Asosiy qism
2.1 Vatanimiz boy o‘tmishi tarixini o‘rganishda yurtimizga tashrif buyurgan Arab, Xitoy va Rossiya elchilari va sayyohlarining esddaliklari ham muhim manba hisoblanadi. Ularning xotiranoma va asarlarida tariximizning u yoki bu davriga oid ma’lumotlar chuqur atroflicha bayon etiladi. Shu bois esdaliklar ham muhim tarixiy manba hisoblanadi.
Shuni e’tiborga olib, ushbu Bitiruv Malakaviy ishimizda biz asosan Rossiya sayyohlari va elchilarining esdaliklariga atroflicha to‘xtalib o‘tishga qaror qildik.O‘rta Osiyo Rossiya va uning sarmoyador guruhlarini har jihatdan: harbiy strategik, ya’ni uning Hindiston va Xitoyga yaqinligi, zaminning boyligi va xalqning soddadil hamda mehnatsevarligi bilan ko‘p vaqtlardan beri qiziqtirib kelgan. O‘rta Osiyo bilan qiziqish, uni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirish yo‘lidagi harakat podshoh Mixail Feodorovich Romanov (1613-1645 yy) davridan boshlandi va ikki yuz qirq besh yildan keyin, 1865 yillarga kelib Qo‘qon, Buxoro va Xiva xonliklarini bo‘ysindirish bilan yakunlandi.
Rossiya xukumati o‘zining bu siyosatini amalga oshirish uchun O‘rta Osiyoni yaxshi bilgan, keng ma’lumotli diplomatlari va harbiylaridan foydalangan. Ular savdo-sotiq va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun, aslida esa mamlakatdagi harbiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish uchun yuborilardi. Shuningdek, ularni yana Xiva, Buxoro va Qo‘qon xonliklarining qo‘shni davlatlar: Hindiston, Eron, Turkiya va Xitoy bilan qanday munosabatda ekanligini aniqlash va O‘rta Osiyo shaharlariga olib boradigan yaqin va qulay yo‘llarni o‘rganib, xaritasini tuzish maqsadida yuborilar edi.
Biz ushbu Bitiruv Malakaviy ishimizda 1620 yildan to rus armiyasining O‘rta Osiyoga bostirib kirib, mustamlakaga aylantirgunga qadar kechgan 200 yil mobaynida mamlakatimizga xususan Xiva va Qo‘qon xonliklariga Rossiyadan kelib ketgan sayyohlar, elchilar va harbiy mutaxasislarning faoliyati va ular yozib qoldirgan esdaliklar hamda asarlarda bu ikki mustaqil davlat tarixi haqida yozilgan faktik materiallarga to‘xtalib o‘tamiz.
Jumladan, biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek XVI-XIX asrlarda O‘rta Osiyo Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklaridan iborat uchta o‘zbek xonligi bor edi. Bu xonliklar o‘lkaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida muxim o‘rinni egallagan edi. O‘zbek xonliklarining tarixi o‘sha davrlardan boshlaboq rus va G‘arbiy Evropa tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini tobora ko‘proq o‘ziga jalb eta bordi. Natijada o‘zbek xonliklari to‘g‘risida bir qancha asarlar yozildi. Endilikda u asarlardan, asosan, qimmatli materiallar, manbalar tariqasida foydalanilmoqda.
O‘zbek xonliklari tarixiga bag‘ishlab yozilgan o‘sha davrdagi asarlarning aksariyati rus elchi va sayyohlarining bergan ma’lumotlari asosida yozilgan. Biz bu o‘rinda ushbu Bitiruv malakaviy ishimizda XVI-XIX asrlardagi Xiva va Qo‘qon xonligi tarixiga doir rus elchi va sayyohlari hamda tarixchilari tomonidan yozilgan esdaliklar, asarlarni tarixiy manba sifatida ko‘rib chiqmoqchimiz. Bu o‘rinda F. Nazarovning 1813-1814 yillarda Qo‘qon xonligida elchi sifatida yozgan kitobini ko‘rsatib o‘tish mumkin.2 Xiva xonligida elchi bo‘lgan N.N. Muravyovning sayohatnomasi ham alohida ahamiyatga egadir. Bunda Xiva xonligining iqtisodiy va siyosiy ahvoli, uning chet davlatlar va ayniqsa Rossiya bilan munosabatlari haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan.3 Shuningdek, XIX asrning 20-30 yillardagi Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda Potaninning maqolasi qimmatlidir.4
Rus elchilarining asarlari orasida ayniqsa 1842 yilda Xivada elchi bo‘lib turgan G.Danilevskiyning kitobi alohida o‘rin tutadi. G.Danilevskiyning asarida Xiva xonligining chegarasi, xalqi, hunarmandchilik sanoati va siyosiy tuzilishi, xususan uning qurolli kuchlari, umuman iqtisodiy va siyosiy axvoli, uning ichki hamda tashqi savdosi haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |