Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug’ullanuvchi odam hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayot kechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma‘lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir» Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari natural-xo’jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko’ra sudxo’rlikka qarshi bo’lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo’lgan muomala vositasi va jamg’arish vositasi funksiyalarini ko’rsatib bergan. - Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixiga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug’ullanuvchi odam hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar yetarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – ayollarning. Ba‘zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib, hayot kechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma‘lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir» Har qanday tovarning ikkiyoqlama xarakterini, ya‘ni uning foydaliligini va almashuv qobiliyatini birinchilardan bo’lib tushungan ham Ksenofont hisoblanadi. Bundan tashqari natural-xo’jalik konsepsiyasi tarafdori va shunga ko’ra sudxo’rlikka qarshi bo’lganiga qaramay, u pulning zarurligi va foydaliligini tan olgan va unga xos bo’lgan muomala vositasi va jamg’arish vositasi funksiyalarini ko’rsatib bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |