geografik jihatdan o’rganish haqida N.N.Baranskiy
yozgan-nazariy maqolalarga hozir ham suyanishadi. II jahon urushidan keyingi
yillarda esa, aholi geografiyasining turli yo’nalishlari bo’yicha ilmiy ishlar,
ekspeditsion tadqiqotlar kuchayib ketdi. Aholi geografiyasining metodologik va
metodik masalalari ishlab chiqildi. Shaharlar geografiyasi bilan bir qatorda,
qishloq aholi manzilgohlarini o’rganish, aholi geografiyasining umumiy
masalalari, aholining migratsion harakatlari, mehnat resurslaridan unumli
foydalanishning geografik obiektlarini tadqiq qilish, aholini xaritaga tushirish kabi
yo’nalishlar bo’yicha ko’plab qimmatli ishlar bajarildi. Aholi geografiyasining
rivojlanishi, tashkil topishi va turli tarmoqlarining shakllanishida N.N.Baranskiy
bilan birga R.M.Kabo, O.L.Konstantinov, Yu.G.Saushkin, V.V.Popshishevskiy,
23
S.A.Kovolyov va boshqa olimlarning xizmatlari katta. Aholi geografiyasining,
ayniqsa keyingi yillarda yangi bosqichga ko’tarilmoqda, turli yo’nalishlar bo’yicha
olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi sifat o’zgarishlari va yangi yutuqlar
bilan birgalikda, chuqur umumlashtirishlar hamda kompleks yondashishni talab
qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirildi. “Aholi va aholi manzilgohlarining hududiy
xususiyatlariga qarab rayonlashtirish” (O.A.Konstantinov), “Aholi punktlarining
yagona sistemasi” (B.S.Xorev) va aholi hamda aholi punktlarini o’rganishda
sistema nazariyasi nuqtai nazardan yondashish kabilar ana shular jumlasidandir.
Aholi geografiyasi eng yangi metodlarni qo’llash bo’yicha ham ancha ilgari
siljidi. Jumladan, matematik metodni qo’llash bo’yicha aholi geografiyasi iqtisodiy
geografiya fanining barcha tarmoqlari orasida alohida o’rin tutadi va bu sohada
ham salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi. (N.I.Blotko, Yu.V.Medvedov va
boshqalarning ishlari) Aholi geografiyasining juda ko’p muhim, prinsipial
masalalari bo’yicha fikr almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishda
Geografiya jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar ahamiyatidir.
Respublikamiz hududida aholini o’rganishga qadimdan asos solingan.
Chunki, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Bobur, Maxmud Qoshqariy,
Alisher navoiy kabi allomalarimiz asarlarida aholi masalalariga e’tibor berilgan.
1926 yilda respublikada aholi ro’yxati o’tkazilishi aholini chuqurroq o’rganishga
dastlabki ilmiy qadam bo’ldi. Respublikamizda XX asrning II yarmida aholi
geografiyasi fan sifatida rivojlandi. Respublikamizda “Geografiya jamiyati”
faoliyatida, demograf olimlar tadqiqotlarida aholi geografiyasi fanining
rivojlanishini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda “Aholi geografiyasi”,
“Demografiya asoslari” fanlari mustaqil fan sifatida rivojlanmoqda.
Aholi geografiyasi fanining yuzaga kelishi va
rivojlanishi haqida ma’lumotlar.
24
8-ilova
B.B.B metodi asosida tarqatma materiallar
Vareniusning 1650 yilda Niderlandiyada bosilib chiqqan
”Geografiya” nomli kitobi 2 bo’limdan iborat:
Asosiy ( umumiy) geografiya.
Ayrim mamlakatlarni o’rganadigan xususiy geografiya
(Mamlakatshunoslik).
Maltus nazariyasi.
T.R.Maltusning “Aholi qonuni haqida tajriba” nomli kitobida
“aholi giometrik progressiyasida (2,4,8,16,32…), tirikchilik
vositalari arifmetik progressiyada (1,2,3,4,5…) ko’payib boradi.
Shuning uchun ham tez o’sayotgan aholini oziq-ovqat bilan
taminlab bo’lmaydi …” degan g’oya ilgari suriladi.
O’zbekistonda aholi geografiyasi fanining rivojlanishi.
Respublikamiz hududida aholini o’rganishga qadimda asos solingan
chunki Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulug’bek, Bobur, Mahmudqoshg’ariy,
Alisher Navoiy kabi allomalarimiz asarlarida aholi masalalariga
alohida etibor berilgan. 1926-yilda respublikada aholi ro’yhati
o’tkazildi O’zbekistonda demografik bashoratlar ishlab chiqish, aholi
shunos olim M.K.Qoraxonov rahbarligida 1962-80 yillarda ishlab
chiqilgan. Keyinchalik Mullajonov, Ubaydullayev, Ali Qorayev,
Bo’riyeva, Maksakova, Soliyev va boshqalar hissa qoshganlar.
25
Bilimlaringizni sinab ko’ring
Mavzu yuzasidan blits – o’yin
№
Savollar
Yakka
jadval
To’gri
jadval
Sizning
harakatingiz
1
“Umumiy geografiya” nomli asar
muallifi kim?
Odam
geografiyasi
2
“Antropogeografiya”
yo’nalishi
qayerda paydo bo’lgan?
Varenius
3
Vidal de la Blash va J. Bryun qaysi
yo’nalishning asoscxilari edilar
Fransiya
4
“Millioner shaharlar” atamasini kim
birinchi bor ishlatgan?
M.Qoraxonov
5
Respublikamizda
aholi
ilk
bor
nechanchi
yilda
ro’yhatdan
o’tkazilgan?
A.Voekov
6
O’zbekistonda 1962-80 yillarda kim
boshcxiligida
demografik
bashoratlar ishlab chiqarilgan?
1926-yil
7
Aholi manzilgohlarini funksiyasiga
S.Tyanshanskiy
№
Tushuncha
Bilaman
“-”
Bilib oldim
“?”
Bilishni
xohlayman
“+”
1
Aholi tarkibi
2
Odam geografiyasi
3
Antropogeografiya
4
Maltus nazariyasi
5
Optimum nazariyasi
6
Demografiya
26
ko’ra tahlil qilgan
8
Aholi manzilgohlarining dastlabki
dazimetrik xaritasini tuzgan olimni
aniqlang.
A.Voekov
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1. ”Aholi soni geometrik progressiyada, oziq-ovqatlar esa arifmetik
progressiyada ortib boradi” degan nazariya asoschisi kim?
A. Voekov B. Baranskiy C. Saushkin D. Maltus
2. O’zbekistonlik aholishunos olimlarni aniqlang.
A. Soliyev, Qoraxonov, Bo’riyeva
B. Soliyev, G’ulomov, Qoraxonov
C. Otamirzayev, Bo’riyev, G’ulomov
D. Otajonov, Burhonov, Mahkamov
3. “Millioner shahar” atamasini fanga kim kiritgan?
A. Fogt B. Urlanis C. Voekov D. Landri
4. O’rta muddatli bashoratlar necha yil oralig’ini o’z ichiga oladi?
A. 25-30 yil B. 35-40 yil C. 40-45 yil D. 10-25 yil
5. “Najot yo’li” asarining muallifi kim?
A. Yu. G. Saushkin; B. Fridrih Ratsel; C. T. R. Maltus; D. U. Fogt.
6. Aholi to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qachon kim tomondan berilgan?
A. 1910-yil, V.P.Tyanshanskiy
B. 1798-yil, T.P. Maltus
C. 1650-yil, Varenuis
D. 1909-yil, A.I.Voekov
7. U. Fogt “Najot yo’li” asarida qanday fikrni ilgari suradi?
A. Dunyo aholisi ko’payishi dunyo madaniyatiga hech ham ta’sir
ko’rsatmaydi;
B. Dunyo aholisining ko’payishi iqtisodiy tanglikka olib keladi;
27
C. Dunyo aholisining kamayishi jahon taraqqiyotini saqlab qolishning
yagona yo’lidir;
D. Dunyo aholisining kamayishi bilan dunyo madaniyatini rivojlantira olish
mumkin.
8. “Umumiy geografiya” nomli asar muallifi kim?
A. V.P.Tyanshanskiy B. T.P. Mal’tus C. Varenuis D. A.I Voekov
Do'stlaringiz bilan baham: |