Aristotel fikri bo’yicha - «haqiqatan ham narsalar shu qadar turlitumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo‗ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat go’yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o‗rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste‘molga yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va xrematistika konsepsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste‘mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi, de-yishga asos bo’la oladi
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan to’g’ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, ya‘ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulning ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini – ekonomika sohasiga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi. - Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan to’g’ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, ya‘ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulning ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini – ekonomika sohasiga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |