Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi


Ko‘rilayotgan davrda o‘zbek xonliklari tarixini o‘rganishda sharqshunos, akademik V.V. Velyaminov-Zerkov asarlari alohida ahamiyatga egadir.5



Download 30,25 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2022
Hajmi30,25 Kb.
#575786
1   2   3
Bog'liq
курсовой

Ko‘rilayotgan davrda o‘zbek xonliklari tarixini o‘rganishda sharqshunos, akademik V.V. Velyaminov-Zerkov asarlari alohida ahamiyatga egadir.5
Mualliflar o‘z asarlarida Qo‘qon xonigining tashkil topishi, xonlikdagi mansab va lavozimlar, xonlikning qurolli kuchlari, ichki va tashqi savdosi, shu jumladan, Rossiya bilan bo‘lgan savdosi, xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlari haqida yozadi. Ayniqsa uning Qo‘qon xonligining Muhammadalixon xukmronligidan to Xudoyorxon davriga qadar bo‘lgan tarixiga bag‘ishlangan asari ushbu davr tarixini yoritishda qimmatli manba sanaladi.
Qo‘qon xonligining tarixiga doir asarlar orasida V.Nalivkinning asari diqqatga sazovordir. U Qo‘qon xonligi haqida XVIII asr boshlaridan to XIX asrning uchinchi choragi oxirigacha bo‘lgan davrni yoritdi. Muallif ko‘proq xon avlodlarining taxt uchun kurashlari, ayniqsa Buxoro-Qo‘qon o‘rtasidagi Jizzax va O‘ratepa uchun olib borilgan azaliy urushlar haqida muhim ma’lumotlar berdi.N. Veselovskiy ham Xiva xonligi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. Muallif xonlikningRossiya tomonidan bosib olinishigacha bo‘lgan davrini yoritishga intilgan
Bundan tashqari, Xiva bilan Rossiyaning XVIII-XIX asrlardagi o‘zaro aloqalari yana bir sharqshunos olim S.V.Jukovskiyning asari11da beriladi. Jukovskiyning asarida keyingi 300 yilda Buxoro va Xivaga yuborilgan rus davlati elchilari va xonliklardan rus davlatiga yuborilgan elchilar haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Asar yana shunisi bilan ham qimmatliki unda asosan elchilar oldiga o‘z xukumatlari tomonidan qo‘yilgan masalalar keng va atroflicha ochib beriladi. Shu o‘rinda yana N.G.Zalesov va I.Zaxarinning o‘zbek xonliklari bilan rus davlati o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar haqidagi maqolalarini ham qimmatli manbalar qatorida ko‘rsatib o‘tish lozim.
Muarrixlar o‘z maqolalari orqali o‘zbek xonliklariga XVIII-XIX asrlarda tashrif buyurgan ayrim Rossiya davlati elchilarining o‘lkada yuritgan diplomatik missiyalari xususida fikr yuritadilar.
S.N. Zikov, P.P.Ivanov va M. Ivaninning asarlarida 1839-1840 yillarda Xiva bilan Rossiya munosabatlari yoritilgan. Ularda qayd etilishicha, bu davrda Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashib ketadi. Bunga sabab 1824 yilda Orenburg savdogarlari S.Sialkovskiy boshchiligidagi harbiy qism hamkorligida yo‘lga chiqib Buxoroga bormoqchi bo‘ladi. Biroq 1825 yilning yanvarida karvon Xiva qo‘shini qarshiligiga uchraydi. Xiva qo‘shini qo‘mondoni karvonni Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etadi va orqaga qaytishga qaror qiladi

2.2XIX asrning 50-yillaridan boshlab, ingliz-rus raqobatining oshgani sayin Yevropa va Amerika diplomatlari va sayyohlarining e’tibori Xiva va Buxoroga qaratilgan, natijada xorijlik mualliflar tomonidan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar .Olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar qamrovi keng bo‘lib, asosan mamlakatning Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli yoritilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida .Xorijliklar Xiva xonligidagi qulchilik munosabati, qul savdosi ishini ko‘p O‘rganganlar. Jumladan, A. Vamberi xonlikda 80 mingdan ortiqroq qul .Bo‘lganligi haqida ma'lumot bersa54, ingliz tadqiqotchilari Charls Mervin va Djeyms Abbotlar qullar soni – 42 ming kishi ekanligini, shundan 30 ming nafari – eroniylar, 12 ming nafari – hirotliklar va qolganlari ruslar ekanligini qayd .Qilganlar55. Bu masala yuzasidan XX asrda M. Xoldsvort ham ma'lumot bergan. Muallif 1851-yilda Xivaga sayyohat qilgan Eron elchisi Rizoqulining qullar .Bayrami haqidagi xotirasini keltiradi: “Ro‘za hayiti ayyomida56 Xorazmning yon-atrofi va uzoq-yaqin qishloqlarida qullikda yashab, navkarlik, aravakashlik va dehqonchilik qilayotgan eronliklar va boshqa o‘lkalik asirlar uch kun davomida bandilik ishlaridan qutulib, mamlakatning har burchagidan Xivaga keladilar va shaharni tomosha qilib, hordiq chiqaradilar.


O. Masalievaning ta’kidlashicha, XX asr o‘rtalarigacha Angliya va AQShda O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishga yagona ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot .Markazlari tashkil etilmagan bo‘lsa-da, “Buyuk Britaniya va Irlandiya Qirollik Osiyo jamiyati”, O‘rta Osiyoni o‘rganuvchi “Qirollik jamiyati”, “Islom sharhi”, Amerika sharqshunoslari jamiyatlari jurnallarida O‘rta Osiyo tarixiga oid
Ma’lumotlar e’lon qilingan.Ikkinchi jahon urushidan keyin esa, Angliya va Amerikada O‘rta Osiyo tarixi bilan shug‘ullanadigan maxsus ilmiy-tadqiqot Markazlari tashkil topgan va ularning faoliyatida asosiy e'tibor turkiy xalqlar ,Tarixi,geografiyasi, madaniyati, maorifi, tili, etnografiyasi, urf-odatlarini.O‘rganishga qaratilgan. Xususan, Indiana (AQSh), Vashington (AQSh),Manchester (Angliya) universitetlari huzurida turkiy xalqlar tarixini o'rganish bo‘limlari tashkil topganini aytish joiz.
XX asr 50 yillari ikkinchi yarmidan boshlab, ingliz tarixshunosligida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar hajmi kengayib, asarlar soni ko‘paydi. Bu Davrda faoliyat ko‘rsatgan M. Xoldsvort, Uiler, Allworth, Yu. Bregel,Rambaud, Qrauset68va boshqalar Xiva xonligi tarixi masalalariga ham o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan.
XX asr 50 yillari ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar tahlil etilsa, ular orasida Xiva xonligi tarixi masalalari M.Xoldsvortning ”Turkiston XIX asrda”asarida nisbatan kengroq yoritilganligining guvohi bo‘lamiz.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-yillari xorij tarixshunosligida Xiva xonligi masalalariga oid adabiyotlar hajmini nisbatan ozchilikni tashkil etsada, vaqt o‘tgan sari, ma’lumotlar yig‘ilib bordi va asarlar soni ortishi bilan matbuot sahifalarida chop etilgan lavhalar mazmuni ham boyib bordi. – XIX asrda yevropalik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan .Asarlarning mazmuni asosan mustamlakachilik kayfiyatida yozilgan bo‘lsada.Ularda xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va madaniyati kabi masalalar yoritilgan edi. XX – XXI asr boshiga kelib, Yevropa va AQShda O‘rta Osiyo bilan maxsus shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari va jamiyatlari ochildi. Natijada xonlik tarixi, madaniyati, me'moriy yodgorliklari, bu yerda yashagan xalqlar, xonlikda yuritilgan davlat hujjatlari,.Jumladan,xon yorliqlari, qozilik hujjatlari kabi masalalarni yorituvchi yangi nashrlar vujudga keldi. Ammo ularda asosan O‘rta Osiyoning umumiy tarixi va ijtimoiy holati bo'yicha malumotlar uchraydi.
Xulosa
XVI-XIX asrlarda Xiva va Qo‘qon xonligida hamda Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot masalalarini yoritishda ushbu davrlarga ya’ni xonliklar davri tarixiga oid birlamchi manbalar jumladan Rossiya elchilari hamda sayyohlarining esdaliklarini tanqidiy ravishda o‘rganish va tegishli ilmiy xulosa chiqarish muxim ahamiyatga ega. Tarixiy manbalarni o‘rganmasdan turib, bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar to‘g‘risida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish mumkin emas. Faqat asl manbalargina o‘sha davr voqealari tarixidan chuqur anglash imkonini beradi.Shuni e’tiborga olganda Rossiyalik elchi va sayyohlarning esdalik hamda asarlari ushbu davr tarixiga oid muxim manbalar sirasiga kiradi. CHunki, sayyoh va elchilar o‘zlari ko‘rgan, so‘rab surishtirgan xodisa va voqealarni tafsilotlari bilan boricha bayon qiladilar. Rossiyalik tarixchilar ham o‘z asarlarini shu bois ko‘proq xonliklarga tashrif buyurgan sayyohlar va elchilarning axborotlari, esdaliklariga tayangan xolda yozganlar.
XV asr oxiri XVII asr o‘rtalarida amalg oshirilgan Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng Buyuk Ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi sababli, O‘rta Osiyo jaxon xo‘jaligi savdosidan chetga tushib qoldi. Biroq bundan qa’tiy nazar yurtimizning Yevropa va jaxon mamlakatlari bilan savdo diplomatik aloqalari batamom to‘xtab qolmadi. XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyo va Rossiya o‘rtasidagi har tamonlama aloqalar tobora kuchayib bordi. Ayniqsa, Qo‘qon va Astraxan xonliklarining Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng bunday aloqalar yanada jonlanib ketdi. O‘rta Osiyo xonliklariga muntazam ravishda rus elchilari, savdogarlari va sayyohlari tashrif buyurar edilar. Rus elchi va sayyohlari o‘z xukumatlarining talabiga muofiq, O‘rta Osiyo xonliklarining ichki Наaxvoli va xalqaro aloqalari, axolisi, xo‘jaligi, harbiy saloxiyati xususida imkon qadar batafsilroq ma’lumotlar berishga xarakat qilar edilar. Bora-bora yurtimizga Rossiyadan kelayotgan odamlar doirasi kengayib boradi. Ularning qatoriga injinerlar, vrachlar, olimlar, harbiylar va boshqalar qo‘shilib bordilar. Natijada rus mualliflarining O‘rta Osiyo jumladan xonliklar xususida to‘plagan materiallarining ko‘lami kengayib bordi. Ularda Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining davlat tizimi, shaharlari, xo‘jaligi, axolining mashg‘ulotlari va turmush tarzi xususida boy ma’lumotlar bor. Shu bilan birga mazkur xotira va xisobotlar mualliflari ba’zi bir xollarda bir yoqlamalikka va subektivlik singari nuqsonlarga yol qo‘yishlarini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Shu bois ham ulardan biz yuqorida qayd etib o‘tganimizdek tanqidiy, maxalliy materiallar bilan solishtirgan xolda foydalanish joizdir.
Ayniqsa, Orta Osiyo davlatlarining XVIII-XIX asrlardagi tarixini o‘rganishda maxalliy manbalar bilan bir qatorda evropa muarrixlari va rus sayyohlari, savdogarlari va elchilarining esdaliklari ham muhim birlamchi manbalar sirasiga kiradi. O‘rta Osiyo xonliklari va ularning tarixi, axolisiga doir ma’lumotlarni biz yuqorida qayd etib o‘tganimizdek bu erga tashrif buyurgan rus sayyoh va elchilari juda ko‘p yiqqanlar.Ko‘rilayotgan davrda Buxoroda bo‘lgan Rossiya xukumati elchisi Florio Beneveniydir. U 1721-1725 yillarda Buxoroda bo‘lib, Buxoro davlatining Turkiya bilan munosabatlari, qurolli kuchlari, axolisi va uning mashg‘uloti haqida qimatli ma’lumotlar to‘plagan.
Buxoro amirligi haqidagi eslatmalar ichida Filipp Efremovning “To‘qqiz yillik sayohat” nomli kitobi ham alohida ajralib turadi. Filipp Efremov to‘qqiz yil davomida Buxoro amiri qo‘lida tutqin edi, lekin harbiy xizmat qilib ancha yuqori lavozimlarga erishdi. Asirlikdan qochib o‘z Vataniga qaytib borgandan so‘ng u yuqorida nomi qayd etilgan kitobni yozdi va katta shuhrat qozondi. Asarda Buxoro amirligi haqida qimmatli ma’lumotlar biz asosiy qismda qayd etganimizdek nihoyatda ko‘p.XIX asrning boshlarida O`rta Osiyo xonliklariga tashrif buyurib, o‘z xotiralarini yozib qoldirgan mualliflardan tabiatshunos va vrach E.N. Eversian, ruxoniy Budrin esdaliklarini, Aleksandr Byornsning “Buxoroga sayohat” nomli asarini, elchi I. Vitkevichning “Qaydlar” nomli xotira kitobini hamda Butakov ismli injener, sharqshunos olim N. V. Xanikovlarning esdaliklarini alohida qayd etish lozim. Mazkur esdaliklardan xonliklar tarixining u yoki bu qirralarini yoritishda, ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish o‘tmishni yanada teranroq tushinib etish imkoniyatini beradi.Shunday qilib, o‘zbek xonliklari tarixiga doir rus va evropa sayyoh, savdogar va elchilarning esdaliklari muhim manba bo‘lib original xarakterga ega, ishonarli tarixiy manbalar qatoriga kiradi. E’tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, bu manbalarda maxalliy xalq xayoti va turmushining maishiy tomonlari yaxshi yoritilgan. Biz maxalliy tarixnavislar asarlarida uchratmaydigan nodir ma’lumotlarni rus mualliflari esdaliklaridan topishimiz mumkin.
Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, xonliklar xususan Xiva, Qo‘qon xonliklari hamda Buxoro amirligi tarixiga oid yevropalik hamda rus sayyoh, savdogar va elchilarining esdaliklari muxim manbalar sirasiga kiradi. Ulardan tanqidiy ruhda, sinchkovlik bilan foydalanish davlatchiligimiz tarixida muxim iz qoldirgan Xiva va Qo‘qon xonliklari tarixini yoritib berishda katta o‘rin tutadi.

. Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. (Qadimgi zamon va o‘rta asrlar). – T. , 2001.

2. Alimov I.A. Arxivshunoslik. / O‘quv qo‘llanma - Andijon: ADU, 2005. - 103 b.

3. Antonnette Burton. Archives Storiesc: Facts, Fictions, and the Writing of History. – Duku University Press Books. 2006.

4. Archive Principles and Practice. Crown copyright, 2011.

5. Archives and Records Management. – University Amerika, 2006.

6. Arxivshunoslik. Darslik. – Т.: “TURON-IQBOL”, 2018.

7. Arxivshunoslik. O‘quv-uslubiy majmua. – “TURON-IQBOL”. T., 2018.

8. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. - Т., 2001

9. Алексеева Е. В., Афанасьева Л. П., Бурова Е. М. Архивоведение. – М., 2002.

10. Алимасов а. Музееведение. – Ташкент. 2010.

11. Алимов И. Архившунослик. – Андижон, 2006.

12. Алимов И., Эргашев Ф, Бутаев А. Архившунослик. Ўқув қўлланма – Т.: Шарқ, 1997.

13. Алимов И.А. Архившунослик. Ўқув қўлланма – Андижон: АДУ, 2005.

14. Аминов М„ Мадвалиев А. Иш юритиш. Тили, услуби. - Т., 2000.

15. Архив иши назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма / Тузувчилар: Х. А. Бўриева, А. Ё. Назаров, Б. Б. Аббосов. – Тошкент, 2019.

16. Архившунослик. Дарслик. – Тошкент, 2018.

17. Афанасьева Л. П., Алексеева Е. В., Бурова Е. М. Архивоведение: теория и методика. Учебник. – М., 2017.

18. Бекмуродов М., Рашидова М. Х. Музейшунослик. Ўқув қўлланма. – Тошкент. 2006.

19. Бобоқулов Б. Архив иши назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма. – Т., 2011.

20. Воҳидов Ш., Холиқова Р. Марказий Осиёдаги давлат бошқарув тарихидан. – Т., Янги аср авлоди, 2006

21. Isakova M, Iofe V. Arxivshunoslik. O’quv qo’llanma.- Toshkent: Cho’lpon, 2007. – 189 b.

22. Isakova М., lofe V. Arxivshunoslik / Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma. - Toshkent: Cho'lpon. 2007.

23. Жумаев У. Ўрта Осиё ва Ўзбекистонда архив иши тарихи, Ўзбекистоннинг асосий архивлари. – Т., 2010.

24. Жуманиёзов Р. Эски ўзбек ёзуви. – Т. : Ўқитувчи, 2001

25. Jhon Ridener. From Polders to postmodernism: an intellectual history of archival theory. USA, 2007. P.200.

26. Jhon Ridener. From Polders to postmodernism: an intellectual history of archival theory. – USA, 2007.

27. Jo'raev Z.M. Zamonaviy davlat ish uritish nazariyasi. amaliyoti va boshqaruvni me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash — Toshkent: Tafakkur- Bo'stoni, 2011.

28. Jumayev U. Orta Osiyo va Ozbekistonda arxiv ishi tarixi, O`zbekistonning asosiy arxivlari. –T., 2010.

29. Madraimov A. , Fuzailova G. Tarixiy manbashunoslik. O’quv qo’llanma. – T.: Fan, 2010.

30. Rahmonqulova Z. Arxeografiya. –T., 2011.

31. Saidboboyev Z,. Choriyev Sh. Maxsus tarixiy fanlar asoslari (o’quv qollanma). – T., 2015.

32. Saidboboyev Z., Choriyev Sh. Maxsus tarixiy fanlara soslari / O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2013.

33. Иброҳимов.Н, Юсупов.М. Араб тили грамматкаси. –Наманган.: “Наманган нашриёти, 2009 й , I том

34. Икрамов Р.А., Исакова М.С., Яхъяева Г.Х. Таълим муассасалари шахсий таркибига оид хужжатларни расмийлаштириш тартиби. - Т., 2009.

35. Исмоилова Ж. Музейшунослик. Ўқув қўлланма. – Т., 2002.

36. Каримов У. Электрон библиографик ресурслар яратиш технологияси ва манбалари. –Т.: Фан, 2006.

37. Қоғоз асосидаги хужжатларни самарали реставрация қилиш масалалари / Услубий қўлланма. – Тошкент: Янги нашр. 2011.

38. Низомулмулк. Сиёсатнома. – Т.: Янги аср авлоди, 2008

39. Носиров.О, Юсупов.М. Эски ўзбек ёзувида методик тавсиялар. –Наманган, 1989й

40. Сагдуллаев А. Ўзбекистон давлат ва жамият тараққиёти йўлида. - Т., 2000.

41. Сагдуллаев А., Мавланов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи.–Т., Академия, 2006.

42. Саидбобоев З. Мутахассисликка кириш. Ўқув қўлланма. – Т., 2006.

43. Темур тузуклари. - Т., 1992.

44. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. Д.А. Алимова, Э. Ртвиладзе. - Т., 2001

45. Ўлжаева Ш.М. Музейшунослик. Ўқув қўлланма. – Тошкент. 2002.

46. Устози аввал. –Т., 2005



47. Ҳамидова М.С. Архив иши назарияси ва амалиёти. Ўқув-услубий мажмуа. – Т., 2011.

48. Ҳамидова М.С., Лутфиллаев Х. Электрон архив асослари. Ўқув-услубий мажмуа. – Т., 2011.
Download 30,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish