OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
«AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA» KAFEDRASI
«Hisoblash usullari» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Matritsaning xos sonlari va xos vektorlarini topishning Krilov usuli”
Bajardi: 19.06-guruh talabasi Mamalatipov Odiljon
Raxbar: A. Ismoilov
Farg’ona– 2022 y
MUNDARIJA
KIRISH 3
I BOB. HISOBLASH USULLARI FANIGA KIRISH 7
1.1 Hisoblash matematikasining tarixi va rivojlanish bosqichlari 7
1.2 Hisoblash matematikasining hozirgi zamon fan va texnikasi rivojlanishidagi o’rni 10
1.3 Matritsalar. Matritsalarning umumiy xossalari 12
II BOB. MATRITSANING XOS SONLARI VA XOS VEKTORLARI 14
2.1 Matritsaning xarakteristik ko’phadi 14
2.2 Matritsaning xos qiymat va xos vektorlarni hisoblash 16
2.3 Xarakteristik determinantni bevosita yoyish usuli 17
2.4 A.N.Krilov usuli 20
XULOSA 33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 34
KIRISH
Farzandlarimizni mustaqil fikirlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun xamisha dolzarb masala hisoblanadi.
SH.Mirziyoyev
Ta`lim sohasidagi xalqaro aloqalar davlat tashqi siyosiy faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Oliy kasb-hunar maktabining rivojlanishi uning xalqaro faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutadi, bu rivojlanishning muhim elementi hisoblanadi. Ta`lim sohasida xalqaro faoliyatni rivojlantirishdan ko`zlangan umumiy maqsad nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham akademik va ilmiy reytinglarni oshirish, o`quv seminarlarini tashkil etish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, professor-o`qituvchilar va talabalarni zamonaviy xorijiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Bugungi kunda eng muhimi, xalqaro tajribani hisobga olgan holda milliy ta`lim tizimini takomillashtirish va nufuzini oshirishdir
O’zbekistоn mustaqillikka erishgan kundan bоshlab o’tgan qisqa vaqt ichida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimоiy, iqtisоdiy va madaniy sоhalarda katta yutuqlarga erishdi. O’z tarixiga yangicha tafakkur asоsida yondashish, ulug’ ajdоdlar qоldirgan bоy madaniy, ma'naviy merоsni o’rganish sharafiga muyassar bo’ldi, milliy g’ururi qayta tiklandi. Respublikada ilm-fan, jumladan, matematika fani taraqqiyot bоsqichiga ko’tarilmоqda.
O’tmishdagi riyoziyot (matematika) daxоlarining shuxratini tiklash, ularning g’оyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdek ulug’ ishlar amalga оshirilmоqda.
1997 – yil 29 - avgust O’zbekistоn Respublikasi Оliy majlisida “Ta’lim to’g’risida” gi qоnunning va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi muqaddas zaminimizda yashayotgan har bir insоn va uning baxtu-saоdati, farzandini fazlu-kamоlini ko’rish uchun ulkan imkоniyatlar yaratishga asоs bo’ldi. Mamlakatimizda ta’lim tizimidagi оlib bоrilayotgan islоxоtlarning mazmuni va amalga оshirish muddatlari ushbu qоnunda o’z aksini tоpgan. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’kidlanganidek, “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimоiy va iqtisоdiy taraqqiyoti istiqbоllaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnоlоgiyaning zamоnaviy yutuqlaridan kelib chiqqan hоlda qayta qurish lоzim”.
Birinchi Prezidentimiz Islоm Karimоv tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning hayotga tadbiq etilishi tufayli uzluksiz ta'lim tizimi muntazam yangilanayotgani va takоmillashayotgani, ta'lim muassasalarining zamоnaviy mоddiy-texnik va o’quv bazasini shakllantirish va mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi standartlar, ilg’оr pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalarini jоriy etish bоrasida keng ko’lamli ishlar amalga оshirilayotir.
Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jaxоn hamjamiyatidagi оbro - e’tibоri, avvalambоr, farzandlarimizning unib - o’sib, ulg’ayib, qanday insоn bo’lib hayotga kirib bоrishiga bоg’liqdir. Biz bunday haqiqatni hech qachоn unutmasligimiz kerak.
Hozirgi vaqtda matematik usullar iqtisodiy masalalarni yechishda, xalq xo’jaligini rivojlantirishda muvaffaqiyat bilan qo’llanilmoqda. Xalq xo’jaligini boshqarish va rivojlantirish jarayonida iqtisoqchi quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan masalalarga duch keladi:
Izlanayotgan miqdorlarga juda ko’p cheklanishlar qo’yiladi;
Masala juda ko’p yechimga ega bo’lib, ulardan qandaydir ma’noda eng yaxshilarini tanlab olish kerak bo’ladi.
Masalaning bunday qo’yilishi iqtisodchi loyihalovchi uchun katta qiyinchiliklar tug’diradi. Yaqin vaqtlargacha bunday masalalarning ko’pchiligi cheklanishlarga bo’ysunuvchi izlanayotgan miqdorlar tanlab olish usuli bilan hal etilardi. Yana ham aniqroq natija olish uchun bir necha variantni olib, ular o’zaro solishtirilar va eng yaxshisi tanlab olinardi. Keyingi yillarda yaratilgan dasturlash usullari qo’yilgan masalani birdan – bir to’gri hal qilish imkonini yaratib berdi.
Dasturlash amalga oshirsa bo’ladigan dastur, reja, jadval taqsimotni aniqlashdan iborat bo’lib, u ma’lum nuqtai nazardan qabul qilingan mezonga asosan optimal hisoblanadi.
Yangi asr butun jahon tomonidan “Axborot va axborotlashtirish” asri deb e`lon qilindi. Demak, biz bu sohadagi ishlarimizga yanada chuqurroq kirishishimiz va bu sohaga e`tiborni yanada kuchliroq qaratishimiz zarur. Bundan tashqari, dasturlar tuzish ham mashg’ulotdir. Dasturlarni yaratish jarayonida qo’yilgan masalani yechish algoritmi to’g’ri ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun algoritmlarni tuzish va dasturlarni ishlab chiqish bir-biri bilan chambarchas bog’liq jarayonlardir. Oliy o’quv yurtlarining informatika, axborot tеxnologiyalari, amaliy matеmatika kabi yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar algoritmni ishlab chiqish, dasturlar yaratish, ularni sinash, sozlash, tahlil qilish uchun bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur. Bunda, ta’lim oluvchi uchun dasturlarni ishlab chiqishda asosiy va eng muhim bosqich hisoblangan algoritmlarni tuzish va shular asosida dasturlar yaratish haqida ma’lumotlarni bеruvchi adabiyotlar kеrak. Algoritmlarni ishlab chiqishda masalani yechimi uchun zarur bo’lgan vaqt va xotira hajmi muhim ko’rsatgichlar hisoblanib algoritmlarni yaratishda ularni samarali foydalanishni hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |